Bee’tibor bo`lmaylik…

Talaba bong uradi

Mustaqilligimiz sharofati bilan shahar-u qishloqlarimiz kundan kunga chiroy ochib bormoqda. Turli xiyobonlar, istirohat bog`lari dam olishni istovchilar bilan doimo gavjum. Hafta davomida ishdan toliqib, charchab borgan kishilar uchun bunday maskanlar ayni muddaodir. Bunday maskanlardagi yaratilgan shart-sharoitlar, tabiatning so`lim manzaralari, ayniqsa, toza va so`lim havo barchamizning bahr-u dilimizni ochadi.

Azim poytaxtimiz Toshkent ko`chalaridan yurib, yo`llarning naqadar ravonligi, qad ko`targan imoratlarni ko`rib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ko`nglimiz beixtiyor iftixorga to`ladi. Ayniqsa, ko`chalarning tozaligi yanada hayratlanarli voqeadir. Har kuni erta tongdan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ko`chalarimizni chinniday qilib qo`yishadi. Ertalablari ko`chalarimiz ko`rkiga yanada ko`rk qo`shiladi.

Ammo kun davomida bir xil holatlarga guvoh bo`laizki, bunday holatlardan tezda ranjiymiz. Avtobus bekatlarida, turli xil aholi yashash punktlarida maxsus o`rnatilgan axlat qutilari, albatta, bekorga o`rnatilmagan. Shunday holatlarga ko`zimiz tushib qoladiki, ba’zi birovlar har xil narsalarning qodiqlarini ana shunday maxsus qutilariga tashlashni ep ko`rmaydilar. Holbuki, yana ozgina yurilsa, o`sha maxsus joyga yetib borib, o`sha chiqitlarni o`z joyiga to`kishning iloji bor, ammo buni ko`pchilik, afsuski, bajarishni istashmaydi. Natijada bir uyum axlat ko`cha yoki avtobus bekatlarining ko`rkini buzib turadi. Bunday holatlarni ko`rgan kishilarda o`sha noma’lum kimsalar tarbiyasiga nisbatan , albatta, haqoratli so`zlar paydo bo`lishi tayin. Bir marta qilingan beparvolik qanchalab ko`ngilsizliklarga olib kelishi tabiiydir. Axir bunday beparvolik bizning o`z qadrdon mahallamizga, tabiatimizga, atrof-muhit tozaligiga javobgar kishilarga bo`lgan hurmatsizlik emasmi?! Axir bunday beparvolik bizning o`z Vatanimizga, xalqimizga bo`lgan hurmatsizlik emasmi?!

To`g`ri, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda odamlarda deyarli umuman bo`sh vaqt yo`q. Har kuni qayoqqadir shoshib ketayotgan kishilar tezroq manzillariga yetib olish bilan ovora. Ammo qo`limizdagi oddiy bir baklashkani yoki oziq-ovqat qoldig`ini o`z joyiga tashlashga, o`ylaymanki, bir necha soniyalar kifoya. Nima bo`lganda ham ertaga biz tashlab ketgan har xil chiqitlarni onamiz qatori kishilar yig`ishtirishini hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim. Axir birovning nafratiga mubtalo bo`lishdan og`irroq narsa bo`lmasa kerak bu dunyoda. O`z shahrimiz yoki mahallamizning tozaligiga beparvo bo`lish bu kishilik jamiyatida yashayotgan barcha odamlar uchun birdek beparvo bo`lish bilan tengdir.

 н2

 

Nosir Sherboyev,

O`zMU Xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi.

Вам может также понравиться...

Ответов: 3

  1. Darhaqiqat mana necha yildirkim oliy öquv yurtimizda 8-Mart bayrami buyuk tanatana va shodiyona ila kutib olinadi. Nafaqat Milliy universititda balki yurtimizning barcha Quyosh nuri tushib turadigan joylarida kötarinki ruh ila nishonlanadi.Sababi Muqaddas va munis Ayollaromiz aqlli va sarishta qizlarimiz jamiyat hayotining duru gavharidir.Zero ayol bor ekan olam munavvar.

  2. Menga bu maqola juda yoqdi. Bir ikkata imloviy xatolarga ko’zim tushdi. Ammo kun davomida bir xil holatlarga guvoh bo’laizki ya’ni bo’lamizki deyilishi kerak edi.

  3. Tozalik va ozodalikning har doim qadriga yetish kerak deb bilaman. Bugungi kunda bunga o’xshash maqolalar juda ko’p yozilishini istab qolar edim.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *