Hayotimdagi ulkan burulish

Талабалар ижодидан

и4

Men Abdurahimov Sunnatilla Alisher o’g’li hozirda O’zbekiston Milliy Universitetida oliy o’quv ta’limimni Maqsadli davom ettirmoqdaman. Men ham kelajagi ham o’tmishi buyuk yurtning farzandiman. Yurtim o’tmishi beqiyos. Bobokalonlarimiz Amir Temurning qilich dami va Alisher Navoiyning qalb oynasi ko’rsatib turibti buni. Kelajagimiz esa hozirgi biz kabi ko’zi chaqnab turgan yoshlar qo’lida ekanligi undan shubhalanmasligimizga chorlaydi.

Aslida Oliy O’quv yurtini Namangan Davlat Universitetida boshladim. Ikkinchi bosqichda esa uzimga berilgan imkoniyatdan foydalanish uchun «Maqsadli o’qish» saman otini minib O’zbekiston Milliy Universitetiga keldim. Bizga bunday imkoniyatni yaratish uchun bir g’oya bergan va ter to’kkan shu universitet rektori Marahimov Avazjon Rahimovichga rahmat. Biz uchun ter to’kib tinmasliklari o’zaro suhbatda ham ko’zlaridan ham so’zlaridam bilinib turardi. Tinimsiz mehnat dehqon otamning yuzini yorug’ qilib keldi shu kungacha. Tinimsiz o’qish esa meni ularning oldida yuzimni yorug’ qildi.

Aziz tengdoshlar. Bekor o’tib bo’lgan vaqtingiz uchun achinmang. Chunki yana qanchadur vaqtingizni yo’qotasiz. Ammo o’tmishni unutmang. Unga qarab qarab faqat fikir qiling. Yana qanchadur vaqt yutib olasiz. Har doim yoshlar sen sevgan qizdan ko’zingni olib qochishing qanchalik qiyin bo’lsa, kitobdan ham ko’zingni olib qochish shunchalik qiyin ekanligini tushunishsa shuni o’zi kifoya. Bu albatta o’smirlarcha bir misol.

Bunday Oliy O’quv yurtlarida o’qib yurish va shunday imkoniyatlarning ko’pligidan tanlab o’tirishga arziymanmi yo’qmi bilmayman ammo tinimsiz mehnat va harakatda bo’laman. Keling bu o’tmishi uzun kelajagi davomli Oliy O’quv Yurtiga kelishimni va o’qishimni shunchaki hayotimdagi eng katta burilish deb ataylik. U menga bahtli odimlarni faqat harakatim bilan tuhfa etadi.

 

QO’RQIB KETGAN BUQA

 Assalomu alaykum aziz tengdosh. Men bugun sizni ma’naviy hordiq olishingiz uchun bir maqola yozdim. U komedik janrda va barcha ismlar o’zgartirib yozilgan. Bu voqea haqida menga bir do’stim aytib bergan edi. Men esa uning nomidan gapiraman.

Bizning bo’rdoqiga boqilgan buqamiz bo’lardi. U zotdorligi uchun juda katta ammo qayerdandir hashaki va jiprizqi buqaning geni qo’shilib qolganmi bilmayman juda jahldor edi. Qachon qarama suv yo yem berish uchun borsam ohirning temirida tinmay charhlaydigan shohlarini bir chetga surib menga o’qrayardi. «Buqa qarash qilmay o’l»-deb hech yo’q bir tepib qochardim. Biror kun uning tagida qolish haqidaa hech o’ylamasdim. Ha mayli o’sha kunni ham bir sharhlab beray.

Хullas dadamning (silada adamning) qandaydir ishlari chiqib qolib, shu ish bilan ikki kunga ketgandilar. Men endi 6 sinfda o’qirdim. O’sha kuni kechga yaqin buqa qurg’ur zerikkanmi bilmayman arqonini uzib molhonaning ichkarisiga kirib berkitib qo’yilgan yemni topib tushira boshlabdi. Buni eshitib qo’ziqorinni hididan topib yeb yuradigan qaysidir cho’chqa zotlari esimga keldi. Buqani arqonini uzganini ko’rgan onam meni va men bilan o’ynayotgan, mendan ancha gavdali bo’lgan do’stim Kamolni chaqirib buqani bog’lash uchun tepa mahalladagi qarindoshimizni chaqirib kelishga yubormoqchi bo’ldilar. Men bo’lsa «Heh bu ishni do’stim o’zi eplaydi»- deb qo’liga arqonni ushlatib molhona ichkarisiga itarib yubordim. Anchadan beri nima bo’layotganini tushunmay turgan do’stim buqani oldida o’zini arqon bilan ko’rgach hammasini soniyada tushundi. Ura solib qochib chiqib keldi. Ishoning do’stimga chog’ qazimovdim men shunchaki unga ishonuvdim. U tirraqi buzoqqa o’hshab oldimdan uchib o’tib ketti. Uni quvib kelgan buqa menga qiziqib qoldi. Mendek kichkinagina, do’mboqqina to’pdek odamni shohiga olib u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa obora boshladi. Tavba men ham jiiiim o’tiraveribman a. Lekin ongim tinmay ishladi. O’sha paytda men ahmoqning ko’z oldimga ota-onam emas, qayodagi men muhlislik qiladigan futbol kamandasi emblemasimiey, kechagi serialni ohirgi qismimiey kelaversa deng. Tahminiy o’lim oldidan kelayotgan fikrlarni qarang: Bu yil futbol kamandam chempion bo’la olarmikin, sevimli serialim qanday tugarkin. Heh eng kulgilisi hali biror qizga sevgi izhor qilolmaganimni o’ylab ham yig’lab ham kulardim. Ota-onamning menga kuyishini o’ylamasdan mana shularni o’ylaganim uchun o’zimni rosa so’kdim keyin. Ha keyin 6 sinf o’qigan bola bunaqa paytda yana nimaniyam o’ylardi. Bu payt do’st qayerda, onam giryon. Katta yog’ochni shoshib op kelib, uni gurzidek havoga ko’tarib, yarmini buqaga yarmini menga majoziy ma’noda «tekkizib qo’ydilar». Hullas buqa bir hurkib meni tashlab og’ildagi ovqati tomon qaytdi. Eng qizig’i u menga zarar ham yetkazmadi ammo onamning sal tegib ketgan yog’ochlari izi darrov qizarib, ko’karib chiqdi.

Saldan keyin samoga tinimsiz parvozlardan so’ng o’zimga kelib qarasam onam atrofimda parvona, singlim suv bilan turuibdi, tavba do’stim ko’rinmaydiya. Menku jangda g’olib bo’ldim (ha mayli qo’shimcha kuch bilan) lekin haliyam buqa masalasi turibdi.

«Eeee boreee»-deb yordamga qo’shnimiz Kozim akani chaqirdim. U juda gavdali va yerga qarasa oyog’ini uchi ko’rinmas darajada qorin qo’ygan odam edi. Voqeani eshitib arqonni do’stim tashlab qochgan joydan oldida molhona ichkarisiga yurdilar. Men unig ortidan borganimda buqa allaqachon ularni ham shohida o’ynatardi. To’g’ri ular ham futbol to’pidek odam edilar ammo menchalik yengil emas. Buqamiz sal qiynaldimi yo charchab qoldimi hullas sal oldin o’zi ko’nglini bo’shatib ketgan joyni bosib olib qoqilib yiqildi. O’zini hatosi o’zini jazoladi. Kozim akam menchalik ko’p parvoz qilmaganliklari uchun darhol arqonni buqani bo’ynidan o’tqazib pildiragancha ohir temiriga bog’ladilar. Yana bir balo bo’lmasin deb tez u yerdan chiqib oldilar. Ketishdan oldin bir ish bilan ketgan dadamni sal eslab (so’kib) oldilar. Otaga otilgan toshga o’g’il chidashi qiyin ammo bu vaqtda ular bilan janjallashish o’ylamay qilinadigan ish deb o’yladim. Keyin qo’shnimiz eshik tomon yura boshladilar. Shunda ko’rdim. Buqa bilan jangda qo’shnimizning shimlarining bir cheti shohga ilinganmi yo boshqa biror narsagami hullas «Armani» degan qora kiyimcha ham chiqib qopti. «Ha mayli uylari yaqin. Hech kim ko’rmasdan yetib olarlar. Onamning oldilarida hijolat bo’lmasinlar»-deb jim tura qoldim.

Bu voqea vaqtida buqamiz qo’rqdimi yo’qmi bilmayman ammo biz aqlli odamlar bir jasoratimizni sinab oldik. Ko’p narsalar meni ancha o’ylantirdi. Keyin haligacha Kozim aka va Kamol do’stim bilan bu voqeani bir eslab kulishib olamiz.

 Sunnatilla Abdurahimov

***

ТАҲРИРИЯТДАН: Sunnatilla Abdurahimov нинг ижодий машқлари деарли таҳрирсиз ёритилди. Унга сайтимиз фидойилари, теран фикрли талабалар ўз муносабатларини билдирадилар, ютуқ ва камчиликларини (имловий хатоларигача) таҳлилий фикрлари ила ёзадилар, деган умиддамиз.

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>