Gullar suhbati

Hikoya

1

Quyosh zarrin nurlarini har yon socharkan, bundan insonning köngli qandaydir o’zgacha tuyg’ular iskanjasida yashay boshlaydi. Hamma har yon yugurar, goh shoshib., goh dunyo g’amlaridan behabardek sekinlik bilan parvoyi palakdek. Bu vaziyatda qandaydir sir yashirindek go’yo. Nahotki shu quyoshni zarrin nurlari sabab bo’lsa barchasiga. Aslida ham shunday . Quyosh nuri faqat insonarga emas, dunyo va borliqda hamma oddiy deb hisoblaydigan, insoniyat tomonidan turlicha nomlar bilan atalgan, quyosh nuridan kuch olib yashaydiga gullarda ham. Agar biz ularning suhbatiga guvoh bo’lsak insonlar va atrofdagi vaziyat, hamda dunyodan qanday yashashlaridan hatto taajjublanib qolishimizga isonchim komil.
Quyosh botishi bilan barcha gullar uyquga ketadi deymiz, aksincha, ular kunduz kuni guvoh bo’lgan manzaralarini bir-birlari bilan suhbati davomida aks ettirar bazan shodon kulib, bazan qattiq achinish bilan eslarkan. Hatto ular insonlar tomonidan qo’yilgan umumiy nom bilan emas har birining o’zini ismi bor.
Sora buvining ikki o’g’li va ikki qizi bor. Ikki qizini uzatgan. Katta qizi Mohirani qo’shni qishloqdagi Bahrom etikdo’zning o’g’liga. Kichkinasini Shaharga Akademikning o’g’liga uzatgan chunki u shaharda o’qigan. Akademik litseyida o’ziga dars beradigan domlasi o’g’liga kelin qilgan. Sora buvi esa yolg’iz o’zi ikki o’g’ilni uylantirdi, ikki qizini uzatdi. Yaqinda kichik o’g’li Sherzodning farzandiga beshik to’yi qiladi. To’y taraddudida hamma yoqni supurgan hali u qizi keladi hali bu qizi keladi uyda odam ba’zan gavjum ba’zan huvillab qoladi. Darvozadan kirgan odamning ko’zi esa birinchi bo’lib hovlining o’rtasini bezab inson diliga quvonch baxsh etadigan gullarga tushadi. Ular qizil atirgullar. Sora buvi qizil atirgullarni juda yaxshi koradi. Yaxshi korishiga sabab raxmatlik eri Akmal aka bilan birinchi uchrashuvida Akmal aka unga atirgulni tuvakga o’tqizilganini sovg’a qilgan ekan. Nega buni tuvakka o’tqazgansiz desa eri unga; ularning ham joni bor so’lmasin dedim. Kim bilsin balki ular biz ikkimiz haqimizda nimalarnidir o’ylayotkandir- degan ekan shundan keyin Sora buvi atirgullarga boshqacha mehr beradi. Hovlining o’rtasini bezab turgan atirgullarni esa o’z bolalaridek avaylab o’zi suv quyib doimiy tagini chopib zararli o’tlardan tozalaydi.
Atirgullar biriga shomgul, biriga esar, biriga kulgich, biriga g’amgin biriga erkatoy, yana biriga esa pzezident deb nom bergan ekan ular o’zlarini shunday atarkan biz esa bir nom bila atirgullar deb qoya qolamiz.
Ular Sora buvining bu yugurishlari hovlidagi odamlar haqida turli suxbatlar qurar ba’zan yig’lab ba’zan kulib gapirardi. Yaxshilab e’tibor berilsa ularning suhbatiga guvoh bo’lish hech gap emas. Duyshanba tongi to’yga ikki kun qoldi Sora buvi bozorga borish uchun taraddud ko’rdiyu katta o’g’li Salimni ancha vaqt kutib qoldi. Homush tortganday bo’lib atirgullardan sal nariroqdagi so’rining bir chetiga o’tirib o’g’lini kutganday bo’ldi. Shu orada gullar ichidagi eng tasirchani va ko’ngli bo’shi G’amgin gap boshladi
— Raxmatlik Akmal amaki tirik bo’lganda shuncha kutmasdi.
— Eh! Nimasini aytasiz bechora shuncha yonib kuyganini o’g’illar bazida sezishmaydi ham-dedi Shomgul.
— Akmal amaki Sora buvini qilmoqchi bo’lgan ishini avvaldan bilardi-deya gapga qo’shildi Prezident.
— Hozir o’g’li eshikdan kirib kelsa tergash o’rniga maqtaydi, chunki Sora buvi hech qachon qattiq gapirmagan, hatto meni boshqacha erkalatib suyadi doim barglarimni artib changlardan halos etadi, agar o’g’li bo’lib qolsam yonidan bir soniya uzoqlashmasdim-deya biroz jahl qildi Erkatoy.
Bu suhbat davomida Kulgich bitoz o’ylanib turgandi hayolidan o’tayotkan gaplarga qiziqib Prezident savol berib gapga soldi:
— Seni doim kulib turganingni ko’rarfik bugun nega g’amginsan birortamiz hafa qildikmi.
— Yo’q o’zim shunchaki! Sora buvini gaplarini esladim holos. Esingizdami bir paytlar ikkimizni yosh nihol paytimiz sizlar meni bolalarimsiz deb ko’ziga yosh olgandi. O’shanda ko’z yoshlarini artadigan qo’lim yoqligidan afsuslangandim. Bechora! Erimdan yodgorim deya o’g’illar ini suyadiyu o’g’li bunday qilib uni kuttiradi bu adolatsizlik. Agar farzand shunday bo’lsa men hech qachon inson bo’lishni orzu qilmayman. Umrim oz bo’lsa ham gul bo’lib yashayman. Agar bilsangiz Sora buvining ko’zidagi bir tomchi yoshi oqmasligini istardim. Nega odamlar shunaqa? Bir birini qadrlamaydi. Doim yolg’on gapirishadi. Hech biri o’ziga yuklatilgan mas’ulyatli vazifani bajarishmaydi.. — deb o’z gapini she’r bilan yakunladi Kulgich….
Onaning ko’nglini ranjitib bola,
Dunyoning ustuni bo’lolmas sira.
Onaning ko’nglida min bitta nola,
Buni eshitolsa farzandlar zora.

Abbosbek Tojiboyev,

O’zbekiston Milliy Universiteti axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi birinchi kurs talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>