Iqtidorli talabalar uchun targ‘ibot aksiyasi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Safimizga qo‘shiling, tengdosh!” deb nomlangan targ‘ibot aksiyasi boshlandi.

б2 б1

O‘zMUning Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorlikda tashkil etgan aksiya “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida o`tkazilmoqda. Unda universitetimizning 1-kurs talabalari ishtirok etmoqda. Bundan asosiy maqsad, oliygohimizga endigina qadam qo‘ygan talabalarni nomdor stipendiyalar, fan olimpiadalari va turli ko‘rik-tanlovlardan xabardor qilish va ularni faolikka chorlashdir.

Tadbir davomida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti xodimlari ittigoqning yoshlarga taqdim etayotgan loyihalari, tanlov va grantlari haqida talabalarga ma‘lumot berdilar.

Targ‘ibot aksiyasining ilk tinglovchilari Ijtimoiy Fanlar fakulteti talabalari bo‘ldi. Uchrashuv davomida universitetning iqtidorli yoshlari mavzu yuzasidan taqdimot qildilar.

O`zaro muloqot tarzida o‘tgan tadbir so‘nggida eng bilimli va zukko yoshlar Iqtidorli talabalar bo‘limi faollari safiga qabul qilindi.

Bunday uchrashuvlar har bir fakultet talabalari bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Jololiddin YUSUBOV,

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig`i

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>