Arslonning o`limi

hikoya

Farxunda Frotan Amiriy asli afgʼonistonlik isteʼdodli yosh qalamkash. U ayni paytda Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulьtetida tahsil olmoqda.

Oʼzbek tilini puxta oʼrgangan bu yosh isteʼdod sohibasi odobi, goʼzal tarbiyasi bilan tengdoshlariga namuna boʼlsa, ijodiy izlanishlari ham oʼziga yarasha ibratdir.

Ijodning mashaqqatli va sharafli yoʼllarida Farxunda qizimizga omad tilaymiz.

 Donish domla

 photo_2022-12-06_07-51-01

– Arslonni qafasga solib, kolbasa va burger go‘shti berishadi,– deydi sher.

– Kiyik yeyardim, bu nima?

– Unga aytadilarki, Siz shunchalik och qolasiz toki shuni yesangiz.

Arslon qattiq ochlikdan keyin kolbasani yeydi va bir necha kundan keyin ular kolbasa o’rniga unga suyak tashlashadi.

Sher aytadi:

– Akam, men kolbasaga ko’nikib qoldim, bu nima?

– Siz shunchalik och qolasiz, toki suyakni yesangiz, arslon bir necha kunlik qattiq ochlikdan keyin suyakni yeydi.

Biroz vaqt o’tgach, unga suyak o’rniga somon qo’yishadi. Sher aytadi:

– Ey insofsizlar, men eshak emasmanki somonni yesam. Men buni boshqa yemayman.

– Siz shunchalik och qolasizki, somonni ham yeyasiz.

Arslon bir muddat qarshilik ko’rsatadi, lekin oxirida somonni yeyadi.

Biroz vaqt o’tgach, unga hech narsa berishmaydi.

Arslon qichqiradi:

– Somonga ko‘nikdim.

– Nega buni yana yeyishga ruxsat bermaysiz?

– Bizda tekin somon yo‘q, senga somon berish uchun eshakning ovozini tortib olishing kerak,– deyishadi…

Bu asta-sekin xo’rlash va haqdan kamroq narsaga ko’nikish haqidagi hikoya uzoq vaqt davom etdiki arslon nihoyat halok bo`ldi.

***

Hikoyaning axloqiy xulosasi:

Hayotingda xorlikka bo’ysunsang, oxiri halok bo’lasan!

 

Farxunda Frotan Amiriy,

O`zMU Jurnalistika fakulteti talabasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *