“e-yoshlar.uz” internet tanlovi

Бу танловда ЎзМУ талабалари истеъдодларини намоён этадилар, дейди умид билан Дониш домла.

Tanlov haqida

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 2016 yil fevral oyidan boshlab yoshlar qalbi va tafakkuriga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, qiziqarli va foydali foto, video, audio va matn ko‘rinishidagi ijod namunalarini ishlab chiqishga qaratilgan “e-yoshlar.uz” internet tanlovi e’lon qilindi.

“e-yoshlar.uz” internet tanlovining asosiy maqsadi — yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish.

Tanlov 2016 yil 1 fevraldan boshlanadi va nominatsiyalar bo‘yicha davomiyligi www.e-yoshlar.uz veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Tanlovda barcha qiziquvchilar ishtirok etish va ovoz berish huquqiga egadirlar.

Tanlov quyidagi uch toifa yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi:

5-15 yoshlilar, bunda ular yosh xususiyatidan kelib chiqib, o‘zlari yaratgan she’rlar, kichik hajmdagi hikoyalar, rasmlar va vatanga muhabbat, yaqinlariga mehr, sadoqat mavzusi aks etgan boshqa ijod namunalari orqali ishtirok etadi;

15-25 yoshlilar, ular tanlovda Vatan madhi aks etgan rasmlar, mustaqillik, yurt ravnaqi, yoshlik tarannum qilingan she’rlar, tabiatimiz manzaralari, tobora yosharib borayotgan shahar va qishloqlarimiz suratlari va boshqa ijod namunalari bilan ishtirok etadi;

25-30 yoshlilar, ular tanlovda tinchlik ne’matining qadri, mustaqillikni asrab-avaylash, ona Vatanga sadoqat, millatga muhabbat, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik mavzulari yoritilgan matn (she’r, maqola, hikoya, senariy) yoki audio-video (qo‘shiq, qisqametrajli film, rolik, multfilm) mahsulotlari, ilmiy tadqiqot natijalari va boshqa ijod namunalari bilan ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar o‘z ijod namunalarini www.e-yoshlar.uz veb-saytiga joylashtiradi.

www.e-yoshlar.uz veb-saytida tanlovga qo‘yilgan ijod namunalari yuzasidan foydalanuvchilarning ochiq muloqotlari, munozara va muhokamalari tashkil qilib boriladi.

www.e-yoshlar.uz veb-saytiga joylashtirilgan ijod namunalari kichik ishchi guruh tomonidan saralanadi va saytda e’lon qilinadi.

Tanlovning 1-turi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi, zaruriyatdan kelib chiqib, nominatsiyalar yangilab boriladi:

Tanlov yo‘nalishlari nomi Tanlov nominatsiyalari nomi Kontent turi
1 Vatanga muhabbat, vatan tuyg‘usi “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” Foto, video, matn, audio
2 O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, buyuk mutafakkirlarimizning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik!” Foto, video, matn, audio
3 “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” Foto, video, matn, audio
4 Yoshlarni ularning ma’nan va aqlan yetuk inson bo‘lib shakllanishida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va “ommaviy madaniyat” kabi yot g‘oyalarning ta’siridan himoyalash, ma’naviy immunitetni shakllantirish “Seni yovuzlarga bermaymiz, Vatan!” Foto, video, matn, audio
5 Sportning barcha turlarini keng targ‘ib qilish, yoshlarning jismonan va ruhan barkamol shakllanishi “Men sog‘lom turmush tarzi tarafdoriman” Foto, video, matn, audio
6 Mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni ommalashtirish “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!” Foto, video, matn, audio
7 Mamlakatimizning boy madaniy merosi, qadriyatlari va mustaqillik yutuqlarini chet tillarda targ‘ib etish “Yurtimni dunyoga tanitaman!” Foto, video, matn, audio
8 Badiiy va amaliy san’atning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilgan asarlar “Mumtoz san’at durdonalari” Foto, video, matn, audio
9 Milliy, ma’naviy-madaniy qadriyatlarni, mamlakatimizning boy ma’naviy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish “Milliy qadriyatlar va ma’naviy meros” Foto, video, matn, audio
10 Mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik ishlari, shahar va qishloq joylarida olib borilayotgan yangi qurilish va ta’mirlash ishlari, yangi yo‘llar va boshqa infrastruktura ob’yektlarining O‘zbekistonni ozod va obod yurtga aylantirayotganini, xususan, mazkur yaratuvchanlik tadbirlarida yoshlarimizning faol ishtirok etayotganini ochib berish “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!” Foto, video, matn, audio
11 O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat, insonparvarlik, tinchlikparvarlik va tolerantlik siyosati, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning xalqaro maydonda tan olinishini yoshlar orasida keng targ‘ib etish “O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat!” Foto, video, matn, audio

Tanlovning 2-turidan boshlab turli tashkilot, korxona va muassasalar tomonidan yangi nominatsiyalar tavsiya etilishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotganlar tomonidan madaniyat, san’at, sport, ilm-fan, hunarmandchilik, rassomchilik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalardagi foto, video, audio, kartina va matn ko‘rinishida ishlab chiqilgan qiziqarli va foydali ijod namunalari saytga tashrif buyuruvchi foydalanuvchilar tomonidan baholanadi, ushbu baholar orqali nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Qabul qilingan ijod namunalari foydalanuvchilar tomonidan 2016 yil 1 apreldan 30 aprelgacha baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar diplom, pul mablag‘lari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

www.e-yoshlar.uz internet saytini yoshlar orasida ommalashtirish va uning axborot-resurs salohiyatini kuchaytirish maqsadida mazkur sayt orqali ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan yutuqlar, turli ommaviy-madaniy va sport tadbirlari, o‘quv, ilmiy va boshqa yo‘nalishlardagi konferensiyalar, seminarlar va uchrashuvlar to‘g‘risida e’lonlar, axborotlar va tahlillarni berib boriladi.

http://www.e-yoshlar.uz/uz/page/view?alias=about

Вам может также понравиться...

Ответов: 6

  1. Jumamurodova Muyassar:

    Ma’lumot uchun katta rahmat!

  2. Zaynobiddin Qodirov:

    Hozirgi tezkor zamonda biz yoshlar intertnet va unga tegishli ma’lumotlarga ega bo’lmoqdamiz. BU maqolada ham O’zMU talabalari o’z istedodlarini ko’rsatgani ko’rinib turibdi.

  3. Judayam zo`r tanlov. Men ushbu tanlovga qatnashmoqchiman. Qo`llab quvvatlab turasizlar degan umiddaman.

  4. Mazkur tanlovda «Sog`lom ona va bola» yo`nalishida qatnashmoqdaman. O`zbekiston Milliy universiteti talabalari olg`a!

  5. Men ham ushbu tanlovda «Men sog’lom turmush tarzi tarafdoriman», «Seni yovuzlarga bermaymiz, Vatan» nominatsiyalarida qatnashyapman. Tanlov ishtirokchilariga omad tilayman!

  6. Feruza Xayrullayeva:

    Tanlovga qatnashayotgan kursdoshlarimizni qo’llab-quvvatlashga chaqiraman! Qani O’zMU olg’a!
    Marra bizniki-kelajak bizniki!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *