Internetning yoshlar ongiga ta’siri

Журфак талабаларининг ижодий машқларидан.

7

            Kun sayin jadal rivojlanib  borayotgan axborot asrida  zamonaviy texnika vositalaridan  foydalanmaslikning yoki ularga  murojaat etmaslikning hech  bir iloji yo’q. Chunki, inson  dunyoqarashining shakllanishida,  ma’naviy olamining yanada  kengayishida, ayniqsa kampyuter  texnologiyasi asosiy vosita rolini  bajarmoqda.   Bu — bir tomondan quvonarli holat.  Bugungi kunda, biz yoshlar, mana  shunday katta imkoniyatlardan  xohlagancha foydalanib, o’qish yoki  ish davomida vaqtimizdan ancha  unumli foydalanmoqdamiz. Hozirgi  kun nuqtai nazar bilan qaraydigan  bo’lsak, allaqachon global tarmoqqa  aylanib ulgurgan internet o’zining  tezkorligi chegara bilmasligi  bilan ommaviy axborot vositalari  orasida eng muhim sohaga  aylanib ulgurdi. Unda faoliyat  yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlar:  Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar orqali  har soatda yurtimiz va jahonga  oid eng so’ngi yangiliklardan  boxabar bo’lib turamiz. Ammo…  Shiddat bilan yuksalib borayotgan  fan-texnika asrida,internet va  ijtimoiy tarmoqlarining ijobiy  jihatlari bilan bir qatorda uning  yoshlar ma’naviyatiga, ularning  yangiliklarga chanqoq ongiga  salbiy ta’sirining ham guvohi  bo’lyapmiz. Zimdan e’tibor bersak, internet kafelariga serqatnov  yoshlar (ayniqsa o’smirlar) u  yerga borishib, har xil buzg’unchi  g’oyalar ruhidagi ur-sur, o’ldir-yondir komp’yuter o’yinlarini  tomosha qilayotganligini,  tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini  besamar o’tkazayotganligiga guvoh  bo’lapmiz.   Bunday yoshlarni biz internet  imkoniyatlaridan to’laqonli, faqat  bilim olish bilan mashg’ul deya  ayta olamizmi? Eng achinarlisi,  ayrim befarq ota-onalar farzandim  internetda o’tirib, bilim olyapti,  deb o’ylashadi. Shu o’rinda  talabalarning ba’zi dars paytlarida  qo’l telefonlari orqali internet  saytlariga kirib, bemalol foydalanib  o’tirishlariga munosabat  bildirmoqchiman.   To’g’ri talaba mustaqil izlanuvchi  shaxs sifatida, bilimini ko’proq boyitishi, turli xil manbaalarga  murojaat etishi yaxshi. Lekin  dars hisobidan emas… chunki,  harnarsaning ham o’z vaqt-soati  bor, shu jumladan internetdan  foydalanishning ham. Yaqinda  yana bir atama tilimizda ishlatila  boshlandi. Bu igromaniya  tushunchasi. Hash-pash deguncha  ommalashib ham ketmoqda.  Qisqacha ta’rif beradigan  bo’lsam, “Igromaniya” — bu  komp’yuterdan o’rin olgan turli xil  o’yinlarga mukkasidan ketishdir.  Ruhshunoslarning ma’lumotlariga  qaraganda, yoshlar buzg’unchi,  destruktiv g’oyalarga qarshi  mafkuraviy immunitet hali to’la  shakllanmagani uchun o’qigan  yoki ko’rgan ma’lumotlariga tez  ishonishadi.             Bunday hollarda yoshlarning  ma’naviyatiga, ruhiyatiga salbiy

ta’sirko’rsatadigan igromaniyani  hech bir jihatdan oqlab  bo’lmaydi. Kundalik hayotimizda  har narsaning salbiy va ijobiy  tomoni bo’lgani kabi zamonaviy  texnika vositalaridan foydalanishda  ham me’yorga amal qilmog’imiz zarur!

 

LUIZA TOSHPO‘LATOVA

You may also like...

13 Responses

  1. Зокирова Мадина:

    Луиза мақолангиз менга ёқди. Ҳозирги ёшлар, ўсмирлар ижтимоий тармоқлардан нотўғри фойдаланишмоқда. Бундай ўйинлардан нафақат ўсмирлар, бакли биз қатори ёшлар ҳам муккасидан кетмоқда. Ижтимоий тармоқлардан керакли пайтда, керакли жойда, фойдали ишларимиз, билим лишимиз учун самарали фойдаланишни ўрганиш ва ўргатиш даркор!

  2. Зокирова Мадина:

    Луиза мақолангиз менга ёқди. Ҳозирги ёшлар, ўсмирлар ижтимоий тармоқлардан нотўғри фойдаланишмоқда. Бундай ўйинлардан нафақат ўсмирлар, бакли биз қатори ёшлар ҳам муккасидан кетмоқда. Ижтимоий тармоқлардан керакли пайтда, керакли жойда, фойдали ишларимиз, билим олишимиз учун самарали фойдаланишни ўрганиш ва ўргатиш даркор!

  3. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan mamlakatimizda internet tarmoqlari insonlarga ko`plab imkoniyatlar, qulayliklar yaratib berish bilan bir qatorda, jamiyatimiz yoshlarining g`oyaviy, axloqiy me`yorlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Ayni davrda internet tarmoqlari yoshlar hayotini izdan chiqarib yuborishga qodir kuchli qurolga aylanib ulgurdi. Bu tarmoqlar yoshlar orasida qanchalik ko`p o`z o`rniga ega bo`lgan sari, ularning havfi ham ikki barobar oshmoqda. Yosh avlodning deyarli 60-70 foizi global tarmoqning asiriga aylanib qolgan. Ular shu darajada internetga bog`lanishdiki, xatto tongni u bilan qarshilab kunni u bilan kuzatayotganlarini ham sezmay qolishdi. Internet tarmoqlari yoshlarning dunyoqarashini, fikrini o`zgartirib yubordi. Bu olamga g`arq bo`lgan yoshlarning deyarli ko`pchiligida insoniylik, mehr oqibat tuyg`ulari, muomala madaniyati kamayib bormoqda. Masalan jamoat transportida telefonidan ko`zini uzmay kelayotgan bola u yerdagi axloq qoidalarini ham unutib qo`ymoqda, yaqinlariga, ota onasiga ham internetga ajratganchalik ko`p vaqt ajratmay qo`yayotganini o`zi ham sezmay qolmoqda.
    Internet bu kabi yoshlar vaqtining ham eng katta dushmani hisoblanadi. Bu “sun`iy olam”ga bog`lanib qolib hayotimizning eng muhim davrlarini o`tkazib yuborayotgan, nimanidir qo`ldan boy berayotgan bo`lishimiz mumkin. Bir kun internetdan foydanlanmasak kunimiz qachalik unumli bo`lganini sezamiz.
    Shunday ekan, internet asiriga aylanmasdan. Uning girdoblarida umrimizni zoye ketkazmasdam undan o`zimizni himoya qilishimiz lozim. Har bir irodasi mustahkam yosh avlod vaqtni o`zining eng qimmatbaxo boyligiligini anglaydi va uni kimga va nimaga sarflashni juda yaxshi biladi. Ularda internetning turli xurujlariga qarshi kurashish immuniteti mavjud bo`ladi. Bu bilan ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaslik emas, balki undan me`yor bilan foydalanish kerak. Ular hayotimizda birinchi o`rinda emas, oxirgi o`rinlardan joy olsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Zero bizga berilgan umrni samarali sarflash har birimizning o`z qilimizda.

  4. Madina Luizani maqolasiga bildirgan fikringiz oxiridagi gapda olishimiz so’zidagi »o» harfi tushib qolibdi. Luiza sizdan yana bundan ham yaxshi maqolalarni kutib qolamiz.

  5. Yuqoridagi fikrlarga qo’shilaman. Bugungi kunimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin albatta. Lekin bundan biz faqatgina to’g’ri yo’lda foydalana olishimiz kerak. Luiza qiziqarli mavzuga qo’l uribsiz. Sizdan yanada qiziqarli va dolzarb mavzularda maqolalar kutib qolamiz.

  6. Luiza maqolangiz qiziqarli chiqibdi .Albatta bugungi kunda biz yoshlar internet tarmog’idan me’yorida foydalanishimiz kerak .

  7. Insoniyat aql-idrokining yanada o’sishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan XXI asrga kelib OAV vositalari qatoriga internet kirib keldi. Jahon axborot maydonini qamrab olgan bu aloqa vositasining ham salbiy ham ijobiy tomoni bor. Uning ijobiy tomoni 3 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan insonlar uchun ma’lumot yetkazish va almashish bo’lsa, salbiy tomoni turli buzg’unchi g’oyalar, terarizim, behayolik, diniy ekstrimizm va fundamentalizimni yoyishga hizmat qilmoqda. Buni biz turli reklama, e’lonlar va kichik xabarlar misolida ko’rishimiz mumkin. Dastavval, bizga hech qanday ahamyatga ega bo’lmasdan ko’ringan kichik ko’ngilsizlik, keyinchalik global muammoga aylanib ulgurmoqda desak adashmagan bo’lamiz.

  8. Igromaniya haqida bilmasdim.Balki bu toʻgʻridir,lekin hamma narsani me’yori yaxshi.Hozirgi kunda terrorizmga aloqador roliklar ham aynan internetda avj olgan.Endi qurolli toʻqnashuvlar boʻlmaydi,aksincha axborot hurujlari boʻladi.Shuning uchun axborotga boʻlgan immunitetni shakllantirishimiz kerak.Bu shunchaki jangovar oʻyinlar emas,bu inson ongiga hujum.Biz shu holatlarga nisbatan jirkanish hissini uygʻotmas ekanmiz,shu oʻyinlar girdobiga tushib qolaveramiz.

  9. Luiza maqolangiz zõr chiqibdi.xozirda kõp yoshlar internetdan foydalanishni bilmaydi, internetdan juda kõp kerakli malumotlar olsa bõladi.Lekin kõp õspirinlar internetdan nomaqil ishlar bilan shuğulanmoqdalar. Bundan bir necha yil ilgari internetda kõk kid nomli õyin paydo bõlgan edi. Kõp yoshla õyinga õralashib qolgan va natijada kõpi xalo bõlgan chunki õyindi oxiri faqatgina õlim edi. Biz yoshlarni manashuday yomon õyinlardan oqimlardan saqlashimiz kerak.

  10. Tanganing ikki tarafi bor. Zararli deb undan ovoz kechaversak rivojlanish bo’lmaydi. Luiza, maqolangiz manga yoqdi. Batafsil ma’lumotlar bilan yanada boyitishingizni taklif qilgan bo’lardim.

  11. Nega barcha internetni yomonlaydida lekin kuni shu internetda o’tadi. Hozirda ko’chilikni topib olgan gapi internet odamni buzmoqda, ijtimoiy tarmoqlar yomon. Odam yovuzlik qilaman desa, internetdan foydalanishi shartmas deb o’ylayman, G’alatida inson o’zi ayb ish qiladida lekin aybni internetga to’nkaydi. Shunday ekan internetni faqat yomonlavermasdan, odamzod o’zini ham biroz tergasa, bunchalik vahshiyliklar bo’lmasdi deb o’ylaman. Lekin Luiza maqolangiz menga yoqdi. Keyingi safar internetni yaxshi tomonlari haqida ham chiroyli maqola yozasiz degan umiddaman.

Добавить комментарий для Nozimov Nig'monxo'ja Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>