Buyuk shoirlarning boqiy merosi

Toshkent Madaniyat kollejida soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va shoh hamda

shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kunlariga bagʻishlab “Buyuk shoirlarning boqiy merosi” mavzuida ijodiy kecha oʻtkazildi.

– Yurtimizda “1991 yil – Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilingan edi. Bobur bobomizga ham mudom ehtirom koʻrsatib kelinmoqda,– dedi respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ilmiy ekspertiza boʻlimi yetakchi mutaxassisi Hayot Nurillayev.– Buyuk ajdodlarga boʻlgan ana shu ehtirom ham yoshlar uchun katta saboqdir.

– Ona Vatanga muhabbat va sadoqat buyuk ajdodlarga ehtiromdan, ularning boy maʼnaviy meroslarini teran oʻrganishdan boshlanadi,– dedi Olmazor tuman hokimligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Muazzam Aliboyeva.– Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini qunt bilan oʻqib-oʻrgangan yoshlarning maʼnaviy olami shunga yarasha boy boʻladi.

Filologiya fanlari doktori, taniqli masalchi shoir Muxtor Xudoyqulov, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti, Yozuvchilar uyushmasi hamda respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Toʻlqin Eshbek buyuk ajdodlarimiz ijodining umriboqiyligi haqida soʻz yuritdilar.

Mazkur oʻquv maskani oʻqituvchilari Sarvar Togʻayev, Surayyo Ikromova, Toʻlqin Oʻrmonov boʻlgʻusi madaniyat xodimlari mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining bebaho asarlarini katta qiziqish bilan oʻrganayotganlarini taʼkidladilar.

Kollejda tahsil olayotgan xushovoz oʻquvchilar Alisher Navoiy va Bobur gʻazallariga bastalangan qoʻshiqlarni ijro etdilar.

Olmazor tuman hokimligi

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Axborot xizmati

http://manaviyat.uz/news/view/709

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>