Bayramlar bardavom bo’lsin
Yurtboshimizning tashabbusi bilan 9-may mamlakatimizda »Xotira va qadrlash»
kuni sifatida ko’p yillardan beri nishonlanib kelinmoqda. O’tganlar xotirasini yodga olish, yoshi kattalarga, keksalarga hurmat-izzat ko’rsatish xalqimizga xos fazilatlardan biridir. Ikkinchi jahon urushida qatnashib dunyoni fashizim balosidan qutqarishda jonini fido qilgan bobolarimiz xotirlanadi, front ortida va xalq osoyishtaligi yo’lida uzoq yillar xizmat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar ham ezozlanib, ularga hurmat ehtirom ko’rsatiladi.
Barchamiz o’z insoniy burchimizni ado etib, bugungi tinch hayotimiz va musaffo osmonimiz uchun jang maydonlarida jon berib urushdan qaytmaganlarni eslaymiz, ularning arvohlarini shod etib, o’chmas xotirasi oldida bosh egamiz. Hayotimizga, xonadonlarimizga fayz va baraka beradigan faxriylarimizning ko’nglini ko’tarish, ularning hayotini uzaytirishga, umrini mazmunli qilishga qo’limizdan kelgancha hissa qo’shish , ularga g’amxo’rlik va mehribonlik ko’rsatish bizning insoniy burchimiz ekanini, bu hayot g’animat ekanini unutmasligimiz zarur, desam barchaning fikrini ifodalagan bo’laman. Takror esimizga olishimiz, bolalarimizga yosh avlodimizga yetkazib turish uchun ularni doimo xotiramizda saqlashimiz darkor.
9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha shahar, tuman, vilayotlarning, Madaniyat saroylarida ashula va raqs ansambil, xonandayu sozandalar « Xotira va Qadirlash» deb nomlangan konsertlarni taqdim etishdi. Diltortar ohanglar ruhiy dunyomizga quvvat beradi, fikrimizni tiniqlashtiradi, taffakurimizni charxlaydi. Yaxshi qo’shiq nafaqat matni, balki musiqasi bilan ham kishi ko’ngliga hotirjamlik, huzur-halovat bag’ishlaydi yoki bizni eski xotiralar bilan yuzlashtirdi. Tinch yurtga bayramlar yarashadi deyishgani rostda.
Tantanali ohanglar, ko’tarinki kayfiyat bilan boshlangan konsertda mungli navolar ham yangradi. Tomoshabinlar kuy-qo’shiq tasirida raqsga tushishdi. Bu san’atkorlarni ham e’tiborsiz qoldirmadi. O’zaro jonli muloqat esa konsertga yanada fayz kiritdi. Konsert davomida xushovaz xonandalarning goh dardli, goh sho’xchan kuy-qo’shiqlari, ayniqsa falklor ansambil a’zolarining urush davrida kuylagan » Katyusha» qo’shiqlarni mahorat bilan ijro etgani barchaga birdek manzur bo’ldi. Buni keksa tomoshabinlarning ko’zidagi yosh, yuzidagi mamnunlik ifodasidan ham bilsa bo’ladi.
Yaqinlari va shogirdlari hamrohligida tashrif buyurayotgan bir guruh faxriylarni ko’rib ko’zingiz quvnab, dilingizni ajib bir his chulg’aydi. Ko’ksini medallar shodasi bezagan piru badavlat otaxonlarning umr yo’li, ko’p yillik mehnat faoliyati kelajak avlod uchun ibrat maktabidir. Vatan uchun, elu yurt uchun xizmat qilgan insonlarning nomlarini saqlash, inson xotirasini e’zozlash yo’lida qilingan savobli ishlar hech qachon unutilmaydi. Motamsaro ona haykali poyi gullarga burkandi. Xotira maydoni oqshomga qadar yurt tinchligi va ozozdligi avlodlarning porloq istiqboli uchun jonini fido qilgan ota-bobokalonlarimiz xotirasiga hurmat bajo etilib ziyorat qilindi.
Davlatimiz rahbari Xotira va qadirlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G’alabaning 76 yilligi bilan barcha faxriylarni , butun xalqimizni tabrikladi.
Sevinch MINGBOYEVA,
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universetiti Jurnalitika fakulteti talabasi.
Сўнгги фикрлар