Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi

Oʻtmishda oʻnlab, yuzlab buyuk ajdodlarimizning biz uchun ham ibratli ishlari va ular

qoldirgan boy meroslari haqida hamisha faxrlanib gapiramiz.

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida uzzu kun sergak boʻlib xizmat qilayotgan harbiy qismlardan birida oʻtkazilgan ijodiy uchrashuvda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Toʻlqin Eshbekning Munavvar qori Abdurashidxonov hayot yoʻli va ijodigi bagʻishlangan “Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi” mavzuidagi maʼruzasi tinglovchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

– XX asr ziyoli oʻzbeklari tomonidan “maʼnaviy ilhomchi”, “buyuk millatning buyuk kelajak maqsadlari uchun tunu-kun tinim bilmagan xalq xizmatkori”, deya eʼtirof etilgan adabiyotshunos, tarbiyachi, muharrir, maorif, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxonovning ibratli hayot yoʻli va boy ijodiy merosini teran nigoh ila oʻrganishimiz zarur,– dedi maʼruzachi.– Ulugʻ ajdodimiz 1878 yil Toshkent shahrining hozirgi Shayxontohur tumani, Darxon mahallasida oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan. Eshonquli dodgoh (Toshkent) va Mirarab (Buxoro) madrasasida taʼlim olgach, Toshkentning Darxon masjidida imom boʻlib ishlaydi. XIX asr oxirida Munavvar qori jadidchilik harakatida faol ishtirok etadi. 1901 yil avval oʻz uyida jadidchilik maktabini ochadi, keyinroq Toshkentning boshqa dahalarida ham ochadi. U maktablar uchun grammatika va alifbo asoslari ifodalangan “Birinchi ustoz” nomli yangi usuldagi ilk darslikni tayyorlaydi. “Ikkinchi ustoz” deb nomlangan ikkinchi kitobida oʻqish va yozishga qaratilgan uslubni, shuningdek, oiladagi oʻzaro munosabatlarni yoritgan. Munavvar qori, shu bilan birga ilk matematika darsligini tayyorlagan. “Tajvid al-Qurʼon”, “Yer maydoni” kabi qoʻllanmalar tayyorlab, ularni nashrdan chiqaradi. Bolakaylar uchun esa sheʼr va hikoyalar yozadi. 1909 yil Toshkentda “Jamiyati xayriya” ittifoqini va “Turon” uyushmasini tashkil qiladi.

Munavvar qori 1906 yil “Xurshid” birinchi gazeta tahririyatini ochadi. Keyinroq u yerdagi “Najot”, “Kengash” gazetalarida muharrir, “Sadoyi Turkis-ton” gazetasida esa bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritadi. U oʻzbek teatri asoschilaridan biri. U teatr yordamida “buzuq odatlar” va ularni tuzatishni koʻrsatgan. Uning truppasi “Turon” deb nomlangan. Truppa 1914 yildan 1924 yilga qadar faoliyat koʻrsatgan.

1917 yil fevral revolyutsiyasidan soʻng Munavvar qori Turkiston xalq demokratik davlatining yaratilish gʻoyasini ochiqdan-ochiq ifoda qiladi. U Qoʻqonda yaratilgan “Turkiston Muxtoriyati”ni qoʻllab-quvvatlaydi. 1918 yil aprel oyida Turkiston davlat universiteti rektori etib tayinlanadi. 1918 yil “Turk oʻchogʻi” ilmiy-maʼrifiy jamiyatini ochadi. U 20-yillar “Milliy ittifoq” va “Milliy istiqlol” yashirin tashkilotlariga boshchilik qilgan. Shuning uchun Sovet hukumatining birinchi raqamli dushmani, deb hisoblanib, ozodlik uchun oʻzbek kurashchilarining boshchisi boʻlmish Munavvarning faoliyatini oʻrganish taqiqlangan edi. 20-yillar oʻrtalarida repressiya kuchayadi va Munavvar qori barcha lavozimlardan chetlatiladi. Bu uni mustaqillik gʻoyasini ilgari surishiga toʻsqinlik qila olmadi. U 1929 yil hibsga olingan va 1931 yil otib tashlangan. Moskvadagi Vagankovo qabristoniga qoʻyilgan.

Ulugʻ ajdodimizning maʼnaviy jasorati oʻz davrida ham qahramonlik edi. U Hamza, Elbek, Oybek, Akmal Ikromov, Abdulhay Tojiyev, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Bahrom Haydariy, Mannon Uygʻur kabi madaniyat arboblari, adabiyotshunoslar, olimlarga ham ustozlik qilgan.

101 yil ilgari tashkil etilgan hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining birinchi rektori sifatida dorilfununimizning faxriga aylangan ulugʻ ustozning betakror maʼnaviy merosi – bugungi ajdodlar uchun ham gʻoyat qadrlidir.

Ijodiy uchrashuvda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

OʻzMU Axborot xizmati

17.02.2019

http://manaviyat.uz/news/view/712

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>