Қўшимча балл қўйишга лойиқ талабалар

ЎзМУ Журналистика факультети 2-курс талабаларининг давомати пастлиги

ортидан ўқитувчи анча танбеҳ эшитди, мулзам қилинди… Аслида ҳаммаси тўғри қилинди! Бундан хафа бўлишга асло ҳаққимиз йўқ! Аксинча, Таълим инспекциясига, назоратчиларга ташаккур айтамиз. Шукрки, дарсимиз сифати, савияси юқори баҳоланди. Бир пара дарсимизни кузатиб ўтирган назоратчи домламиз Неъмат ака машғулот охирида ўз таассуротларини аудиторияда очиқ-ошкора айтганида талабалар ҳам қувониб кетдилар. Ҳадемай дарс якунланади. Машғулотлар давомида дарсга келмаган ёки «кечикиш касали»дан қутула олмаган талабалар табиийки жорий ва оралиқ назоратларидан жуда паст балл олдилар. Анча-мунчаси якуний назоратга кириш учун етарлича балл тўплай олмаганлари маълум қилинди. Бироқ, Устоз — отангдан улуғ, мақолининг мантиқий давомини жорий этган Дониш домла унга — Шогирд болангдан азиз, дея қўшимча қилган. Шу мақолга амал қилиб талабаларга имкон берди. Яъни, тайёр маърузалар матнини талабалар эътиборига ҳавола этиб, уларни қунт билан ўқиш ва тушунганлари, олган билимларини фикрнома орқали баён этиш вазифасини юклади. Талабалар ёзган фикрномалари орқали ўзларининг билим ва савияси, саводхонлик, фикрлаш даражасини кўрсатади. Шунга яраша тўплаган балига қўшимча қўшиш албатта адолатдан бўлади.

Марҳамат, талабаларимизнинг «Ахборот-психологик хавфсизлик» фанидан маърузаларимизга фикрномалари билан танишинг. Хўш, уларга қанча қўшимча балл қўйсак арзийди?

Яна бир огоҳлантириш. Баъзи ҳолларда «орқаси бақувват» айрим талабалар ўқитувчи қўйган баҳони ўзгартиришга ўрганиб қолганлар. Бу гал дастлабки «ведемость» нусхаси Таълим инспекциясига тақдим этилади ва «ўзгартириш» киритиш зарур бўлса, ўзлари ҳал этади. Мақсад — таълим сифатини ошириш, талабаларни тўғри тарбиялаш ва етук кадр тайёрлашдир!

Фан ўқитувчиси: доцент Тўлқин Эшбек

ш2

 Sobitjonova Kamola

  1. Jurnalist har qanday gapini 3 ta asosi ya’ni, metodologik, huquqiy, nazariy asoslari bilan o’qib yozishi yoki gapirishi lozimligini bilib oldim.

Sobitjonova Kamola

 

Axborot — davlat va jamiyat rivojlanishining muhim omili ekan, biz bunga befarq qaray olmaymiz. Ma’ruza tushunarli qilib berilgan. Rahmat ustoz

O’rinboyeva Kamolaxon

Bugungi globallashuv asrida axborotga bo’lgan talab har qachongidan ko’ra, kuchayib bormoqda. Shunday ekan xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko’ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, demokratik jamiyatda OAV , teleradio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan , gumanistik qarashlar, ilg’or g’oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo’layotgan olamshumul o’zgarishlar , iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklar-u ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo’lmoqda. Axborotlashish, bu umumjahon jarayoni bo’lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o’sishi va milliy xavfsizligini ta’min etadi. Bilamizki, axborotlashish jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo’lib , o’ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga xalqaro maydonga erkin chiqishga , boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o’z milliy manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta’minlashga keng imkoniyatlar beradi.
Ustoz, ushbu ma’ruzangiz orqali bizga katta ko’nikma va g’oyalar berdingiz. Sizga ulkan tashakkur.

 Sobitjonova Kamola

Ma’ruza tushunarli bo’ldi. Rahmat ustoz.

 Sobitjonova Kamola

Chetdan «axborot xuruji» ni qiladiganlar safi, birinchi galda jamiyatimizga, tariximizga, ajdodlarimizga, ma’naviy qadriyatimizga qarshi bo’hton va uydirmalarni tarqatishi, bu yosh avlodning ongini zaharlaydi. Bu haqda ma’ruzada kengroq berilgan.

 Nozima MAMATOVA

Assalomu alaykum, ustoz. Talabaga tekkan kasallik deganlaridek, darsga bir kun qolganida uxlamasdan konspekt yozayapmiz. Haqatta siz aytgandek darsda tinglagan bilan yozganda mavzuning xotirada qolishi kuchliroq ekan. Ham yozganim sari mavzuni chuqur mohiyatiga kirib borayapman. Buning uchun sizga tashakkur:)

Ustoz sizning ma’ruzalaringizda biz yoshlar, talabalar eng kerakli ma’lumotlarga ega bo’lib kelmoqdamiz. OAVning eng afzal jihatlarini va «Axborot kurashi» nima ekanligini ma’ruzalaringizni tinglab va yozib bilimga ega bo’ldim.

Assalom-u alaykum, ustoz. Ma’ruzangizdan «rangli inqilob» o’zi nima ekanligini bilib oldim. Rahmat.

Nozima MAMATOVA

Assalomu alaykum, ustoz. Talabaga tekkan kasallik deganlaridek, darsga bir kun qolganida uxlamasdan konspekt yozayapmiz. Haqatta siz aytgandek darsda tinglagan bilan yozganda mavzuning xotirada qolishi kuchliroq ekan. Ham yozganim sari mavzuni chuqur mohiyatiga kirib borayapman. Buning uchun sizga tashakkur:)

Ustoz sizning ma’ruzalaringizda biz yoshlar, talabalar eng kerakli ma’lumotlarga ega bo’lib kelmoqdamiz. OAVning eng afzal jihatlarini va «Axborot kurashi» nima ekanligini ma’ruzalaringizni tinglab va yozib bilimga ega bo’ldim.

Assalom-u alaykum, ustoz. Ma’ruzangizdan «rangli inqilob» o’zi nima ekanligini bilib oldim. Rahmat.

Nozima MAMATOVA

Assalomu alaykum, ustoz. Talabaga tekkan kasallik deganlaridek, darsga bir kun qolganida uxlamasdan konspekt yozayapmiz. Haqatta siz aytgandek darsda tinglagan bilan yozganda mavzuning xotirada qolishi kuchliroq ekan. Ham yozganim sari mavzuni chuqur mohiyatiga kirib borayapman. Buning uchun sizga tashakkur:)

Ustoz sizning ma’ruzalaringizda biz yoshlar, talabalar eng kerakli ma’lumotlarga ega bo’lib kelmoqdamiz. OAVning eng afzal jihatlarini va «Axborot kurashi» nima ekanligini ma’ruzalaringizni tinglab va yozib bilimga ega bo’ldim.

Assalom-u alaykum, ustoz. Ma’ruzangizdan «rangli inqilob» o’zi nima ekanligini bilib oldim. Rahmat.

Абдуллаева Умида

OAVda milliy xavfsizligimizni ta’minlab, uni yanada mustahkamlab borsak, jamiyatimizda axborot ma’daniyati rivojlantirishni, milliy qadriyatlarimizni saqlab qolishni o’rgandik. Ma’ruzangiz uchun katta rahmat.

Bugungi kunda axborotning tez tarqatish usuli bo’lgan internet haqida ma’lumotlar berilib, internet jurnalistikasini yanada rivojlantirish haqida fikrlar berilibdi. Rahmat ustoz.

 

Ma’ruzada «axborot xurujini» uyushtiradigan kimsalarga befarq qarab bo’lmaslik haqida tushunchalar berilgan. Ko’p narsalarni bilib oldik rahmat ustoz.

O’rinboyeva Kamolaxon

Ma’ruzadan tushunganimiz asosida axborot urushini oddiy reklamadan farqlaydigan bo’lsak, bunda asosiy maqsad qarshi tarafga nisbatan uning maqsadi va unga yetishish vositalaridan to’liq foydalanishiga to’sqinlik qilish, chalg’itishdir.
Ustoz, yana shuni bemalol ayta olamizki, ma’ruzalaringiz orqali ajoyib bilim va tasavvurlarga ega bo’lamiz. Qani endi mana shu fan maktab darsliklariga yoxud o’rta ta’limga ham joriy etilsa, yoshlar ongida ertaroq immunitet hosil qilinardi va bugungi axborot xurujlari ta’siri kamroq bo’lar edi, nazarimda.

Зокирова Мадина

Бу мавзуни ҳамма факультетларда ўрганиш фойдадан холи бўлмайди.
Маърузалар учун рахмат домла!

Proeksiya — o’zidagi hissiy kechinmalarni tashqi obe’ktlarga ko’chirish orqali paydo bo’lgan holatning sabablarni tashqaridan qidirishga moyillik ekanligini bilib oldim. Ma’ruza uchun rahmat.

O’rinboyeva Kamolaxon

Ma’ruzadan xulosam shuki, ochiq axborotlar tahdidi sharoitida yoshlarni to’g’ri yashashga, vatanparvar va insonparvar bo’lishga, erkin fikrli bo’lishga o’rgatish orqali ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash eng dolzarb vazifalardir.

Pirimova shoxista

Maruzada aytilishicha: «Бугун жамиятимизга, оилаларимизга маънавий таҳдид солаётган хавф-хатар ҳақида одамлар, айниқса зиёлилар ошкора фикр айтмоқдалар». Albatta bu fikrlar tog’ri. Misol tariqasida ham turli internet tarmoqlari orqali kelayotgan ayrim xavfli ma’lumotlarni aytishimiz mumkin. Ulardagi xabarlar bevosita aksariyat yoshlarning miyyasini zaharlashga xizmat qilmoqda. Psixologik ta’sir ko’rsatmoqda. Bu ma’ruza orqali men axborotlarni ehtiyotkorlik bilan o’qib, o’zimga xulosani to’g’ri chiqarishni o’rgandim.

