Beg`ubor bolalik bog`larida

Oq  she`r

6

Beg`ubor bolalik bog`larida

Go’zal bir bog`ning, cheksiz quvochin

His qilgan-u, to’ymagan –

Jo’shqin daryo, sof havosi.

Uchib o’tdik misli kapalak

Umridan-da qisqa bilsang agar.

Qaytmas hech, o’shal damlar,

Bu bog`dagi yoqimli onlar

Begumon sog`inarsan cheksiz ummonday,

Bolalikning dardsiz kunlarin.

Raketada ham qayta olmaysan,

Bu bog`ning ostonasiga

Qaytish uchun bilet bormikan?!

Ayamasdan tillolarni ham,

Ketardim bir zumga bo’lsa ham

Qaytsaydim bir ongga bo’lsa ham

Aslo istamasdim katta bo’lishni

Tezroq vaqt o’tib ulg`ayishni.

Ne qilay vaqtga buyura olmasam,

Iltimos qila olmasam ortga yurishin

Shamolday uchib ketdi yoshlik ham

Faqat qoldirdi xotiralarni.

 

Muslima Baxtiyorova,

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi

29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabi

8-,,b” sinf o`quvchisi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *