Ayol…!
Талабалар танловига тақдим этилган ажойиб шеърни юқори баҳоладим, дейди Дониш домла.
Gullar kókaradi bosgan izidan,
Quyosh nur oladi kulgan yuzidan.
Axtarmang gózallik ayol yuzidan,
Asl gózallikning timsoli ayol.
Yaxshilik qilsa gar kutmaydi raxmat,
Har neki qilsa ham qilmaydi minnat.
Yuzdagi ajini u chekkan zahmat,
Har yaxshilikning qurboni ayol.
Bardosh kerak bólsa tóg’dan sóramang,
Sabr kerak bólsa chóldan sóramang.
Sabr bardoshlikni undan sóramang,
Sabr bardoshning ham ózidir ayol.
Garchi kóngil uyin qilsa hamki hor,
Unga mexr shavqat, vafo doim yor.
Tórt fasl yuzidan ketmaydi bahor,
Baxor degan sózning izoxi ayol.
Butun koinotni titratgan ham u,
Necha tunni bedor ótkazgan ham u,
Ne-ne daholarni tebratgan ham u,
Asl buyuklikning timsoli ayol.
Madina IBRAGIMOVA,
ÓzMU Biologiya fakulteti 106-guruh talabasi
Сўнгги фикрлар