Ma’ruzada jamiyatda axborot — psixalogik xavfsizlikni ta’minlashda eng muhim mezonlardan biri axborotni ochiqligi, erkinligi bilan bog’liq muammolarni bilib oldim.

O’rinboyeva Kamolaxon

Ma’ruzada jamoatchilik fikri sotsiologiyasi fanini rivojlantirish zarurligi aytilgan ekan. Menimcha ham shunday. Chunki jamoatchilik fikrining faolligi va ahamiyati jamiyatning strukturaviy xarakteri, ishlab chiqaruvchi kuchlarning, madaniyatning, demokratik huquqiy me’yorlar va erkinliklarning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.

Зокирова Мадина

 

Домла мавзу долзарб. Мавзуни барча соҳа вакиллари ўқиб чиқишлари керак деб ҳисоблайман.
Бу мавзуни ўқиб керакли маълумотларни билиб олдим

Hozirgi kunda axborot tizimida psixologik xavfsizligining obyekti, xavf-xatarlarga qarshi nazariy bilimlarni o’rgandik. Axborot ma’daniyatini shakllantirishni birinchi navbatda o’zimizdan boshlashni tushundik!

Maruzada aytilishicha: «Жамиятнинг ахборот-психологик хавфсизлигини таъминлашда оммавий ахборот воситаларининг ўрни жуда катта. Ўзбекистон телевидениеси ва радио каналлари узлуксиз кўрсатув ва эшиттиришларни эфир орқали оммага етказаётган бўлса, кундалик газеталар, ахборот агентликлари тезкор хабар ва бошқа турли ахборотларни жамоатчиликка ҳозиржавоблик билан етказишга ҳаракат қилади». Ushbu fikrlardan kelib chiqgan holda ommaviy axborot vositalari jamiyatimiz uchun eng kerakli, muhim vositadir. Undagi berilayotgan ma’lumotlar xalqni tinimsiz harakatga psixologik jihatdan undaydi va yo’l ko’rsatadi.

Jamiyatning axborot — psixologik xavfsizligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o’rni juda katta. Jahonga tanilish uchun nafaqat real dunyoda, balki axborot dunyosi, jumladan, virtual dunyoda ham harakatlar olib borish darkor. Ma’ruzadan nazariy bilimlarni oldik.

O’rinboyeva Kamolaxon

Bugungi kunda xalq orasida kimki axborotga egalik qilsa, o’sha dunyoga hukmron bo’ladi, degan ibora bejiz paydo bo’lgani yo’q. Ma’naviy tahdidlar, yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari avj olsa olyaptiki, aslo pasaymayapti. Ba’zi g’arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanilmoqda. Masalan, yolg’on axborot tarqatish , milliy-ma’naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga yot bo’lgan qadriyatlarni targ’ib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish va o’zgartirish kabi turlari keng tarqalmoqda. Shunday ekan, ma’ruzada aytilganidek, «ommaviy madaniyat», » axboriy bosim» kabi zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni oshirish bugunning eng muhim va dolzarb masalasiga aylangan.

You may also like...

7 Responses

  1. Sitora Samadjonova:

    Ustoz sizning ma’ruzalaringizdan men o’zimga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim va savollarimga javob oldim.Har bir ma’ruzangizni o’qib o’rganish biz uchun juda muhim deb o’ylagan.

  2. Sitora Samadjonova:

    Ustoz «Izlagan imkon topar» maqolini men sizda ko’rdim.Chunki siz bizga har qanday holatda ham imkonlarni topib bermoqdasiz.Fikrnoma yozishda ham talaba ancha bilimga ega bo’ladi.Siz mana shu holatda ham bizning bilim olishimizni istayabsiz.

  3. Sitora Samadjonova:

    O’ylayman so’zi o’ylagan tarzida ketib qolibdi.Uzur!

  4. Bizni harakatlarimizni 2 barobar emas, balki 3-4 barobar ko’paytirib, bizlarga yuqori ballarni ayamaysiz. Ustoz ming bor tashakkur. Eng avvalo, bizdagi bu sohaga bo’lgan qiziqishni so’ndirmasdan yanada oshirganingiz uchun sizdan minnatdormiz. Eng yaxshi ko’rgan ustozimsiz.

  5. Ustoz bizga yana bir bora berilgan imkon uchun katta rahmat. Biz bu imkon orqali ma’ruzalaringizni yanada chuqurroq o’zlashtirib oldik. Bu fan albatta kerakligini shaxsan o’zim anglab yetdim.

  6. Toʻgʻri aytasiz ustoz.Doim ishonchingizni oqlaymiz.Men eng vijdonli ustozlar qatorida koʻraman sizni.Aytganingizday kelmayotganlarga Alisher Navoiy dars bersa ham ular oʻzgarmaydi.

  7. Ustoz sizni maruzalarizi talabalar mazza qilib tinglaydilar, siz nazaryot bilan avalyotni teng olib borasiz. Be esa talabalarga birdek manzur bõladi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>