“Axborot xizmatlari” (1)

O`zMU Jurnalistika fakulteti 4-kurslar uchun “Axborot xizmatlari” fanidan 1-maruza

2

1-mavzu: KIRISH

O‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‘zida aks ettiradigan bamisoli bir ko‘zgu ekanligi hayotda o‘z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, “Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz”1.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunida (1-ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-qarorida (2-ilova) davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‘oyat muhim qadam bo‘ldi.

Demak, yuqorida qayd etilgan qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari axborot xizmatlarining huquqiy asosi hisoblanadi.

Mazkur qonun va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Jurnalistika bo‘limida “Axborot xizmatlari” fani o‘qitilmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalariga 2019-2020 o‘quv yilidan e’tiboran Axborot xizmatlari yo‘nalishida ham abituriEntlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir.

Bo‘lg‘usi jurnalistlar jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani nazariyasi va amaliyotini, Axborot xizmatini maxsus kurs orqali o‘rganish bilan bir qatorda respublika Etakchi tashkilotlari, vazirliklar, siyosiy partiyalar va boshqa idoralarning Axborot xizmatlarida mahorat sirlarini o‘zlashtirmoqdalar. Respublikamizdagi qator tashkilotlarning Axborot xizmatlarida hozirgi vaqtda mazkur o‘quv dargohidan Etishib chiqqan kadrlar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi Etarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan”i qayd etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko‘maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to‘la-to‘kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas’uldirlar.

Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri – tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishdan iborat ekan, bunda ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizda OAVning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish, fuqarolarning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirish, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi izchil islohotlar jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarida axborot xizmatlari tashkil etilib, ular faoliyati davr talabi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Turli idora va tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda dolzarb mavzularda matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishi, bunda jamoatchilik bilan muloqotning interfaol usullaridan keng foydalanish, tegishli ma’lumotlarning maxsus veb-saytlarda joylashtirilishi aholining axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borish dolzarb ahamiyatga ega.

Axborot xizmatlarida asosan shu soha siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.

Axborot xizmatida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim qaysiki mavzuda so‘z yuritmasin avvalo uning quyidagi uchta muhim asosi hisoblanmish ishonchli manbalarni o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim:

  1. Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlarida bayon etilgan fikrlar);
  2. Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon etilgan fikrlar);
  3. Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar).

Ushbu manbalarni o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi hech gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan tashkilotning obro‘siga putur Etkazadi…

Mazkur o‘quv qo‘llanmani nashrga tayyorlashda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzalarida ilgari surilgan g‘oyalar, tegishli qonunlar va qarorlarda belgilangan normalar metodologik hamda huquqiy asos qilib olindi. Mamlakatimizda xalq bilan muloqot jarayonlarini tadqiq etgan holda bu borada to‘plangan bilim va tajribalar, ilmiy xulosalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qo‘llanmada axborot xizmatlari faoliyatini ilmiy tashkil etish hamda takomillashtirish, bu borada to‘plangan tajribalar haqida so‘z yuritiladi.

———————————————————————————————

КИРИШ

Ўзбекистонда жамоатчилик билан алоқалар, халқ билан мулоқот муҳим ижтимоий институтга айланмоқда. Жамоатчилик фикри – фуқаролик жамиятини ўзида акс эттирадиган бамисоли бир кўзгу эканлиги ҳаётда ўз исботини топмоқда. Президентимиз Шавкат Мирзиёев 2017 йил 27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларига йўллаган табригида таъкидланганидек, “Халқ билан мулоқот, одамларнинг орзу-интилишлари, дарду ташвишлари билан яшаш давлат сиёсати даражасига кўтарилаётган бугунги кунда ҳар бир оммавий ахборот воситаси чинакам мулоқот майдончасига, эркин фикр минбарига айланган тақдирдагина биз ўз олдимизга қўйган мақсадларга эриша оламиз”1.

Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 5 майда қабул қилинган “Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари фаолиятининг очиқлиги тўғрисида”ги қонунида (1-илова) Ахборот хизматларининг ҳуқуқий асоси мустаҳкамланди. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 17 февралда қабул қилинган “Ўзбекистон Республикаси давлат ва хўжалик бошқаруви органларининг ахборот хизматлари фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 125-қарорида (2-илова) давлат ва хўжалик бошқаруви соҳасида очиқлик ва шаффофликка асосланган самарали қарорлар қабул қилиш тизимини жорий этиш, ахборот олишда мансабдор шахсларнинг жамият олдидаги ҳисобдорлиги, очиқлиги ва масъулиятини таъминлаш вазифалари белгилаб берилди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 27 июндаги “Оммавий ахборот воситалари мустақиллигини таъминлаш ҳамда давлат органлари ва ташкилотлари ахборот хизматлари фаолиятини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори (3-илова) мазкур соҳани янада ривожлантиришда ғоят муҳим қадам бўлди.

Демак, юқорида қайд этилган қонун, Ўзбекистон Республикаси Президенти ва Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари ахборот хизматларининг ҳуқуқий асоси ҳисобланади.

Мазкур қонун ва қарор ижросини таъминлаш мақсадида Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети Журналистика факультетида, Ўзбекистон Журналистика ва оммавий коммуникация университетида, Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Халқаро журналистика факультетида, Қорақалпоғистон давлат университети Журналистика бўлимида “Ахборот хизматлари” фани ўқитилмоқда. Мазкур олий таълим муассасаларига 2019-2020 ўқув йилидан эътиборан Ахборот хизматлари йўналишида ҳам абитуриентлар қабул қилина бошлагани, шу соҳада кадрлар тайёрлашга ихтисослаштирилган факультетлар ташкил этилаётгани муҳим воқеликдир.

Бўлғуси журналистлар жамоатчилик билан алоқалар (PR) фани назарияси ва амалиётини, Ахборот хизматини махсус курс орқали ўрганиш билан бир қаторда республика етакчи ташкилотлари, вазирликлар, сиёсий партиялар ва бошқа идораларнинг Ахборот хизматларида маҳорат сирларини ўзлаштирмоқдалар. Республикамиздаги қатор ташкилотларнинг Ахборот хизматларида ҳозирги вақтда мазкур ўқув даргоҳидан етишиб чиққан кадрлар самарали фаолият кўрсатишмоқда.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 2 февраль куни қабул қилинган “Ахборот соҳаси ва оммавий коммуникацияларни янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги фармонида “Давлат органлари, хўжалик бошқаруви органлари, давлат корхоналари ва ташкилотлари матбуот хизматларининг жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари билан ўзаро ҳамкорлиги етарли даражада йўлга қўйилмаган”и қайд этилиб, Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги зиммасига давлат органлари ва бошқа ташкилотларга улар фаолиятининг очиқлигини таъминлашда, давлат хизматчиларига оммавий ахборот воситалари билан очиқ, оммавий ўзаро ҳамкорлик қилиш маданиятини сингдиришда, шу жумладан, уларнинг Ахборот хизматлари (жамоатчилик билан ишлаш бўйича бўлинмалари) фаолиятини мувофиқлаштириш ва услубий жиҳатдан таъминлаш орқали кўмаклашиш вазифаси ҳам юклатилди. Бу вазифалар тўла-тўкис бажарилиши учун аввало ҳар бир вазирлик, идора, муассаса ва ташкилотнинг Ахборот хизматлари ҳам масъулдирлар.

Ахборот хизматининг асосий вазифаларидан бири – ташкилотнинг жамоатчилик билан алоқаларини ривожлантиришдан иборат экан, бунда оммавий ахборот воситаларининг давлат ҳокимияти ва бошқарув органлари фаолияти устидан жамоатчилик ҳамда парламент назоратини таъминлаш, давлат ва жамоатчилик ўртасида мустаҳкам алоқа ўрнатиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилади. Юртимизда ОАВнинг самарали фаолият кўрсатиши учун зарур шароит ва имкониятларни яратиш, фуқароларнинг ахборотни эркин ва монеликсиз олиш ҳамда фойдаланиш ҳуқуқларини амалга ошириш, ахборотнинг муҳофаза қилиниши, шахс, жамият ва давлатнинг ахборот борасидаги хавфсизлигини таъминлаш юзасидан кенг қамровли ишлар амалга оширилмоқда. Соҳадаги изчил ислоҳотлар жараёнида давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари, барча вазирлик ва идоралар, жамоат ташкилотларида ахборот хизматлари ташкил этилиб, улар фаолияти давр талаби асосида йўлга қўйилмоқда.

Турли идора ва ташкилотлар томонидан мунтазам равишда долзарб мавзуларда матбуот конференциялари, брифинглар ўтказилиши, бунда жамоатчилик билан мулоқотнинг интерфаол усулларидан кенг фойдаланиш, тегишли маълумотларнинг махсус веб-сайтларда жойлаштирилиши аҳолининг ахборот олишга бўлган эҳтиёжини қондиришга хизмат қилмоқда. Айни пайтда бу йўналишдаги ишларни янада самарали ташкил этиш, давлат ва жамоат бирлашмалари ахборот хизматлари, медиа-тузилмалар ишини фаоллаштириш, соҳа мутахассисларининг билим ва кўникмаларини муттасил ошириб бориш долзарб аҳамиятга эга.

Ахборот хизматларида асосан шу соҳа сиру-синоатларидан бохабар журналистлар фаолият кўрсатишади. Улар ҳам ОАВ ходимлари каби асосан ахборот тўплаш ва тарқатиш билан шуғулланади. Ахборот хизмати ходими ўқимишли бўлиши зарур. Яъни, айтмоқчи, ёзмоқчи бўлган ҳар бир фикрини аввало ишончли манбалардан ўқиб-ўрганиши мақсадга мувофиқдир.

Ахборот хизматида фаолият кўрсатувчи масъул ходим қайсики мавзуда сўз юритмасин аввало унинг қуйидаги учта муҳим асоси ҳисобланмиш ишончли манбаларни ўз кўзи билан ўқиб кўрмоғи лозим:

  1. Методологик асоси (Ўзбекистон Республикаси Президенти асарлари ва нутқларида баён этилган фикрлар);
  2. Ҳуқуқий асоси (Ўзбекистон Республикаси қонунлари, Президент фармонлари ва қарорлари, Вазирлар Маҳкамаси қарорлари ҳамда бошқа меъёрий ҳужжатларда баён этилган фикрлар);
  3. Назарий асоси (илмий асосланган китоблар, дарсликлар, қўлланмалар, мақолалар ва бошқа ёзма манбаларда баён этилган фикрлар).

Ушбу манбаларни ўқимасдан гапирган масъул ходим хатоликка йўл қўйиши ҳеч гапмас. Ташкилот раҳбари номидан гапиришга ҳақли бўлган Ахборот хизмати раҳбари хатоликка йўл қўйиши кечирилмас ҳолдир. У ўша асоссиз, хато гапи билан ташкилотнинг обрўсига путур етказади…

Мазкур ўқув қўлланмани нашрга тайёрлашда Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг маърузаларида илгари сурилган ғоялар, тегишли қонунлар ва қарорларда белгиланган нормалар методологик ҳамда ҳуқуқий асос қилиб олинди. Мамлакатимизда халқ билан мулоқот жараёнларини тадқиқ этган ҳолда бу борада тўпланган билим ва тажрибалар, илмий хулосалар юзасидан тегишли тавсиялар берилди.

Қўлланмада ахборот хизматлари фаолиятини илмий ташкил этиш ҳамда такомиллаштириш, бу борада тўпланган тажрибалар ҳақида сўз юритилади.

1 Мирзиёев Ш.М. Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига. – www.uza.uz. 2017 йил 27 июнь.

—————————————————————————————

ADABIYOTLAR

  1. Metodologik adabiyotlar
  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
  3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 592 b.
  4. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. –T.: O‘zbekiston, 2018. – 508 b.
  5. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. –T.: O‘zbekiston, 2019. – 508 b.
  6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – Engilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari
  2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi –T.: O‘zbekiston, 2016.
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni. –T 2014 lex.uz
  4. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: Adolat, 2008.
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: Adolat, 2008.
  6. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: Adolat, 2008.
  7. O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida. Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida. –T.: O‘zbekiston, 2004.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. –Toshkent shahri, 2017 yil 20 aprel. //http://uza.uz
  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. –Toshkent shahri, 2019 yil 2 fevral. //http://uza.uz
  10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida. –Toshkent shahri, 2019 yil 2 fevral. //http://uza.uz
  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. –Toshkent shahri, 2019 yil 27 iyun. //http://uza.uz
  12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 125-qarori. O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. –Toshkent shahri, 2018 yil 17 fevral. //http://uza.uz
  13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi 163-Qarori. (2006 yil 7 avgust). /Ommaviy axborot vositalari faoliyati sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: Ishonch Markaz Servis. 2009 y.
  14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-qarori. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2008 y.

 

III. Ilmiy-ommabop adabiyotlar

  1. Azizxo‘jaEv A., Husanov O., Azizov X. Konstitutsiyaviy huquq. –T.: Akademiya, 2001.
  2. Bekmurodov M. O‘zbekistonda jamoatchilik fikri. –T.: Fan, 1999.
  3. 3. Blek S. VvedeniE v pablik rileyshnz. –Rostov-na-Donu, 1998.
  4. Berneys E. L. The Later Ears. Public Relations Insights 1956-1986.-Rhinebeck: FreE Press, 1986.
  5. Butrin D. God otkrыtыx dverey. //Kommersant. –2002, 24 dekabr.
  6. Vohidov E. So‘z latofati. –T.: O‘zbekiston, 2014. – 152 b.
  7. Gulbinskiy N., Sorokina E. «Kratkiy kurs» dlya effektivnыx politikov. – Avanti, 1999.
  8. Gundarin M.V. Teoriya i praktika svyazey s obщestvennostyu: osnovы media-rileyshnz. Ucheb. posobiE. –M.: Forum: infra-m, 2007.
  9. Do‘stmuhammad X. Axborot – mo‘’jiza, joziba, falsafa. –T.: Yangi asr avlodi, 2013.
  10. Jahon jurnalistikasi tarixi. Darslik. F.Mo‘minov, A.Nurmatov, T.Eshbekov va boshq. –T.: Fan va texnologiyalar, 2008. – 328 b.
  11. Jo‘raEv N. Tafakkurdagi evrilish. T.: Sharq, 2001.
  12. Zasurskiy Ya.N. IskusheniE svobodoy. Rossiyskaya jurnalistika: 1990-2004. – M.: Izd-vo Mosk. un-ta, 2004.
  13. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga sharhlar. –T.: Adolat, 1999.
  14. Katlip S.M., Senter A.X., Brum G.M. Pablik rileyshnz. Teoriya i praktika.– M.: Vilyams, 2003.
  15. Korolko V.G. Osnovы pablik rileyshnz. –KiEv.: Vakler, 2000.
  16. Matbuot xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘llanma. –T.: Adolat, 2006.
  17. Mehrga yo‘g‘rilgan ijod: Pirimqul Qodirov ijodi adiblar va munaqqidlar talqinida. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008.
  18. Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: O‘zbekiston, 2005.
  19. Miralimov Sh., Eshbekov T. Jurnalistika, ma’naviyat, jamiyat. –T.: O‘zbekiston, 2010.
  20. 20. Mo‘minov F. Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida. –T.: Universitet, 1998.
  21. Mo‘minov F. Sotsiologiya va jurnalist faoliyati. –T.: Universitet, 1995.
  22. 22. Mo‘minov F.A. Pablik rileyshnz: istoriya i teoriya. –T.: Ijod dunyosi, 2004.
  23. Mo‘’tabar ziyo maskani. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti – 1918-2008). –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008.
  24. Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki siyar ul-mulk. T.: Adolat, 1997. –B. 77.
  25. Olshanskiy D. Politicheskiy PR. SPb.: M., Piter, 2003.
  26. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik. F.Mo‘minov, T.Eshbekov va boshq. –T.: JIDU, 2015. – 196 b.
  27. Paxrutdinov Sh. Zamonaviy rahbar: u qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozim? //XXI asr. 2005 yil 10 noyabr.
  28. Pashensev E.N.Pablik rileyshnz: ot biznesa do politiki. –M.: R.Buk. 2001.
  29. Polonitskiy P. Press-slujbы i glasnost. –M.: Yuridicheskiy Mir, 2006.
  30. Pochepsov G. Pablik rileyshnz dlya professionalov. –M.: Refl-Buk, 2000.
  31. Proxorov. E.P. Jurnalistika i demokratiya. –M.: Aspekt Press. 2004.
  32. RahmatullaEv T. Amerika jurnalist nigohida. –T.: Yangi asr avlodi, 2003.
  33. Reportyorlik faoliyatining nazariyasi va amaliyoti. /Ernazarov Q. va boshq. –T.: O‘zMU, 2002.
  34. Saidov A.X., Ko‘chimov Sh.N. Qonunchilik texnikasi asoslari. –T.: Adolat. 2001.
  35. Sallivan M. Mas’ul axborot xizmati. http.//usinfo.state.gov.
  36. SoliEv F. Axborot xizmatlari: maqsad, burch va mahorat. //Hurriyat, 2007, 12 dekabr.
  37. Temur tuzuklari. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.
  38. Xalq qalbiga yo‘l. Badiiy-publitsistik maqolalar to‘plami. –T.: Mashhur-press, 2018. – 288 b.
  39. Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. –T.: O‘zMU, 2008.
  40. Shomaqsudov A. Jurnalist mutaxassislar tayyorlash maskani. –T.: Zar qalam, 2003.
  41. Eshbekov T. Tahririyat ishini tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. –T.: O‘zMU, 2002.
  42. Eshbekov T. Axborot xizmati: ishlash usullari va tamoyillari. O‘quv qo‘llanma. –T.: O‘zMU, 2009.
  43. Eshbekov T. Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot xizmatlari. O‘quv qo‘llanma. –T.: O‘zMU, 2012.
  44. Eshbekov T. Ma’naviyat va axborot saboqlari. “Axborot soatlari” kurslari uchun uslubiy qo‘llanma. –T.: O‘zMU, 2016.
  45. Eshbekov T. Muloqot maydonida axborot xizmatlarining o‘rni. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –T.: O‘zMU, 2017. – 128 b.
  46. Eshbekov T. Mafkura va axborot-psixologik xavfsizlik. O‘quv qo‘llanma. –T.: O‘zMU, 2017. – 64 b.
  47. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-12 jildlar. –T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000-2006.
  48. O‘zbekiston jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish yo‘lida. –T.: Akademiya. 2005.
  49. Qodirov P. Til va el. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2005. – 248 b.
  50. Qudratxo‘jayev Sh. Internet: tarixi, tuzilishi, texnik xavfsizlik. –T.: O‘zbekiston. 2011.

___________________________________________

1 Мирзиёев Ш.М. Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига. – www.uza.uz. 2017 йил 27 июнь.

 

Маърузачи: Тўлқин Эшбек,

ЎзМУ Журналистика факультети «Журналистика» кафедраси доценти,

филология фанлари номзоди

(Маъруза Тўлқин Эшбековнинг 2019 йилда «Фан ва технология» нашриётида чоп этилган «Ахборот хизматлари» ўқув қўлланмаси асосида тайёрланган)

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>