Axborot xizmatining vazifalari

Boʻlgʻusi matbuot kotiblari Axborot xizmatlarining vazifalarini puxta

bilishlari zarur. Bu borada Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Axborot xizmati rahbari Ilhom Xudoynazarov ish jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bogʻlagan holda quyidagicha tushuntirdi:

photo_2024-03-30_20-04-56

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari, matbuot markazlari, jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha xizmatlari (keyingi oʻrinlarda – axborot xizmatlari)ning asosiy vazifalari quyidagicha belgilangan:

davlat organlari va tashkilotlari faoliyati haqidaommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʻli bilan aholiga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

davlat organlari va tashkilotlarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish;

axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va bloggerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;

axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;

davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozisiyasini oʻrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.)bilan ta’minlash;

davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Qarorda davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ustuvor ravishda jurnalistika sohasida oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaxslar orasidan lavozimga tayinlanishi, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bir vaqtning oʻzida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari boʻyicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega boʻlishi . belgilab qoʻyilgan. Ular mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra davlat organi va tashkiloti rahbarining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

Har bir tashkilotning Nizomi uning huquqlari, vazifalari, burchlarini kafolatlovchi asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Axborot xizmati tashkilot markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblansa-da u ham alohida Nizomiga ega boʻladi. Axborot xizmati xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 125-son qaroriga ilova tarzida berilgan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati toʻgʻrisida namunaviy Nizom” asosan oʻz Nizomlarini ishlab chiqishlari tavsiya etiladi.

Shu asosda respublikamizdagi barcha tashkilotlarning axborot xizmati Nizomi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Demak, axborot xizmati shu Nizom asosida faoliyat koʻrsatishi uning huquqiy asoslari qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini koʻrsatadi. Jumladan, OʻzMU Axborot xizmati Nizomi ham xuddi shu asosda ishlab chiqilgan.

Axborot xizmati qaysi idora yoki tashkilotga tegishli boʻlishidan qat’i nazar u asosan axborot toʻplash va tarqatish bilan shugʻullanadi.

Tashkilotning Axborot xizmati axborot toʻplash va tarqatish bilan ham shugʻullanar ekan, demak, Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni ham uning huquqiy asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur qonunning 6-moddasi “Axborotning ochiqligi va oshkoraligi” deb nomlanib, unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart, deb belgilab qoʻyilgan. Qonunning “Axborot erkinligi kafolatlari” deb nomlangan 8-moddasida esa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar, deb belgilangan.

Xoʻsh, bu vazifalarni kim va qanday yoʻsinda amalga oshiradi? Har bir tashkilotning Axborot xizmati avvalo jurnalistlar kabi axborot toʻplashi, qayta ishlashi (ommabop janrda yozishi yoki telekoʻrsatuv, radioeshittirish tayyorlashi) talab etiladi. Soʻng, oʻsha axborotini OAV orqali tarqatishi mumkin. Bu oʻta mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishida Axborot xizmati uchun oʻsha qonun gʻoyat muhim asosdir.

photo_2024-03-30_20-06-37

Axborot xizmatining huquqiy asoslarini belgilovchi hujjatlardan muhimi – Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi (2014 yil 5 may) qonuni hisoblanadi. Qonunning 10-moddasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmati” deb nomlanadi. Unda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish vazifalarini bajaruvchi, shuningdek ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlikni ta’minlovchi tarkibiy boʻlinmasi yoxud ushbu vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatidir, deb belgilab qoʻyilgan.

***

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Axborot xizmatiga amaliyotga borgan talabalarga yaqindan yordam berishayotgan aziz ustozlar – Jurnalistika fakulteti dekani Mahliyo Mirsoatovaga, dekan oʻrinbosarlari Ravshanjon Omonov va Abdunur Saidovga, Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi mudiri Ramziddin Abdusattorovga, kafedra professor-oʻqituvchilari Ahmadjon Meliboevga, Shavkat Miralimovga, Toʻlqin Eshbekka, Azizaxon Hamroqulovaga, OʻzMU rektori matbuot kotibi Ilhom Xudoynazarovlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

 photo_2024-03-30_09-51-51

Aziza VALIJANOVA,

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti

“Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” sirtqi talim yo`nalishi 2-kurs talabasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *