Internetning yoshlar ongiga ta’siri
Журфак талабаларининг ижодий машқларидан.
Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo’q. Chunki, inson dunyoqarashining shakllanishida, ma’naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa kampyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini bajarmoqda. Bu — bir tomondan quvonarli holat. Bugungi kunda, biz yoshlar, mana shunday katta imkoniyatlardan xohlagancha foydalanib, o’qish yoki ish davomida vaqtimizdan ancha unumli foydalanmoqdamiz. Hozirgi kun nuqtai nazar bilan qaraydigan bo’lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o’zining tezkorligi chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi. Unda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlar: Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar orqali har soatda yurtimiz va jahonga oid eng so’ngi yangiliklardan boxabar bo’lib turamiz. Ammo… Shiddat bilan yuksalib borayotgan fan-texnika asrida,internet va ijtimoiy tarmoqlarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning yoshlar ma’naviyatiga, ularning yangiliklarga chanqoq ongiga salbiy ta’sirining ham guvohi bo’lyapmiz. Zimdan e’tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar (ayniqsa o’smirlar) u yerga borishib, har xil buzg’unchi g’oyalar ruhidagi ur-sur, o’ldir-yondir komp’yuter o’yinlarini tomosha qilayotganligini, tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o’tkazayotganligiga guvoh bo’lapmiz. Bunday yoshlarni biz internet imkoniyatlaridan to’laqonli, faqat bilim olish bilan mashg’ul deya ayta olamizmi? Eng achinarlisi, ayrim befarq ota-onalar farzandim internetda o’tirib, bilim olyapti, deb o’ylashadi. Shu o’rinda talabalarning ba’zi dars paytlarida qo’l telefonlari orqali internet saytlariga kirib, bemalol foydalanib o’tirishlariga munosabat bildirmoqchiman. To’g’ri talaba mustaqil izlanuvchi shaxs sifatida, bilimini ko’proq boyitishi, turli xil manbaalarga murojaat etishi yaxshi. Lekin dars hisobidan emas… chunki, harnarsaning ham o’z vaqt-soati bor, shu jumladan internetdan foydalanishning ham. Yaqinda yana bir atama tilimizda ishlatila boshlandi. Bu igromaniya tushunchasi. Hash-pash deguncha ommalashib ham ketmoqda. Qisqacha ta’rif beradigan bo’lsam, “Igromaniya” — bu komp’yuterdan o’rin olgan turli xil o’yinlarga mukkasidan ketishdir. Ruhshunoslarning ma’lumotlariga qaraganda, yoshlar buzg’unchi, destruktiv g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to’la shakllanmagani uchun o’qigan yoki ko’rgan ma’lumotlariga tez ishonishadi. Bunday hollarda yoshlarning ma’naviyatiga, ruhiyatiga salbiy
ta’sirko’rsatadigan igromaniyani hech bir jihatdan oqlab bo’lmaydi. Kundalik hayotimizda har narsaning salbiy va ijobiy tomoni bo’lgani kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me’yorga amal qilmog’imiz zarur!
LUIZA TOSHPO‘LATOVA
Луиза мақолангиз менга ёқди. Ҳозирги ёшлар, ўсмирлар ижтимоий тармоқлардан нотўғри фойдаланишмоқда. Бундай ўйинлардан нафақат ўсмирлар, бакли биз қатори ёшлар ҳам муккасидан кетмоқда. Ижтимоий тармоқлардан керакли пайтда, керакли жойда, фойдали ишларимиз, билим лишимиз учун самарали фойдаланишни ўрганиш ва ўргатиш даркор!
Луиза мақолангиз менга ёқди. Ҳозирги ёшлар, ўсмирлар ижтимоий тармоқлардан нотўғри фойдаланишмоқда. Бундай ўйинлардан нафақат ўсмирлар, бакли биз қатори ёшлар ҳам муккасидан кетмоқда. Ижтимоий тармоқлардан керакли пайтда, керакли жойда, фойдали ишларимиз, билим олишимиз учун самарали фойдаланишни ўрганиш ва ўргатиш даркор!
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan mamlakatimizda internet tarmoqlari insonlarga ko`plab imkoniyatlar, qulayliklar yaratib berish bilan bir qatorda, jamiyatimiz yoshlarining g`oyaviy, axloqiy me`yorlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Ayni davrda internet tarmoqlari yoshlar hayotini izdan chiqarib yuborishga qodir kuchli qurolga aylanib ulgurdi. Bu tarmoqlar yoshlar orasida qanchalik ko`p o`z o`rniga ega bo`lgan sari, ularning havfi ham ikki barobar oshmoqda. Yosh avlodning deyarli 60-70 foizi global tarmoqning asiriga aylanib qolgan. Ular shu darajada internetga bog`lanishdiki, xatto tongni u bilan qarshilab kunni u bilan kuzatayotganlarini ham sezmay qolishdi. Internet tarmoqlari yoshlarning dunyoqarashini, fikrini o`zgartirib yubordi. Bu olamga g`arq bo`lgan yoshlarning deyarli ko`pchiligida insoniylik, mehr oqibat tuyg`ulari, muomala madaniyati kamayib bormoqda. Masalan jamoat transportida telefonidan ko`zini uzmay kelayotgan bola u yerdagi axloq qoidalarini ham unutib qo`ymoqda, yaqinlariga, ota onasiga ham internetga ajratganchalik ko`p vaqt ajratmay qo`yayotganini o`zi ham sezmay qolmoqda.
Internet bu kabi yoshlar vaqtining ham eng katta dushmani hisoblanadi. Bu “sun`iy olam”ga bog`lanib qolib hayotimizning eng muhim davrlarini o`tkazib yuborayotgan, nimanidir qo`ldan boy berayotgan bo`lishimiz mumkin. Bir kun internetdan foydanlanmasak kunimiz qachalik unumli bo`lganini sezamiz.
Shunday ekan, internet asiriga aylanmasdan. Uning girdoblarida umrimizni zoye ketkazmasdam undan o`zimizni himoya qilishimiz lozim. Har bir irodasi mustahkam yosh avlod vaqtni o`zining eng qimmatbaxo boyligiligini anglaydi va uni kimga va nimaga sarflashni juda yaxshi biladi. Ularda internetning turli xurujlariga qarshi kurashish immuniteti mavjud bo`ladi. Bu bilan ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaslik emas, balki undan me`yor bilan foydalanish kerak. Ular hayotimizda birinchi o`rinda emas, oxirgi o`rinlardan joy olsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Zero bizga berilgan umrni samarali sarflash har birimizning o`z qilimizda.
Madina Luizani maqolasiga bildirgan fikringiz oxiridagi gapda olishimiz so’zidagi »o» harfi tushib qolibdi. Luiza sizdan yana bundan ham yaxshi maqolalarni kutib qolamiz.
Yuqoridagi fikrlarga qo’shilaman. Bugungi kunimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin albatta. Lekin bundan biz faqatgina to’g’ri yo’lda foydalana olishimiz kerak. Luiza qiziqarli mavzuga qo’l uribsiz. Sizdan yanada qiziqarli va dolzarb mavzularda maqolalar kutib qolamiz.
Luiza maqolangiz qiziqarli chiqibdi .Albatta bugungi kunda biz yoshlar internet tarmog’idan me’yorida foydalanishimiz kerak .
Insoniyat aql-idrokining yanada o’sishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan XXI asrga kelib OAV vositalari qatoriga internet kirib keldi. Jahon axborot maydonini qamrab olgan bu aloqa vositasining ham salbiy ham ijobiy tomoni bor. Uning ijobiy tomoni 3 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan insonlar uchun ma’lumot yetkazish va almashish bo’lsa, salbiy tomoni turli buzg’unchi g’oyalar, terarizim, behayolik, diniy ekstrimizm va fundamentalizimni yoyishga hizmat qilmoqda. Buni biz turli reklama, e’lonlar va kichik xabarlar misolida ko’rishimiz mumkin. Dastavval, bizga hech qanday ahamyatga ega bo’lmasdan ko’ringan kichik ko’ngilsizlik, keyinchalik global muammoga aylanib ulgurmoqda desak adashmagan bo’lamiz.
Igromaniya haqida bilmasdim.Balki bu toʻgʻridir,lekin hamma narsani me’yori yaxshi.Hozirgi kunda terrorizmga aloqador roliklar ham aynan internetda avj olgan.Endi qurolli toʻqnashuvlar boʻlmaydi,aksincha axborot hurujlari boʻladi.Shuning uchun axborotga boʻlgan immunitetni shakllantirishimiz kerak.Bu shunchaki jangovar oʻyinlar emas,bu inson ongiga hujum.Biz shu holatlarga nisbatan jirkanish hissini uygʻotmas ekanmiz,shu oʻyinlar girdobiga tushib qolaveramiz.
Luiza maqolangiz zõr chiqibdi.xozirda kõp yoshlar internetdan foydalanishni bilmaydi, internetdan juda kõp kerakli malumotlar olsa bõladi.Lekin kõp õspirinlar internetdan nomaqil ishlar bilan shuğulanmoqdalar. Bundan bir necha yil ilgari internetda kõk kid nomli õyin paydo bõlgan edi. Kõp yoshla õyinga õralashib qolgan va natijada kõpi xalo bõlgan chunki õyindi oxiri faqatgina õlim edi. Biz yoshlarni manashuday yomon õyinlardan oqimlardan saqlashimiz kerak.
Tanganing ikki tarafi bor. Zararli deb undan ovoz kechaversak rivojlanish bo’lmaydi. Luiza, maqolangiz manga yoqdi. Batafsil ma’lumotlar bilan yanada boyitishingizni taklif qilgan bo’lardim.
Shahlo fikir mulohazalaringiz uchun rahmat taklifingizni inobatga olaman.
Nega barcha internetni yomonlaydida lekin kuni shu internetda o’tadi. Hozirda ko’chilikni topib olgan gapi internet odamni buzmoqda, ijtimoiy tarmoqlar yomon. Odam yovuzlik qilaman desa, internetdan foydalanishi shartmas deb o’ylayman, G’alatida inson o’zi ayb ish qiladida lekin aybni internetga to’nkaydi. Shunday ekan internetni faqat yomonlavermasdan, odamzod o’zini ham biroz tergasa, bunchalik vahshiyliklar bo’lmasdi deb o’ylaman. Lekin Luiza maqolangiz menga yoqdi. Keyingi safar internetni yaxshi tomonlari haqida ham chiroyli maqola yozasiz degan umiddaman.
Albatta internetni yaxshi tomonlarini ham yozishga harakat qilaman.