Bolalik
ЎзМУ талабалари ижодидан
Tog’lar etagida yashar murg’ak qalb,
Tuproq ko’chalarga bog’lab hayajon.
Ne-ne kitoblarni o’qir hijjalab,
Tog’-u toshlar osha sig’mayin suron…
Tanigan ilm birla ma’rifatdan to,
Qadim Samarqanddan to navqiron Shosh.
Senga ta’zim qilib o’tdi ul goho,
Qadim sahifangga tobe qilib bosh.
Afsus, kitobdayin emaskan hayot,
Yolg’ondan hazar qil deganding, ustoz!
Shuurga singigan bu ko’hna sabot,
Lekin xafa bo’lib ketarsan biroz.
Yurak mayliga-ku xayoldan ba’zan,
Tuproq ko’chalarga etarsan sayr.
Lekin qaytolmasang shu payt netarsan?
Ey olis bolalik! Qaytolmam! Xayr!!!
Nosir Sherboy
Сўнгги фикрлар