Jamoatchilik bilan aloqalar (PR — piar)

Jurfak talabalari uchun ma’ruzalar matni. 

To‘lqin Eshbekovning “Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama” o‘quv qo‘llanmasi asosida

ж3

 1-mavzu: Jamoatchilik bilan aloqalar fani tarixi va ta’rifi

 Naf’ing agar xalqqa beshak erur,

Balki bu naf o‘zingga ko‘prik erur.

Alisher NAVOIY

 Buyuk bobokalonlarimiz aql mash’ali ila turli fanlarga asos solingan. Aytaylik, «Algebra» so‘zi qayerdan olinganini bugungi avlod yaxshi biladi. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning «Al-jabr val-muqobala» asaridagi «Al-jabr» – «Algebra» atamasiga asos bo‘lgan bo‘lsa, dunyo miqyosida deyarli bir xil talaffuz etiladigan «Meditsina» – asli ibn Sino (Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali)ga nisbatan o‘sha davrdayoq aytilgan «Madadisino» (ya’ni, «Sinoning madadi») atamasining hosilasidir. Bugun lisonimizda keng qo‘llanayotgan «Tibbiyot» fani nomi (atamasi) ham ulug‘ hakimning «Tib qonunlari» asaridan olinganini shu soha mutaxassislari e’tirof etishadi.

Inson aqli-tafakkuri ila kashf etilgan jamiki fanlar mohiyatan bir-biri bilan uzviy aloqada ravnaq topadi. Falsafa, adabiyot, biologiya, kimyo, tarix, geografiya, matematika, fizika, geodeziya, astronomiya, sotsiologiya, informatika, kibernetika, elektronika, genetika kabi fanlar mantiqan bir-biri bilan chambarchas. Nafaqat fan sifatida, ishlab chiqarish sohalarida ham ularni bir-birisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Aytaylik, adabiyot – barcha soha uchun birdek qadrli. U butun insoniyatning ma’naviy boyligi, ko‘ngil mulki! Kimyo mo‘‘jizalari kimni hayratga solmaydi, deysiz. Tabiat qonunlarini o‘rgatuvchi fizikaning daxli bo‘lmagan soha bo‘lmasa kerak. Hisob-kitoblar yechimini matematika fanisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Butun borliq, kurrai zamindagi mamlakatlar, ularning chegaralari, poytaxtlari, xalqlari, iqlimi, turfa boyliklari haqida biz avvalo geografiya fani orqali tasavvurga egamiz.

Hayot voqeligiga aylangan ana shu fanlar mudom uzviydir. Bu uzviylikni yanada mukammallashtirib, takomillashtirib borayotgan yangi fanni esa so‘nggi o‘n yilliklar mo‘‘jizasi deb atash mumin. Negaki, u butun mohiyat-e’tiboriga ko‘ra – fanlararo fan hisoblanadi. Bu fan – «Pablik rileyshnz» deb ataladi. Ingliz tilidan olingan «Public Relations» atamasi – «Jamoatchilik bilan aloqalar», «Jamoatchilik bilan munosabatlar» degan ma’nolarni anglatadi.

«Public Relations» (bundan buyon – PR, piar) iborasi ilk bor AQShning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson tomonidan ishlatilgan. U 1807 yili «Kongressga yettinchi murojaati»da ushbu atamani birinchi marta qo‘llagan1.. Bundan maqsad, o‘sha davrda hukumatning jamoatchilik bilan aloqalarini davlat darajasiga ko‘tarish, ilmiy-tashkiliy jihatdan yo‘lga qo‘yish edi.

Keyinchalik PR fani asoschilaridan biri Edvard Bernayz bu iboraning mohiyatini «jamiyat manfaatlari yo‘lidagi harakatdir»2 deb ta’riflagan. Demak, «AQShda piarning paydo bo‘lishi bevosita siyosiy jarayonlar mahsuli»3 bo‘lgan. Oradan bir asr vaqt o‘tib, alohida fan sifatida voqelikka aylangan PR tarixi o‘sha davrdagi hodisalardan kelib chiqadi.

AQSHning o‘sha davrdagi prezidentlari hukumat bilan xalq o‘rtasida mustahkam va ishonchli aloqalar o‘rnatishni yangi davlat ravnaq topishi asosiy omili sifatida qabul qildilar. Ularning bu mezonga asoslangan fikrlari nihoyatda to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Tomas Jeffersonning quyidagi so‘zlari demokratiya yo‘lini tanlagan qator gazetalar uchun shiordek bo‘lib qoldi: «Agar menga hukumat bo‘lsinu gazetalar bo‘lmasin yoki gazetalar bo‘lsinu hukumat bo‘lmasin – birini tanlang, deyishsa, men hech ikkilanmasdan hukumat bo‘lmasa ham gazetalar bo‘lishi kerak, degan bo‘lardim»4.

Bu fikrni biryoqlama talqin qilmaslik kerak. Tomas Jefferson gazeta va boshqa nashrlar mavqeini, ta’bir joiz bo‘lsa, mas’uliyatini oshirishni ham ko‘zda tutgan bo‘lishi mumkin. Binobarin, hukumatning yo biror tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini matbuotsiz, ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmasligini demokrat rahbar ushbu tushunchasi vositasida ham ifodalagani ko‘rinib turibdi.

Jamoatchilik fikri bilan hisoblashish masalasi uzoq yillar turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgani tarixiy manbalarda ko‘p uchraydi. Bu g‘oyani miloddan oldin yashagan Suqrot ilgari surib, o‘z shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan. U haqiqatni «bahs orqali, suhbat yo‘li bilan bilish, anglash mumkin, degan, suhbatda asosiy e’tiborni inson ongi va tafakkurini tahlil qilishga qaratish zarurligini aytgan. O‘z davrida bu usul «Suqrot usuli» deb atalgan»5.

Sharq allomalari ijodida ham jamoatchilik bilan aloqalar g‘oyasi ilgari surilganini anglash mumkin. 1072 yili Malikshoh saroyida vazirlik qilgan Nizomulmulkning fikrlari ham e’tiborga molikdir. Olim va shoir Umar Xayyom bilan maslakdosh bo‘lgan Nizomulmulk «Siyosatnoma» asarida shunday yozgan: «zarurat bo‘lmasa, oliy majlisdan hech nima yozilmaydi. Farmonning hurmati va kuch-quvvati shunday bo‘lishi kerakki, ijro etilmaguncha uni hech kim qo‘lidan qo‘ymasin»6. Demak, bu qadim siyosat zamirida ham jamoatchilik bilan aloqalar o‘ziga xos jihatlari aks etgan. Podsho amriga munosabatlar o‘rganilgan hamda uning ijrosi nazorat qilingan. Bu qimmatli fikrlar bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Ijtimoiy munosabatlar qadimda qay darajada voqelikka aylanganini professor Najmiddin Komilovning quyidagi fikrlaridan ham anglash mumkin: «O‘zbekistonda Yevropa demokratik davlatlariga xos xususiyatlar bilan birga, Sharq davlatchiligining bizning xalqimiz ruhiyatiga xos va mos tajribalarini saqlab qolish maqsadga muvofiq»7.

Bulardan tashqari Sharqda azal-azaldan fikrlar xilma-xilligiga e’tibor bilan qaralgani qator maqollarda o‘z aksini topgan. Ko‘pdan ko‘p fikr chiqadi, maslahatli to‘y tarqamas, yetti o‘lchab bir kes, otalar so‘zi – aqlning ko‘zi, singari maqollar zamirida axborot almashmoq, fikrlashmoq, maslahatlashmoq kabi ma’nolar mujassam.

Demak, jamoatchilik bilan aloqalar biz uchun aslida qadimiy tushuncha. O‘tgan asrda rivojlangan mamlakatlarda voqelikka aylangan PRni tushunish, uning mohiyatini anglash qiyin emas.

Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, zamonaviy PR amaliy jihatdan jurnalistika zaminida paydo bo‘lgan. Uning aynan amaliyotdagi asoschilaridan biri amerikalik jurnalist Ayvi Ledbetter Li bo‘lgani haqida qator «Pablik rileyshnz» kitoblarida qayd etilgan. 1898 yilda Nyu-Yorkdagi Priston universitetini tamomlagan Ayvi Li dastlab «World» gazetasida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Biroq, yosh jurnalistni reportyorliklikning tor ko‘chalari qoniqtirmaydi. U ko‘proq ijtimoiy-siyosiy hayotda faol bo‘lishga intilardi. Bu intilishini 1903 yili Nyu-York meri saylovida namoyon etdi. Keyingi yili AQSh prezidentligiga saylov davrida demokratlar partiyasi milliy qo‘mitasiga matbuot-byurosi xodimi bo‘lib o‘tgach, hamkasbi Jorj Parker bilan birga «Parker va Li» firmasini tashkil etishdi.

1906 yilda Ayvi Li «Tamoyillar deklaratsiyasi»ni nashrdan chiqardi. Bu bilan u dastlab «matbuot xizmati xodimining faoliyatini jamoatchilikka yaqinlashtirgan»8 bo‘lsa, ayni vaqtda yangi kasbni jamiyat uchun juda zarur bo‘lgan soha bilan to‘ldirdi, uning muhimligini ko‘rsatib berdi. «Ayvi Lining asosiy xizmati shuki, u yangi kasbga ochiq xarakter berdi. «Tamoyillar deklaratsiyasi» butun millat uchun yuqori davlat organlari va hokimiyatni ham hisobga olib mashhur amerikacha ochiq jamiyat shakllanishi yo‘lida asosiy dasturiy hujjatlardan biri bo‘lib qoldi»9.

Deklaratsiyada shunday deyilgan: «Bu sirli matbuot-byurosi emas. Butun ishimizni ochiq-oydin bajaramiz. Bizning vazifamiz yangiliklar yetkazib berish. Bu targ‘ibot agentligi emas. Biron-bir materialingiz tashviqot bo‘limiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblasangiz, unda murojaat qilmang. Bizning ishimiz – aniqlik. Biz yuqorida eslab o‘tilgan faktlarni shaxsan tekshirish uchun har bir muharrirga jonu dilimiz bilan yordam beramiz. Qisqasi, maqsadimiz shundan iboratki, biz ishchan doiralar va tashkilotlar nomidan AQSh jamoatchiligini qiziqtirgan ma’lumotlarni matbuotga ochiq-oydin berib borishdir»10. Shu tariqa AQShda tashkilotlar bilan jamoatchilik o‘rtasida aloqalar o‘rnatish harakati boshlandi. Bu harakat asta-sekin ijtimoiy voqelikka aylanib ketdi.

PR tarixining shakllanish va taraqqiy etish evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi, ya’ni ular: tayyorlov, oraliq va asosiy davrlardir.

Birinchi davr, Tomas Jeffersonning ilk bor «Pablik rileyshnz» atamasini qo‘llagan paytlardan boshlanib, to XX asr boshlarigacha davom etgan.

Ikkinchi davrni, Ayvi Li «Tamoyillar deklaratsiyasi»ni e’lon qilgan va piar xizmatlari bo‘yicha firma tashkil etgan voqealar bilan bog‘liq, deyish mumkin. Bu davr 1807 yildan to XX asr boshigacha davom etgan.

Uchinchi davr 1904-1906 yillardan hozirgi paytgacha davom etmoqda. Bu davrni «piar-kasb sifatida shakllanishi, sohalar kengayishi va o‘zaro bog‘lanishida fanlararo fan rolini ado etgan va ijtimoiy institut sifatida»11 tan olingan davri deyishimizga asos bor.

PR tadqiqotchilari uning tarixiga oid ko‘p fikrlarni ilgari surganlar. Shulardan biriga e’tiborni qaratamiz: «Biz ko‘p narsalarni rivojlangan dunyodan kechroq bildik,– deb yozadi Rostov universiteti jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Grant Kartashyan.– Shunday ta’lim bor ekanki, biz biladigan genetika va kibernetikadan ustunroq. Bu – Pablik rileyshnzdir»12. PR tarixiga oid bu kabi fikrlar zamirida ham uning rang-barang qirralari aks etadi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ijtimoiy institut sifatida maydonga chiqqan PR xalqaro miqyosda o‘rin tutardi. 1974 yili piar xalqaro ijtimoiy institut sifatida tan olindi, bu paytda YePRA – Yevropa pablik rileyshnz assotsiatsiyasi BMT tarkibidagi iqtisodiy va ijtimoiy kengashning maslahatchi organi sifatida qayd qilingan.

Mutaxassislar fikricha, 1914 yilda birinchi jahon urushi boshlanishi turli davlatlar hukumatining piarlari keskin o‘sishi uchun zamin yaratgan, chunki ular oldida jangovar harakatlarga nisbatan o‘z mamlakatining tutgan o‘rnini xalqiga va jahon jamoatchiligiga bayon qilish vazifasi turgan. O‘sha davrdagi «AQSh Prezidenti Vudro Vilson jurnalist do‘sti Jorj Krilning maslahati bilan jamoatchilikni xabardor qilish uchun maxsus Qo‘mita tuzgan. Mazkur Qo‘mita mamlakatda va chet elda piarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan»13.

1918 yilda Buyuk Britaniya qirolining o‘z matbuot kotibi paydo bo‘ldi.

Buyuk Britaniyada 1932 yilda Vazir o‘rinbosari qoshida Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xizmat rahbarining lavozimi ta’sis etilgan edi. Zero, «Piar xizmatlarining rahbarlari tinglovchilarga ta’sir etish soha va usullarini kengaytirishni afzal ko‘rar edilar»14 hamda ushbu maqsadlar uchun standard bo‘lmagan usullardan ham foydalanganlar. Xalqaro miqyosda yuksak maqega ega bo‘lgan ingliz tilidagi bu atama o‘shandan buyon dunyoviy fan nomi sifatida boshqa tillarda, xususan, o‘zbek tilida ham keng qo‘llanilmoqda.

Zamonaviy piar vatani – AQShdir. Piar faoliyatini u yerdan G‘arbiy Yevropa o‘zlashtirib olgan. Har bir mamlakatda piar o‘zining milliy ruhi va xususiyatlari bilan boyitilgan. Bu tabiiy jarayondir. Ijtimoiy hayotdagi har qanday yangilik turli davlatda o‘ziga xos tarzda aks etadi.

XX-asrning so‘nggi choragida piar rivojlangan mamlakatlarda ravnaq topgan faoliyat turi bo‘lib qoldi. Bu davrda «piarning yangi turlari, shakl va usullari uzviy ravishda paydo bo‘la boshladi, piarmenlarning kundalik faoliyatiga jalb etilmagan iqtisodiyot, siyosat va madaniyat sohalari kamayib borar edi»15. Bugungi kunga kelib PR jahon uzra keng quloch yoymoqda. Uning ibratomuz qirralari, bu sohadagi ilg‘or tajribalar hozirjavoblik bilan o‘rganilmoqda.

ж1

2-mavzu: Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) nazariy asoslari 

PRning fan sifatida maydonga chiqishi va ilmiy asoslanishida amerikalik olim Edvard Bernayz xizmatlari alohida e’tirof etiladi. U 1919 yilda Nyu-Yorkda xususiy «piar-byuro»sini ochib, amalda jamoatchilik bilan aloqalarning samarasini ko‘radi. Bu borada tadqiqot olib borib, xulosalarini yozadi. 1923 yili uning «Jamoatchilik fikrining kristallashuvi» kitobi chop etildi. Bu asar PR fanining birinchi nazariy poydevori edi. O‘sha yiliyoq Nyu-York universitetida «Pablik rileyshnz» kafedrasi tashkil etildi. Rus tadqiqotchisi A.Chumikovning «Jamoatchilik bilan aloqalar» asarida qayd etilishicha, E.Bernayz o‘z faoliyatini shunday ta’riflagan: «1919 yili dastlabki ofisimni ochganimda… «Pablik Rileyshnz maslahatchisi»ni tayinladim. U mijozlar fikrini tinglab, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘lida xizmat qila boshladi»16. Shu tariqa nazariyotchilar PRning yangi-yangi qirralarini tadqiq qila boshladilar.

1924 yilda shveysariyalik taniqli psixolog Karl Yungning «Psixologik turlar» kitobi nashr etildi. Umuman, bu olimning asarlari jamoatchilikdagi turli guruhlar psixologiyasi xususiyatlari, ullardagi fikrning shakllanish jihatlarini o‘rganishga katta ta’sir etgan.

XX asrning birinchi choragidan boshlab AQSh, Angliyada PRga oid qator kitoblar nashr etildi. Ularda jamoatchilik bilan aloqalarning nazariy asoslari yanada chuqurroq ifodalab berilgan.

Sobiq mustabid tuzum davrida hukumat demokratiyani ta’minlashga xizmat qiladigan PRdan o‘z maqsadlari yo‘lidagina keng foydalanishsa-da ommaviy tusda u oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmas edi. Shul bois, u fan sifatida tadqiq etilmasdi. Professor Narzulla Jo‘rayevning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: «SSSR tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy taraqqiyot xususida gapirib bo‘lmas edi. Chunki yovuzlik va zo‘ravonlik asosiga qurilgan bu davlat bunday intilishlarga aslo yo‘l bermas edi»17. PRni tan olmagan va jamoatchilik fikri bilan hisoblashmagan komfirqa ko‘p narsa yutqazdi. Muallif amerikalik adiba Eyn Redning quyidagi fikrini keltiradi: «Insonni fikrsiz qulga aylantirgan yoki uning mehnati samarasini tortib oladigan, erkin tafakkur qilishdan mahrum etadigan yoki aqlga zid harakatlarga undaydigan jamiyat, mavjud qonunlari bilan insonning tabiiy talab-ehtiyojlari o‘rtasida qarama-qarshilik keltirib chiqaradigan jamiyat aslida jamiyat deb atalishiga ham arzimaydi. U – jinoyatchilar to‘dasi yoki olomondir»18.

Sobiq mustabid tuzum davri mafkurasi to‘g‘risida bu kabi juda ko‘p tanqidiy fikrlar yozildi. Shu yo‘sinda jamoatchilik fikriga mutlaqo quloq solmaslik va uni tan olmaslik harakatlari to‘g‘ri tanqid qilindi. «Imperiyalar milliy ongning uyg‘onishidan o‘t-suv balosidan qo‘rqqan kabi qo‘rqqanlar,– deb yozadi adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov «Millatning billurlanishi» maqolasida.– Xalqning umum ishini o‘zi bir yoqadan bosh chiqarib qilishga qodirlik kasb etishi – uning millat bo‘lganligi belgisi va ko‘rsatkichidir»19. Bu fikr zamirida ham kishilarning o‘zaro fikr almashuvi asnosida «bir yoqadan bosh chiqarishi» g‘oyasi zuhur etilmoqda.

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon davlat boshqaruvi tizimida jamoatchilik bilan aloqalar amalda o‘z samarasii ko‘rsatmoqda. Buni har bir yetakchi tashkilot va muassasaning matbuot xizmati faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Jamoatchilik fikrini o‘rganish barobarida jamoatchilikda fikr uyg‘otish, jamoatchilik fikrini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Bu hol demokratik o‘zgarishlar yanada chuqurlashayotgan jamiyatimizda hayot voqeligiga aylanib bormoqda.

ж2

3-mavzu: Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) funksiyalari

Jamoatchilik fikrini o‘rganish – u bilan aloqalarda muhim mezon hisoblanadi. Funksiya deganda amaliyotda ko‘proq bu faoliyatni bajaradigan vazifalar nazarda tutiladi. V. Korolko ta’riflashicha, jamoatchilik bilan aloqalar umuman olganda 3 ta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. Jamoatchilikning fikrini o‘rganish va uni kuzatish. PR orqali jamoatchilikning fikrini o‘rganish va faqat shu yo‘l bilan unga samarali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Agar jamoatchilik fikri o‘z vaqtida o‘rganilmasa, unda ijobiy maqsadga erishilmaydi.
  2. Jamoatchilik harakatini kuzatish. Demak, jamoatchilikning nafaqat fikrini o‘rganish, balki, harakatini ham kuzatib borish muhimdir. Piarmen jamoatchilikning u yoki bu harakatlarida o‘zini qanday tutadi, shuni aniqlab olishi kerak. Yangi vaziyatlar vujudga kelgan sari, ijtimoiy kayfiyatlar o‘zgargan sari jamoatchilik o‘zini qanday tutmoqda, piarmenning fikricha qay tomonga o‘zgarmoqda, shuni oldindan bilishi taqozo etiladi. Aniqlik piar xodimi faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
  3. Tashkilot bilan jamoatchilik o‘rtasida ikki tomonlama manfaatni ta’minlash. Bir tomonlama emas, ikki tomonlama manfaatni ta’minlab, shuning natijasida jamoatchilik bilan hamkorlikni ravnaq toptirish lozim. Bunda hamkorlikning ikki tomonlama foydasi bo‘ladi20.

Mana shu uchta asosiy funksiya jamoatchilik bilan aloqalarni tobora mustahkamlab borishda piarmen uchun juda zarur.

PR funksiyasi jamiyat ijtimoiy instituti sifatida yorqinroq ko‘rinadi. Hindiston davlatining sobiq rahbari Indira Gandi PRni «demokratiyaning yog‘i» deb atagan.

PR hokimiyat organlari va xalq, aholi va biznes, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi.

Amalda PR demokratiya ravnaq topgan mamlakatlardagina rivojlanadi. Ayni vaqtda u demokratiyani rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib esa piar dunyoviy fan sifatida keng quloch yoyyayotgani boisi ham shunda. PR – mohiyatan dunyoviy fan sifatida bizning ham ilmiy-ma’naviy xazinamizni boyitishga, tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. 

ж4

4-mavzu: Jamoatchilik bilan aloqalar (PR)ning asosiy maqsadi va bosh vazifasi

PR omma fikrining bir yo‘nalishdagi shakli emas. Uning mazmuni, shakli, maqsad va vazifalari aniq. PR ruhidagi boshqarish bilan ko‘p asrlardan buyon boshqa sohalar ham shug‘ullanib keladi.

Oshkoralik, haqiqat, samimiylik bo‘lgan joydagina PR muloqotga va o‘zaro ishonchga erishishi mumkin. PR – davlat tashkilotlari, qonun chiqaruvchi hamda ijro hokimiyatlari va jamoatchilik o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam beradi. Ingliz olimi Sem Blek ta’biri bilan aytganda: «Pablik Rileyshnz – aniq, haqqoniy axborotlarga asoslangan, o‘zaro bir-birini tushunish to‘g‘risidagi fan va san’atdir»21.

Nazariyotchi V.Korolkoning shunday yozgan: «PRni xo‘jako‘rsinga tashkil qilmaslik kerak. Har qanday yo‘l bilan o‘zlariga yaxshi sharoit yaratish uchun xalqni aldash va omma ishonchini suiste’mol qilish noxush oqibatlarga olib keladi. Jamiyatni qandaydir ma’lum bir muddat davomida aldash mumkin. Biron-bir qisminigina uzoqroq aldab yurish mumkin. Butun jamiyatni har doim aldab yurish esa hali hech kimga nasib qilmagan»22. Amaliy jihatdan olib qaralganda, qaysiki sohada bo‘lmasin omma ishonchini suiiste’mol qilish qanday salbiy oqibatlarga olib kelgani sir emas.

Ye.Pashensev fikricha: «Pablik rileyshnz – tashkilot va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslangan munosabat, bir-birini anglashga xizmat qiladigan muttasil harakatdir»23. Bu fikrlar xilma-xilligi PRning qamrovi naqadar kengligidan dalolat beradi.

Har bir fanning avvalo maqsad va vazifalarini o‘rganish talab etiladi. PRning asosiy maqsadi – jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘lsa, bosh vazifasi – axborot yordamida omma fikrini boshqarishdir. U tashkilotlar va jamoatchilik o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Bunday aloqa fikr almashish, axborot olish va tarqatish, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bilan izohlanadi. Har bir tashkilot va muassasa faoliyati xalqning siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy hamda madaniy hayotini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi shart. Shu o‘rinda ham PR o‘ziga xos tafakkur maydonini vujudga keltirgan holda samarali natijalarga erishishga xizmat qiladi.

Jamoatchilik bilan aloqalarning muhim shartlaridan biri – ikki tomonlama fikr eshitish. Fikr bir tarafdangina aytilsa, u mohiyatan – biryoqlama, qolaversa, targ‘ibot bo‘lib qoladi. PR amaliyotida tashkilot vakillarining jamoatchilik fikrini tinglab, xulosa chiqarishi muhim o‘rin tutadi. Bu, ko‘pdan ko‘p fikr chiqadi, degan naqlga mosdir.

Jamoatchilik bilan aloqalar uzoq va boy tarixga ega. Ularning ijtimoiy soha sifatida shakllanishida Sharq mamlakatlari ham muhim hissa qo‘shgan.

XVII-XX asrlarda G‘arbning keskin rivojlanishi ko‘pgina yangi fanlar qaror topishiga asos bo‘ldi. O‘sha fanlardan biri – jamoatchilik bilan aloqalardir. Eng avvalo, AQShda mazkur sohaning nazariy va axloqiy asoslari shakllandi.

Tashkilot va jurnalistlarning jamoatchilik bilan munosabatlari, fikr almashishlar jarayonida nazariy asoslarga va odob-axloq me’yorlari PR talablariga mos ravishda amalga oshishi ushbu amaliyotning dunyo miqyosida keng tarqalishiga, jumladan, O‘zbekistonda ham ravnaq topishiga yordam beradi.

Saylovlar jarayonini OAVda yoritish texnologiyalarini ilmiy jihatdan tahlil qilish va o‘zlashtirish O‘zbekiston sharoitida alohida e’tiborga ega. Bunda OAV va siyosiy partiyalar vakillari oq va qora PR to‘g‘risida ham tasavvurga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir24.

PR davlat va jamiyat, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Bu aloqa – fikr almashish, axborot olish va tarqatish, munosabatlarni mustahkamlash bilan izohlanadi.

Taraqqiyparvar mamlakatlarda hukumat, nodavlat tashkilotlarining faoliyatlari jamoatchilik bilan aloqalar asosida tashkil etiladi. Ispan faylasufi va publitsisti Ortega Gasset yozganidek, «Dunyoni jamoatchilik fikri boshqaradi»25. Yurtimizda ham aksariyat vazirlik va tashkilotlarning faoliyatlari jamoatchilik bilan aloqalar asosida tashkil etilmoqda. Bugungi kunda jamoatchilik bilan aloqalar masalasi ijtimoiy voqelikka aylandi.

PR jamiyatda tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Sem Blek yozganidek u quyidagi o‘nta asosiy maqsadga yo‘naltirilgan26. Ya’ni:

  1. Jamoatchilik fikri;
  2. Jamoatchilik munosabatlari;
  3. Hukumatlararo aloqalar;
  4. Ijtimoiy hayot;
  5. Sanoat sohasidagi munosabatlar;
  6. Moliyaviy aloqalar;
  7. Xalqaro aloqalar;
  8. Iste’molchilar bilan munosabatlar;
  9. Statistika va tadqiqot;
  10. Ommaviy axborot vositalari.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ijtimoiy institut sifatida maydonga chiqqan PR xalqaro miqyosda o‘rin tutardi. 1974 yili piar xalqaro ijtimoiy institut sifatida tan olindi, bu paytda YePRA – Yevropa pablik rileyshnz assotsiatsiyasi BMT tarkibidagi iqtisodiy va ijtimoiy kengashning maslahatchi organi sifatida qayd qilingan.

Fransiya va Germaniya mutaxassislari amerikacha piar uslubini to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy tarmog‘iga ko‘chirish mumkin emasligini tushundilar. Fransuz va nemisni amerikalik qilib bo‘lmaganidek, buni ham qilish mumkin emas.

PR ko‘p jihatdan mahalliy mentalitet va millat ruhidan tug‘ilgan. Shul bois Yevropa davlatlarida piar har bir jamiyatning milliy xarakteriga monand ravishda shakllana bordi.

Qator davlatlarda birinchi rahbarlarning matbuot bo‘yicha muovinlari, matbuot xizmati rahbarlari, hech bo‘lmaganda matbuot agentlari va kotiblari lavozimlari tashkil qilindi. Eng e’tiborga molik tomoni shundaki, birinchi jamiyat bilan aloqalar markazlari AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya davlat organlarida tashkil etildi.

Mutaxassislarning aksariyati 1914 yilda birinchi jahon urushining boshlanishi turli davlatlar hukumatining piarlari keskin o‘sishi uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘lgan, chunki ularning oldida boshlangan jangovar harakatlarga nisbatan o‘z mamlakatining tutgan o‘rnini xalqiga va jahon jamoatchiligiga bayon qilish vazifasi turgan edi, degan fikrga kelgan. O‘sha davrdagi «AQSh Prezidenti Vudro Vilson jurnalist do‘sti Jorj Krilning maslahati bilan jamoatchilikni xabardor qilish uchun maxsus Qo‘mita tuzgan. Mazkur Qo‘mita mamlakatda va chet elda piarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan»27.

1920 yilda Nyu-Yorkda Buyuk Britaniyada sodir bo‘layotgan voqealar bilan amerikaliklarni tanishtirish maqsadida Britaniya kutubxonasiga asos solingan edi. Ular haqidagi kommunikatsiya va nazariyalar birgalikda boshqa ilmlar ham rivojlangan, bu esa ularni o‘zaro boyitgan.

1926 yilda Buyuk Britaniyada o‘z faoliyatida piar uslubiyotidan faol ravishda foydalangan savdo bo‘yicha Qirollik boshqarmasi tuzildi.

1932 yilda shu mamlakatda Vazir o‘rinbosari qoshida Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xizmat rahbarining lavozimi ta’sis etilgan edi. Zero, «Piar xizmatlarining rahbarlari tinglovchilarga ta’sir etish soha va usullarini kengaytirishni afzal ko‘rar edilar»28 hamda ushbu maqsadlar uchun standard bo‘lmagan usullardan ham foydalanganlar.

Zamonaviy piar vatani – AQShdir. Piar faoliyatini u yerdan G‘arbiy Yevropa urushdan keyin o‘zlashtirib olgan. «Lekin bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa ko‘chirish emas edi. Ish usullari va shakllarining o‘xshash tavsifida har bir mamlakatda piar o‘zining milliy ruhi va xususiyatlari bilan boyitilar edi»29 Bu tabiiy jarayondir. Ijtimoiy hayotdagi har qanday yangilik turli davlatda o‘ziga xos tarzda aks etadi.

XX-asr o‘rtalarida Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi koinotga chiqishi asos bo‘lgan axboriy davr o‘z faoliyatini boshladi. Ko‘p o‘tmay amerikalik mutaxassislar kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqdilar. Bu tarmoq tezkorlik bilan rivojlana boshladi. O‘sha davrda «aloqa vositalarining yangi shakllari va turlari piar xizmatlari faoliyatida ham o‘z ifodasini topa boshlagan edi»30.

XX asr so‘nggi choragida PR rivojlangan mamlakatlarda ravnaq topgan faoliyat sohasi bo‘lib qoldi. Ma’lumki, bu davrda «piarning yangi turlari, shakl va usullari uzviy ravishda paydo bo‘la boshladi, piarmenlarning kundalik faoliyatiga jalb etilmagan iqtisodiyot, siyosat va madaniyat sohalari kamayib borar edi»31.

Bugungi kunga kelib PR jahon uzra keng quloch yoymoqda. Uning ibratomuz qirralari, bu sohadagi ilg‘or tajribalar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ham puxta o‘rganilmoqda.

________________________

  1. Muminov F. Pablik rileyshnz: istoriya i teoriya. T.: Ijod dunyosi, 2004, 32-b.
  2. Berneys E. L. The Later Years. Public Relations Insights 1956-1986.-Rhinebeck: Free Press, 1986.-P.12.
  3. Arziyev F. Pablik rileyshnz – axborot ortidagi manfaat. //Xalq so‘zi, 2003, 4 noyabr.
  4. Qarang: Milliy tiklanish, 1997, 2 dekabr.
  5. 5. Pedagogika tarixi. A.Zunnunov, M.Xayrullayev va boshqalar. T.: Sharq, 2000, 175-b.

6 Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk. T.: Adolat, 1997 y. 77 b.

7.Komilov N. Vazir qanday bo‘lishi kerak? //Rahbar va xodim. –T.: Akademiya, 1998, 58 b.

  1. 8. G‘afforov N. Jamoatchilik bilan ishlash – Pablik rileyshnz. T.: Zar qalam, 2004, 6-b.
  2. 9. Muminov F. Pablik rileyshnz: istoriya i teoriya. 38-39-b.
  3. 10. Blek S. Vvedeniye v pablik rileyshnz. Rostov-na-Donu, 1998. 65-b.

11 Muminov F. Pablik rileyshnz: istoriya i teoriya. 40-b.

12 Blek S. Vvedeniye v pablik rileyshnz. 5-b.

  1. Sem Blek. Vvedeniye v Pablik rileyshnz. Rostov-na-Donu «Feniks», str-286.
  2. Mo‘minov F.A. Pablik rileyshnz: istoriya i teoriya. T., 2003 g. Str –37.
  3. Chumikov A.N. Pablik rileyshnz Str –37.

16 Chumikov A. Svyazi s obshestvennostyu. 20-b.

  1. Jo‘rayev N. Tafakkurdagi evrilish. T.: Sharq, 2001. 41-b.
  2. Jo‘rayev N. Tafakkurdagi evrilish. T.: Sharq, 2001. 41-b.
  3. 19. G‘afurov I. Millatning billurlanishi. //Xalq so‘zi, 1995, 5-yanvar.

20 Korolko V.G. Osnovы pablik rileyshnz. 11-12-b.

21 Blek S. Vvedeniye v pablik rileyshnz. Rostov-na-Donu, 1998, 10-b.

22 Korolko V.G. Osnovы pablik rileyshnz. 11-12-b.

23 Pashensev Ye.N. Pablik rileyshnz: ot biznesa do politiki. M.: Delo, 2000. 5-b.

24.Qarang: Shukurov B. Oq va qora ranglar. (Mo‘minov F. b-n suhbat) //O‘zbekiston ovozi, 2004. 4 noyabr.

  1. Ensiklopedicheskiy slovar. M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1987, 940-b.
  2. Sem Blek. Vvedeniye v Pablik Rileyshnz. S. Dostov na-Donu, 1998 god. 6-bet.
  3. Sem Blek. Vvedeniye v Pablik rileyshnz. Rostov-na-Donu «Feniks», str-286.
  4. 28. Mo‘minov F.A. Pablik rileyshnz: istoriya i teoriya. T., 2003 g. Str –37.
  5. 29. Sem Blek. Vvedeniye v Pablik rileyshnz. Rostov-na-Donu, «Feniks», 1998 g.
  6. Mo‘minov F.A. Pablik rileyshnz: istoriya i teoriya. T., 2003 g. Str –38.
  7. 31. Chumikov A.N. Pablik rileyshnz Str –37.

тв4

Жамоатчилик билан алоқалар (PR — пиар)

 Журфак 2-босқич талабалари учун маърузалар матни 

Тўлқин Эшбековнинг “Жамоатчилик билан алоқалар ва реклама” ўқув қўлланмаси асосида

1-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар фани тарихи ва таърифи

 Нафъинг агар халққа бешак эрур,

Балки бу наф ўзингга кўприк эрур.

Алишер НАВОИЙ

 Буюк бобокалонларимиз ақл машъали ила турли фанларга асос солинган. Айтайлик, «Алгебра» сўзи қаердан олинганини бугунги авлод яхши билади. Абу Абдулло Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмийнинг «Ал-жабр вал-муқобала» асаридаги «Ал-жабр» – «Алгебра» атамасига асос бўлган бўлса, дунё миқёсида деярли бир хил талаффуз этиладиган «Медицина» – асли ибн Сино (Абу Али ал-Ҳусайн ибн Абдуллоҳ ибн ал-Ҳасан ибн Али)га нисбатан ўша даврдаёқ айтилган «Мададисино» (яъни, «Синонинг мадади») атамасининг ҳосиласидир. Бугун лисонимизда кенг қўлланаётган «Тиббиёт» фани номи (атамаси) ҳам улуғ ҳакимнинг «Тиб қонунлари» асаридан олинганини шу соҳа мутахассислари эътироф этишади.

Инсон ақли-тафаккури ила кашф этилган жамики фанлар моҳиятан бир-бири билан узвий алоқада равнақ топади. Фалсафа, адабиёт, биология, кимё, тарих, география, математика, физика, геодезия, астрономия, социология, информатика, кибернетика, электроника, генетика каби фанлар мантиқан бир-бири билан чамбарчас. Нафақат фан сифатида, ишлаб чиқариш соҳаларида ҳам уларни бир-бирисиз тасаввур этиб бўлмайди. Айтайлик, адабиёт – барча соҳа учун бирдек қадрли. У бутун инсониятнинг маънавий бойлиги, кўнгил мулки! Кимё мўъжизалари кимни ҳайратга солмайди, дейсиз. Табиат қонунларини ўргатувчи физиканинг дахли бўлмаган соҳа бўлмаса керак. Ҳисоб-китоблар ечимини математика фанисиз тасаввур этиб бўлмайди. Бутун борлиқ, курраи заминдаги мамлакатлар, уларнинг чегаралари, пойтахтлари, халқлари, иқлими, турфа бойликлари ҳақида биз аввало география фани орқали тасаввурга эгамиз.

Ҳаёт воқелигига айланган ана шу фанлар мудом узвийдир. Бу узвийликни янада мукаммаллаштириб, такомиллаштириб бораётган янги фанни эса сўнгги ўн йилликлар мўъжизаси деб аташ мумин. Негаки, у бутун моҳият-эътиборига кўра – фанлараро фан ҳисобланади. Бу фан – «Паблик рилейшнз» деб аталади. Инглиз тилидан олинган «Rublic Relations» атамаси – «Жамоатчилик билан алоқалар», «Жамоатчилик билан муносабатлар» деган маъноларни англатади.

«Public Relations» (бундан буён – PR, пиар) ибораси илк бор АҚШнинг учинчи президенти Tомас Жефферсон томонидан ишлатилган. У 1807 йили «Конгрессга еттинчи мурожаати»да ушбу атамани биринчи марта қўллаган1.. Бундан мақсад, ўша даврда ҳукуматнинг жамоатчилик билан алоқаларини давлат даражасига кўтариш, илмий-ташкилий жиҳатдан йўлга қўйиш эди.

Кейинчалик PR фани асосчиларидан бири Эдвард Бернайз бу иборанинг моҳиятини «жамият манфаатлари йўлидаги ҳаракатдир»2 деб таърифлаган. Демак, «АҚШда пиарнинг пайдо бўлиши бевосита сиёсий жараёнлар маҳсули»3 бўлган. Орадан бир аср вақт ўтиб, алоҳида фан сифатида воқеликка айланган PR тарихи ўша даврдаги ҳодисалардан келиб чиқади.

АҚШнинг ўша даврдаги президентлари ҳукумат билан халқ ўртасида мустаҳкам ва ишончли алоқалар ўрнатишини янги давлат равнақ топишининг асосий омили сифатида қабул қилдилар. Уларнинг бу мезонга асосланган фикрлари ниҳоятда тўғри бўлиб чиқди. Томас Жефферсоннинг қуйидаги сўзлари демократия йўлини танлаган қатор газеталар учун шиордек бўлиб қолди: «Агар менга ҳукумат бўлсину газеталар бўлмасин ёки газеталар бўлсину ҳукумат бўлмасин – бирини танланг, дейишса, мен ҳеч иккиланмасдан ҳукумат бўлмаса ҳам газеталар бўлиши керак, деган бўлардим»4.

Бу фикрни бирёқлама талқин қилмаслик керак. Томас Жефферсон газета ва бошқа нашрлар мавқеини, таъбир жоиз бўлса, масъулиятини оширишни ҳам кўзда тутган бўлиши мумкин. Бинобарин, ҳукуматнинг ё бирор ташкилотнинг жамоатчилик билан алоқаларини матбуотсиз, оммавий ахборот воситаларисиз тасаввур этиб бўлмаслигини демократ раҳбар ушбу тушунчаси воситасида ҳам ифодалагани кўриниб турибди.

Жамоатчилик фикри билан ҳисоблашиш масаласи узоқ йиллар турли баҳс-мунозараларга сабаб бўлгани тарихий манбаларда кўп учрайди. Бу ғояни милоддан олдин яшаган Суқрот илгари суриб, ўз шогирдларини ҳақиқатни билишга ундаган. У ҳақиқатни «баҳс орқали, суҳбат йўли билан билиш, англаш мумкин, деган, суҳбатда асосий эътиборни инсон онги ва тафаккурини таҳлил қилишга қаратиш зарурлигини айтган. Ўз даврида бу усул «Суқрот усули» деб аталган»5.

Шарқ алломалари ижодида ҳам жамоатчилик билан алоқалар ғояси илгари сурилганини англаш мумкин. 1072 йили Маликшоҳ саройида вазирлик қилган Низомулмулкнинг фикрлари ҳам эътиборга моликдир. Олим ва шоир Умар Хайём билан маслакдош бўлган Низомулмулк «Сиёсатнома» асарида шундай ёзган: «зарурат бўлмаса, олий мажлисдан ҳеч нима ёзилмайди. Фармоннинг ҳурмати ва куч-қуввати шундай бўлиши керакки, ижро этилмагунча уни ҳеч ким қўлидан қўймасин»6. Демак, бу қадим сиёсат замирида ҳам жамоатчилик билан алоқалар ўзига хос жиҳатлари акс этган. Подшо амрига муносабатлар ўрганилган ҳамда унинг ижроси назорат қилинган. Бу қимматли фикрлар бугунги кунда ҳам аҳамиятини йўқотгани йўқ.

Ижтимоий муносабатлар қадимда қай даражада воқеликка айланганини профессор Нажмиддин Комиловнинг қуйидаги фикрларидан ҳам англаш мумкин: «Ўзбекистонда Европа демократик давлатларига хос хусусиятлар билан бирга, Шарқ давлатчилигининг бизнинг халқимиз руҳиятига хос ва мос тажрибаларини сақлаб қолиш мақсадга мувофиқ»7.

Булардан ташқари Шарқда азал-азалдан фикрлар хилма-хиллигига эътибор билан қаралгани қатор мақолларда ўз аксини топган. Кўпдан кўп фикр чиқади, маслаҳатли тўй тарқамас, етти ўлчаб бир кес, оталар сўзи – ақлнинг кўзи, сингари мақоллар замирида ахборот алмашмоқ, фикрлашмоқ, маслаҳатлашмоқ каби маънолар мужассам.

Демак, жамоатчилик билан алоқалар биз учун аслида қадимий тушунча. Ўтган асрда ривожланган мамлакатларда воқеликка айланган PRни тушуниш, унинг моҳиятини англаш қийин эмас.

Мутахассисларнинг эътироф этишларича, замонавий PR амалий жиҳатдан журналистика заминида пайдо бўлган. Унинг айнан амалиётдаги асосчиларидан бири америкалик журналист Айви Ледбеттер Ли бўлгани ҳақида қатор «Паблик рилейшнз» китобларида қайд этилган. 1898 йилда Нью-Йоркдаги Пристон университетини тамомлаган Айви Ли дастлаб «World» газетасида фаолият кўрсата бошлайди. Бироқ, ёш журналистни репортёрликликнинг тор кўчалари қониқтирмайди. У кўпроқ ижтимоий-сиёсий ҳаётда фаол бўлишга интиларди. Бу интилишини 1903 йили Нью-Йорк мэри сайловида намоён этди. Кейинги йили АҚШ президентлигига сайлов даврида демократлар партияси миллий қўмитасига матбуот-бюроси ходими бўлиб ўтгач, ҳамкасби Жорж Паркер билан бирга «Паркер ва Ли» фирмасини ташкил этишди.

1906 йилда Айви Ли «Тамойиллар декларацияси»ни нашрдан чиқарди. Бу билан у дастлаб «матбуот хизмати ходимининг фаолиятини жамоатчиликка яқинлаштирган»8 бўлса, айни вақтда янги касбни жамият учун жуда зарур бўлган соҳа билан тўлдирди, унинг муҳимлигини кўрсатиб берди. «Айви Лининг асосий хизмати шуки, у янги касбга очиқ характер берди. «Тамойиллар декларацияси» бутун миллат учун юқори давлат органлари ва ҳокимиятни ҳам ҳисобга олиб машҳур америкача очиқ жамият шаклланиши йўлида асосий дастурий ҳужжатлардан бири бўлиб қолди»9.

Декларацияда шундай дейилган: «Бу сирли матбуот-бюроси эмас. Бутун ишимизни очиқ-ойдин бажарамиз. Бизнинг вазифамиз янгиликлар етказиб бериш. Бу тарғибот агентлиги эмас. Бирон-бир материалингиз ташвиқот бўлимига тўғри келади, деб ҳисобласангиз, унда мурожаат қилманг. Бизнинг ишимиз – аниқлик. Биз юқорида эслаб ўтилган фактларни шахсан текшириш учун ҳар бир муҳаррирга жону дилимиз билан ёрдам берамиз. Қисқаси, мақсадимиз шундан иборатки, биз ишчан доиралар ва ташкилотлар номидан АҚШ жамоатчилигини қизиқтирган маълумотларни матбуотга очиқ-ойдин бериб боришдир»10. Шу тариқа АҚШда ташкилотлар билан жамоатчилик ўртасида алоқалар ўрнатиш ҳаракати бошланди. Бу ҳаракат аста-секин ижтимоий воқеликка айланиб кетди.

PR тарихининг шаклланиш ва тараққий этиш эволюцияси уч даврга бўлинади, яъни улар: тайёрлов, оралиқ ва асосий даврлардир.

Биринчи давр, Томас Жефферсоннинг илк бор «Паблик рилейшнз» атамасини қўллаган пайтлардан бошланиб, то XX аср бошларигача давом этган.

Иккинчи даврни, Айви Ли «Тамойиллар декларацияси»ни эълон қилган ва пиар хизматлари бўйича фирма ташкил этган воқеалар билан боғлиқ, дейиш мумкин. Бу давр 1807 йилдан то XX аср бошигача давом этган.

Учинчи давр 1904-1906 йиллардан ҳозирги пайтгача давом этмоқда. Бу даврни «пиар-касб сифатида шаклланиши, соҳалар кенгайиши ва ўзаро боғланишида фанлараро фан ролини адо этган ва ижтимоий институт сифатида»11 тан олинган даври дейишимизга асос бор.

PR тадқиқотчилари унинг тарихига оид кўп фикрларни илгари сурганлар. Шулардан бирига эътиборни қаратамиз: «Биз кўп нарсаларни ривожланган дунёдан кечроқ билдик,– деб ёзади Ростов университети журналистика назарияси ва амалиёти кафедраси доценти Грант Карташян.– Шундай таълим бор эканки, биз биладиган генетика ва кибернетикадан устунроқ. Бу – Паблик рилейшнздир»12. PR тарихига оид бу каби фикрлар замирида ҳам унинг ранг-баранг қирралари акс этади.

Иккинчи жаҳон урушидан сўнг ижтимоий институт сифатида майдонга чиққан PR халқаро миқёсда ўрин тутарди. 1974 йили пиар халқаро ижтимоий институт сифатида тан олинди, бу пайтда ЕPRА – Европа паблик рилейшнз ассоциацияси БМТ таркибидаги иқтисодий ва ижтимоий кенгашнинг маслаҳатчи органи сифатида қайд қилинган.

Мутахассислар фикрича, 1914 йилда биринчи жаҳон уруши бошланиши турли давлатлар ҳукуматининг пиарлари кескин ўсиши учун замин яратган, чунки улар олдида жанговар ҳаракатларга нисбатан ўз мамлакатининг тутган ўрнини халқига ва жаҳон жамоатчилигига баён қилиш вазифаси турган. Ўша даврдаги «АҚШ Президенти Вудро Вильсон журналист дўсти Жорж Крилнинг маслаҳати билан жамоатчиликни хабардор қилиш учун махсус Қўмита тузган. Мазкур Қўмита мамлакатда ва чет элда пиарни ривожлантиришда катта аҳамиятга эга бўлган»13.

1918 йилда Буюк Британия қиролининг ўз матбуот котиби пайдо бўлди.

Буюк Британияда 1932 йилда Вазир ўринбосари қошида Жамоатчилик билан алоқалар бўйича хизмат раҳбарининг лавозими таъсис этилган эди. Зеро, «Пиар хизматларининг раҳбарлари тингловчиларга таъсир этиш соҳа ва усулларини кенгайтиришни афзал кўрар эдилар»14 ҳамда ушбу мақсадлар учун стандард бўлмаган усуллардан ҳам фойдаланганлар. Халқаро миқёсда юксак мақега эга бўлган инглиз тилидаги бу атама ўшандан буён дунёвий фан номи сифатида бошқа тилларда, хусусан, ўзбек тилида ҳам кенг қўлланилмоқда.

Замонавий пиар ватани – АҚШдир. Пиар фаолиятини у ердан Ғарбий Европа ўзлаштириб олган. Ҳар бир мамлакатда пиар ўзининг миллий руҳи ва хусусиятлари билан бойитилган. Бу табиий жараёндир. Ижтимоий ҳаётдаги ҳар қандай янгилик турли давлатда ўзига хос тарзда акс этади.

XX-асрнинг сўнгги чорагида пиар ривожланган мамлакатларда равнақ топган фаолият тури бўлиб қолди. Бу даврда «пиарнинг янги турлари, шакл ва усуллари узвий равишда пайдо бўла бошлади, пиарменларнинг кундалик фаолиятига жалб этилмаган иқтисодиёт, сиёсат ва маданият соҳалари камайиб борар эди»15. Бугунги кунга келиб PR жаҳон узра кенг қулоч ёймоқда. Унинг ибратомуз қирралари, бу соҳадаги илғор тажрибалар ҳозиржавоблик билан ўрганилмоқда.

 

2-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар (PR) назарий асослари 

PRнинг фан сифатида майдонга чиқиши ва илмий асосланишида америкалик олим Эдвард Бернайз хизматлари алоҳида эътироф этилади. У 1919 йилда Нью-Йоркда хусусий «пиар-бюро»сини очиб, амалда жамоатчилик билан алоқаларнинг самарасини кўради. Бу борада тадқиқот олиб бориб, хулосаларини ёзади. 1923 йили унинг «Жамоатчилик фикрининг кристаллашуви» китоби чоп этилди. Бу асар PR фанининг биринчи назарий пойдевори эди. Ўша йилиёқ Нью-Йорк университетида «Паблик рилейшнз» кафедраси ташкил этилди. Рус тадқиқотчиси А.Чумиковнинг «Жамоатчилик билан алоқалар» асарида қайд этилишича, Э.Бернайз ўз фаолиятини шундай таърифлаган: «1919 йили дастлабки офисимни очганимда… «Паблик Рилейшнз маслаҳатчиси»ни тайинладим. У мижозлар фикрини тинглаб, жамоатчилик билан алоқаларни ривожлантириш йўлида хизмат қила бошлади»16. Шу тариқа назариётчилар PRнинг янги-янги қирраларини тадқиқ қила бошладилар.

1924 йилда швейцариялик таниқли психолог Карл Юнгнинг «Психологик турлар» китоби нашр этилди. Умуман, бу олимнинг асарлари жамоатчиликдаги турли гуруҳлар психологияси хусусиятлари, уллардаги фикрнинг шаклланиш жиҳатларини ўрганишга катта таъсир этган.

XX асрнинг биринчи чорагидан бошлаб АҚШ, Англияда PRга оид қатор китоблар нашр этилди. Уларда жамоатчилик билан алоқаларнинг назарий асослари янада чуқурроқ ифодалаб берилган.

Собиқ мустабид тузум даврида ҳукумат демократияни таъминлашга хизмат қиладиган PRдан ўз мақсадлари йўлидагина кенг фойдаланишса-да оммавий тусда у олий ўқув юртларида ўқитилмас эди. Шул боис, у фан сифатида тадқиқ этилмасди. Профессор Нарзулла Жўраевнинг қуйидаги фикрлари ўринлидир: «СССР таркибида туриб ҳеч қандай миллий равнақ, маънавий тараққиёт хусусида гапириб бўлмас эди. Чунки ёвузлик ва зўравонлик асосига қурилган бу давлат бундай интилишларга асло йўл бермас эди»17. PRни тан олмаган ва жамоатчилик фикри билан ҳисоблашмаган комфирқа кўп нарса ютқазди. Муаллиф америкалик адиба Эйн Реднинг қуйидаги фикрини келтиради: «Инсонни фикрсиз қулга айлантирган ёки унинг меҳнати самарасини тортиб оладиган, эркин тафаккур қилишдан маҳрум этадиган ёки ақлга зид ҳаракатларга ундайдиган жамият, мавжуд қонунлари билан инсоннинг табиий талаб-эҳтиёжлари ўртасида қарама-қаршилик келтириб чиқарадиган жамият аслида жамият деб аталишига ҳам арзимайди. У – жиноятчилар тўдаси ёки оломондир»18.

Собиқ мустабид тузум даври мафкураси тўғрисида бу каби жуда кўп танқидий фикрлар ёзилди. Шу йўсинда жамоатчилик фикрига мутлақо қулоқ солмаслик ва уни тан олмаслик ҳаракатлари тўғри танқид қилинди. «Империялар миллий онгнинг уйғонишидан ўт-сув балосидан қўрққан каби қўрққанлар,– деб ёзади адабиётшунос Иброҳим Ғафуров «Миллатнинг биллурланиши» мақоласида.– Халқнинг умум ишини ўзи бир ёқадан бош чиқариб қилишга қодирлик касб этиши – унинг миллат бўлганлиги белгиси ва кўрсаткичидир»19. Бу фикр замирида ҳам кишиларнинг ўзаро фикр алмашуви асносида «бир ёқадан бош чиқариши» ғояси зуҳур этилмоқда.

Юртимиз мустақилликка эришганидан буён давлат бошқаруви тизимида жамоатчилик билан алоқалар амалда ўз самарасии кўрсатмоқда. Буни ҳар бир етакчи ташкилот ва муассасанинг матбуот хизмати фаолияти мисолида ҳам кўриш мумкин. Жамоатчилик фикрини ўрганиш баробарида жамоатчиликда фикр уйғотиш, жамоатчилик фикрини шакллантириш муҳим ўрин тутади. Бу ҳол демократик ўзгаришлар янада чуқурлашаётган жамиятимизда ҳаёт воқелигига айланиб бормоқда.

 

3-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар (PR) функциялари

Жамоатчилик фикрини ўрганиш – у билан алоқаларда муҳим мезон ҳисобланади. Функция деганда амалиётда кўпроқ бу фаолиятни бажарадиган вазифалар назарда тутилади. В. Королько таърифлашича, жамоатчилик билан алоқалар умуман олганда 3 та асосий функцияни бажаради:

  1. Жамоатчиликнинг фикрини ўрганиш ва уни кузатиш. PR орқали жамоатчиликнинг фикрини ўрганиш ва фақат шу йўл билан унга самарали таъсир кўрсатиш мумкин. Агар жамоатчилик фикри ўз вақтида ўрганилмаса, унда ижобий мақсадга эришилмайди.
  2. Жамоатчилик ҳаракатини кузатиш. Демак, жамоатчиликнинг нафақат фикрини ўрганиш, балки, ҳаракатини ҳам кузатиб бориш муҳимдир. Пиармен жамоатчиликнинг у ёки бу ҳаракатларида ўзини қандай тутади, шуни аниқлаб олиши керак. Янги вазиятлар вужудга келган сари, ижтимоий кайфиятлар ўзгарган сари жамоатчилик ўзини қандай тутмоқда, пиарменнинг фикрича қай томонга ўзгармоқда, шуни олдиндан билиши тақозо этилади. Аниқлик пиар ходими фаолиятида муҳим ўрин тутади.
  3. Ташкилот билан жамоатчилик ўртасида икки томонлама манфаатни таъминлаш. Бир томонлама эмас, икки томонлама манфаатни таъминлаб, шунинг натижасида жамоатчилик билан ҳамкорликни равнақ топтириш лозим. Бунда ҳамкорликнинг икки томонлама фойдаси бўлади20.

Мана шу учта асосий функция жамоатчилик билан алоқаларни тобора мустаҳкамлаб боришда пиармен учун жуда зарур.

PR функцияси жамият ижтимоий институти сифатида ёрқинроқ кўринади. Ҳиндистон давлатининг собиқ раҳбари Индира Ганди PRни «демократиянинг ёғи» деб атаган.

PR ҳокимият органлари ва халқ, аҳоли ва бизнес, ишлаб чиқарувчилар ва истеъмолчилар, шахслар ва ижтимоий гуруҳлар ўртасида алоқа ўрнатади.

Амалда PR демократия равнақ топган мамлакатлардагина ривожланади. Айни вақтда у демократияни ривожлантиришга ҳам хизмат қилади. Бугунги кунга келиб эса пиар дунёвий фан сифатида кенг қулоч ёйяётгани боиси ҳам шунда. PR – моҳиятан дунёвий фан сифатида бизнинг ҳам илмий-маънавий хазинамизни бойитишга, ташкилотларнинг жамоатчилик билан алоқаларини йўлга қўйишга хизмат қилади.

 

4-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар (PR)нинг асосий мақсади ва бош вазифаси

PR омма фикрининг бир йўналишдаги шакли эмас. Унинг мазмуни, шакли, мақсад ва вазифалари аниқ. PR руҳидаги бошқариш билан кўп асрлардан буён бошқа соҳалар ҳам шуғулланиб келади.

Ошкоралик, ҳақиқат, самимийлик бўлган жойдагина PR мулоқотга ва ўзаро ишончга эришиши мумкин. PR – давлат ташкилотлари, қонун чиқарувчи ҳамда ижро ҳокимиятлари ва жамоатчилик ўртасида алоқа ўрнатишга ёрдам беради. Инглиз олими Сэм Блэк таъбири билан айтганда: «Паблик Рилейшнз – аниқ, ҳаққоний ахборотларга асосланган, ўзаро бир-бирини тушуниш тўғрисидаги фан ва санъатдир»21.

Назариётчи В.Корольконинг шундай ёзган: «PRни хўжакўрсинга ташкил қилмаслик керак. Ҳар қандай йўл билан ўзларига яхши шароит яратиш учун халқни алдаш ва омма ишончини суистеъмол қилиш нохуш оқибатларга олиб келади. Жамиятни қандайдир маълум бир муддат давомида алдаш мумкин. Бирон-бир қисминигина узоқроқ алдаб юриш мумкин. Бутун жамиятни ҳар доим алдаб юриш эса ҳали ҳеч кимга насиб қилмаган»22. Амалий жиҳатдан олиб қаралганда, қайсики соҳада бўлмасин омма ишончини суиистеъмол қилиш қандай салбий оқибатларга олиб келгани сир эмас.

Е.Пашенцев фикрича: «Паблик рилейшнз – ташкилот ва жамоатчилик ўртасидаги ўзаро ҳурматга асосланган муносабат, бир-бирини англашга хизмат қиладиган муттасил ҳаракатдир»23. Бу фикрлар хилма-хиллиги PRнинг қамрови нақадар кенглигидан далолат беради.

Ҳар бир фаннинг аввало мақсад ва вазифаларини ўрганиш талаб этилади. PRнинг асосий мақсади – жамоатчилик билан алоқаларни йўлга қўйиш бўлса, бош вазифаси – ахборот ёрдамида омма фикрини бошқаришдир. У ташкилотлар ва жамоатчилик ўртасида алоқа ўрнатади. Бундай алоқа фикр алмашиш, ахборот олиш ва тарқатиш, ўзаро муносабатларни мустаҳкамлаш билан изоҳланади. Ҳар бир ташкилот ва муассаса фаолияти халқнинг сиёсий, иқтисодий, маърифий ҳамда маданий ҳаётини яхшилашга қаратилган бўлиши шарт. Шу ўринда ҳам PR ўзига хос тафаккур майдонини вужудга келтирган ҳолда самарали натижаларга эришишга хизмат қилади.

Жамоатчилик билан алоқаларнинг муҳим шартларидан бири – икки томонлама фикр эшитиш. Фикр бир тарафдангина айтилса, у моҳиятан – бирёқлама, қолаверса, тарғибот бўлиб қолади. PR амалиётида ташкилот вакилларининг жамоатчилик фикрини тинглаб, хулоса чиқариши муҳим ўрин тутади. Бу, кўпдан кўп фикр чиқади, деган нақлга мосдир.

Жамоатчилик билан алоқалар узоқ ва бой тарихга эга. Уларнинг ижтимоий соҳа сифатида шаклланишида Шарқ мамлакатлари ҳам муҳим ҳисса қўшган.

XVII-XX асрларда Ғарбнинг кескин ривожланиши кўпгина янги фанлар қарор топишига асос бўлди. Ўша фанлардан бири – жамоатчилик билан алоқалардир. Энг аввало, АҚШда мазкур соҳанинг назарий ва ахлоқий асослари шаклланди.

Ташкилот ва журналистларнинг жамоатчилик билан муносабатлари, фикр алмашишлар жараёнида назарий асосларга ва одоб-ахлоқ меъёрлари PR талабларига мос равишда амалга ошиши ушбу амалиётнинг дунё миқёсида кенг тарқалишига, жумладан, Ўзбекистонда ҳам равнақ топишига ёрдам беради.

Сайловлар жараёнини ОАВда ёритиш технологияларини илмий жиҳатдан таҳлил қилиш ва ўзлаштириш Ўзбекистон шароитида алоҳида эътиборга эга. Бунда ОАВ ва сиёсий партиялар вакиллари оқ ва қора PR тўғрисида ҳам тасаввурга эга бўлиши мақсадга мувофиқдир24.

PR давлат ва жамият, ишлаб чиқарувчилар ва истеъмолчилар ўртасида алоқа ўрнатади. Бу алоқа – фикр алмашиш, ахборот олиш ва тарқатиш, муносабатларни мустаҳкамлаш билан изоҳланади.

Тараққийпарвар мамлакатларда ҳукумат, нодавлат ташкилотларининг фаолиятлари жамоатчилик билан алоқалар асосида ташкил этилади. Испан файласуфи ва публицисти Ортега Гассет ёзганидек, «Дунёни жамоатчилик фикри бошқаради»25. Юртимизда ҳам аксарият вазирлик ва ташкилотларнинг фаолиятлари жамоатчилик билан алоқалар асосида ташкил этилмоқда. Бугунги кунда жамоатчилик билан алоқалар масаласи ижтимоий воқеликка айланди.

PR жамиятда ташкилотларнинг жамоатчилик билан алоқаларини йўлга қўйишга хизмат қилади. Сэм Блэк ёзганидек у қуйидаги ўнта асосий мақсадга йўналтирилган26. Яъни:

  1. Жамоатчилик фикри;
  2. Жамоатчилик муносабатлари;
  3. Ҳукуматлараро алоқалар;
  4. Ижтимоий ҳаёт;
  5. Саноат соҳасидаги муносабатлар;
  6. Молиявий алоқалар;
  7. Халқаро алоқалар;
  8. Истеъмолчилар билан муносабатлар;
  9. Статистика ва тадқиқот;
  10. Оммавий ахборот воситалари.

Иккинчи жаҳон урушидан сўнг ижтимоий институт сифатида майдонга чиққан PR халқаро миқёсда ўрин тутарди. 1974 йили пиар халқаро ижтимоий институт сифатида тан олинди, бу пайтда ЕPRА – Европа паблик рилейшнз ассоциацияси БМТ таркибидаги иқтисодий ва ижтимоий кенгашнинг маслаҳатчи органи сифатида қайд қилинган.

Франция ва Германия мутахассислари америкача пиар услубини тўғридан-тўғри миллий тармоғига кўчириш мумкин эмаслигини тушундилар. Француз ва немисни америкалик қилиб бўлмаганидек, буни ҳам қилиш мумкин эмас.

PR кўп жиҳатдан маҳаллий менталитет ва миллат руҳидан туғилган. Шул боис Европа давлатларида пиар ҳар бир жамиятнинг миллий характерига монанд равишда шакллана борди.

Қатор давлатларда биринчи раҳбарларнинг матбуот бўйича муовинлари, матбуот хизмати раҳбарлари, ҳеч бўлмаганда матбуот агентлари ва котиблари лавозимлари ташкил қилинди. Энг эътиборга молик томони шундаки, биринчи жамият билан алоқалар марказлари АҚШ, Франция ва Буюк Британия давлат органларида ташкил этилди.

Мутахассисларнинг аксарияти 1914 йилда биринчи жаҳон урушининг бошланиши турли давлатлар ҳукуматининг пиарлари кескин ўсиши учун рағбатлантирувчи омил бўлган, чунки уларнинг олдида бошланган жанговар ҳаракатларга нисбатан ўз мамлакатининг тутган ўрнини халқига ва жаҳон жамоатчилигига баён қилиш вазифаси турган эди, деган фикрга келган. Ўша даврдаги «АҚШ Президенти Вудро Вильсон журналист дўсти Жорж Крилнинг маслаҳати билан жамоатчиликни хабардор қилиш учун махсус Қўмита тузган. Мазкур Қўмита мамлакатда ва чет элда пиарни ривожлантиришда катта аҳамиятга эга бўлган»27.

1920 йилда Нью-Йоркда Буюк Британияда содир бўлаётган воқеалар билан америкаликларни таништириш мақсадида Британия кутубхонасига асос солинган эди. Улар ҳақидаги коммуникация ва назариялар биргаликда бошқа илмлар ҳам ривожланган, бу эса уларни ўзаро бойитган.

1926 йилда Буюк Британияда ўз фаолиятида пиар услубиётидан фаол равишда фойдаланган савдо бўйича Қироллик бошқармаси тузилди.

1932 йилда шу мамлакатда Вазир ўринбосари қошида Жамоатчилик билан алоқалар бўйича хизмат раҳбарининг лавозими таъсис этилган эди. Зеро, «Пиар хизматларининг раҳбарлари тингловчиларга таъсир этиш соҳа ва усулларини кенгайтиришни афзал кўрар эдилар»28 ҳамда ушбу мақсадлар учун стандард бўлмаган усуллардан ҳам фойдаланганлар.

Замонавий пиар ватани – АҚШдир. Пиар фаолиятини у ердан Ғарбий Европа урушдан кейин ўзлаштириб олган. «Лекин бу тўғридан-тўғри нусха кўчириш эмас эди. Иш усуллари ва шаклларининг ўхшаш тавсифида ҳар бир мамлакатда пиар ўзининг миллий руҳи ва хусусиятлари билан бойитилар эди»29 Бу табиий жараёндир. Ижтимоий ҳаётдаги ҳар қандай янгилик турли давлатда ўзига хос тарзда акс этади.

XX-аср ўрталарида Ернинг биринчи сунъий йўлдоши коинотга чиқиши асос бўлган ахборий давр ўз фаолиятини бошлади. Кўп ўтмай америкалик мутахассислар компьютер тармоғини ишлаб чиқдилар. Бу тармоқ тезкорлик билан ривожлана бошлади. Ўша даврда «алоқа воситаларининг янги шакллари ва турлари пиар хизматлари фаолиятида ҳам ўз ифодасини топа бошлаган эди»30.

XX аср сўнгги чорагида PR ривожланган мамлакатларда равнақ топган фаолият соҳаси бўлиб қолди. Маълумки, бу даврда «пиарнинг янги турлари, шакл ва усуллари узвий равишда пайдо бўла бошлади, пиарменларнинг кундалик фаолиятига жалб этилмаган иқтисодиёт, сиёсат ва маданият соҳалари камайиб борар эди»31.

Бугунги кунга келиб PR жаҳон узра кенг қулоч ёймоқда. Унинг ибратомуз қирралари, бу соҳадаги илғор тажрибалар Ўзбекистон олий ўқув юртларида ҳам пухта ўрганилмоқда.

________________________

  1. Муминов Ф. Паблик рилейшнз: история и теория. Т.: Ижод дунёси, 2004, 32-б.
  2. Berneys E. L. The Later Years. Public Relations Insights 1956-1986.-Rhinebeck: Free Press, 1986.-P.12.
  3. Арзиев Ф. Паблик рилейшнз – ахборот ортидаги манфаат. //Халқ сўзи, 2003, 4 ноябрь.
  4. Қаранг: Миллий тикланиш, 1997, 2 декабрь.
  5. 5. Педагогика тарихи. А.Зуннунов, М.Хайруллаев ва бошқалар. Т.: Шарқ, 2000, 175-б.

6 Низомулмулк. Сиёсатнома ёки сияр ул-мулук. Т.: Адолат, 1997 й. 77 б.

7.Комилов Н. Вазир қандай бўлиши керак? //Раҳбар ва ходим. –Т.: Академия, 1998, 58 б.

  1. 8. Ғаффоров Н. Жамоатчилик билан ишлаш – Паблик рилейшнз. Т.: Зар қалам, 2004, 6-б.
  2. 9. Муминов Ф. Паблик рилейшнз: история и теория. 38-39-б.
  3. 10. Блэк С. Введение в паблик рилейшнз. Ростов-на-Дону, 1998. 65-б.

11 Муминов Ф. Паблик рилейшнз: история и теория. 40-б.

12 Блэк С. Введение в паблик рилейшнз. 5-б.

  1. Сэм Блэк. Введение в Паблик рилейшнз. Ростов-на-Дону «Феникс», стр-286.
  2. Мўминов Ф.А. Паблик рилейшнз: история и теория. Т., 2003 г. Стр –37.
  3. Чумиков А.Н. Паблик рилейшнз Стр –37.

16 Чумиков А. Связи с обшественностью. 20-б.

  1. Жўраев Н. Тафаккурдаги эврилиш. Т.: Шарқ, 2001. 41-б.
  2. Жўраев Н. Тафаккурдаги эврилиш. Т.: Шарқ, 2001. 41-б.
  3. 19. Ғафуров И. Миллатнинг биллурланиши. //Халқ сўзи, 1995, 5-январь.

20 Королько В.Г. Основы паблик рилейшнз. 11-12-б.

21 Блэк С. Введение в паблик рилейшнз. Ростов-на-Дону, 1998, 10-б.

22 Королько В.Г. Основы паблик рилейшнз. 11-12-б.

23 Пашенцев Е.Н. Паблик рилейшнз: от бизнеса до политики. М.: Дело, 2000. 5-б.

24.Қаранг: Шукуров Б. Оқ ва қора ранглар. (Мўминов Ф. б-н суҳбат) //Ўзбекистон овози, 2004. 4 ноябрь.

  1. Энциклопедический словарь. М.: Советская энциклопедия, 1987, 940-б.
  2. Сэм Блэк. Введение в Паблик Рилейшнз. С. Достов на-Дону, 1998 год. 6-бет.
  3. Сэм Блэк. Введение в Паблик рилейшнз. Ростов-на-Дону «Феникс», стр-286.
  4. 28. Мўминов Ф.А. Паблик рилейшнз: история и теория. Т., 2003 г. Стр –37.
  5. 29. Сэм Блэк. Введение в Паблик рилейшнз. Ростов-на-Дону, «Феникс», 1998 г.
  6. Мўминов Ф.А. Паблик рилейшнз: история и теория. Т., 2003 г. Стр –38.
  7. 31. Чумиков А.Н. Паблик рилейшнз Стр –37.

ж5

You may also like...

93 Responses

  1. Fan haqida tushunchaga ega bo’ldim.

  2. PR tarixi haqidagi ushbu ma’lumotlarni oldin eshitmagandim men uchun juda qiziqarli ma’lumotlar bo’ldi. Ayniqsa Suqrot haqidagi manbaani oldin eshitmagandim. Yevropa bilan birgalikda Sharqda ham bu sohani rivojlanganligi haqidagi misollar juda qiziqarli berilibdi va bu manbaalarni qaysi kitoblardan olganingizni bilmoqchi edim?

    • Ўша маълумот олинган манба сноска билан кўрсатилган. (Яъни, 5. Pedagogika tarixi. A.Zunnunov, M.Xayrullayev va boshqalar. T.: Sharq, 2000, 175-b.) Талабаларга ўша сноскада берилган адабиётларни тўлиқ ўқиб чиқишлари тавсия этилади.

  3. Ustoz piarning kelib chiqishini oʻrgandik.Piar bn buyuk davlatlar foydalanib kelishmoqda.Xulosa qilib shuni aytish lozimki faqat davlatlar emas balki insonlarga ham piar suv va havodek zarur ekan.

    • Сиз ёзишингиз шарт бўлган мақоланинг «масаллиғи»ни топибсиз! Шу мавзуда шундай мақола ёзингки, ўзбекнинг Айви Лисига айланиб қолинг!

  4. Amerika davlatining nega bunchalik tez rivojlanish sababi piarga chanbarchas bogʻliq ekan.

  5. Shu oʻrinda bitta savol tugʻiladi. Bu fan biz uchun shunchalik muhim ekan. Nega maktab,kollej darsliklariga kiritilib yoshlikdan bizga oʻqitilmaydi?

    • Тилло гап! Келгусида бу фанни мактаб ўқув дастурларига Сизлар олиб кирасизлар, деган умиддаман. Мактабга мос дарсликлар ёзишимиз керак. Бу ишда Сиздан ташаббуслар кутиб қоламиз.

    • Яхши гоя… факат дарсликларни болалар ёшига мос килиб, мисолларни хам ёш доирасида келтириб, исталган фан доирасида тадбик килса болади.. PR нафакат фан балки, «тайёр кулланма» десак хам кайсидир маънода тогри болади (албатта бу шахсий фикрим)

      • Фикрингизга юз фоиз қўшиламан. Бу фан юқори синфларда «Жамиятшунослик» фани қаторида ўқитилиши керак.
        Битта жузъий камчиликни тузатинг: «болади», «тогри», «болади» сўзларини — «бўлади», «тўғри», «бўлади» деб ёзиш керак. Мабодо «ў» ҳарфи топилмаса, ўрнига «у»ни ёзиб туриш тўририроқ бўлади.

  6. Роберт Никсон PR тўғрисда ўз фикрини билдираркан шундай дейди: «Ахборотлаштириш ва жамоатчилик билан ишлашга сарфланган бир доллар харбий ҳаражатларга сарфланган ўн доллардан қимматлироқдир».

  7. Shermuxsin Otaboyev:

    Rostini aytsam, «Piar» haqida yetarli tushunchaga ega emas edim. Ushbu darsliklarni o’qiganimdan keyin, fanga bo’lgan qiziqishlarim kundan-kunga ortib boryapti.

  8. Albatta ustoz bu borada jiddiy harakat qilaman

  9. Shermuxsin Otaboyev:

    Davlatimiz taraqqiyotida Piarning o’rni beqiyos.

  10. Ustoz, ma’ruzlaringizni ko’zdan kechirganimda shunchaki fan haqida tasavvurga ega bo’lgan edim. Hozir qaytadan o’qib chiqib, uning chuqur mohiyatini tushunayotgandekman.

  11. Hamda bugungi darsdagi ma’ruzangiz ham uni tub mohiyatini tushunishimga sabab bo’ldi.

  12. Oʻzim sud, huquq sohasiga qiziqaman. Boshida bu fanga ochigʻi uncha qiziqmadm, xurmatli ustozim Toʻlqin Eshbek shunday bir yoʻlni tutdilarki hattoki, men kabi talabalar ham beixtiyor qiziqa boshladik. Qanday qilib deysizmi? Har bir gaplarini Metodologik, huquqiy hamda nazariy asosi bilan gapirib nihoyalaydilar. Bu esa har qanday ustozning ham qoʻlidan kelavermaydi. Fanning menga eng yoqgan jihati ertangi kundagi taraqqiyotimizga katta ta’sir koʻrsatadigan maqsadi boʻldi. Zero, qaysi kasb egasi boʻlishimizdan qat’iy nazar jamoatchilik fikri biz uchun muhim. Shundagina taraqqiyotning choʻqqisiga chiqa olamiz.

    • Shoxista! Истасангиз сизни sud, huquq sohasi Ахборот хизматига амалиётга юборамиз. Келгусида шу соҳада ишлаб кетсангиз ҳам зўр иш бўларди. Дарсда ёдимга солсангиз, шу йўналишда барча талабаларга тавсияларимизни айтаман.

  13. Assalomu aleykum domla, avvalambor uzr so’rayman. Aslida o’zidan kattalarning xato va kamchiliklarini topish yaxshi emas, shunday bo’lsa-da men sizning 1-mavzudagi 5-6-xatboshilarida yozgan gaplaringiz orasidagi xatolar va kamchiliklarni ko’rib qoldim va ularni sizga yetkazishni to’g’ri deb bildim. Bular: Oradan bir asr vaqt o‘tib, alohida fan sifatida voqelikka aylan PR tarixi o‘sha davrdagi hodisalardan kelib chiqadi.
    Bu jumalada «voqelikka aylan» degan so’zingizda taxminimcha «aylangan» degan so’z bo’lishi kerak edi.

    AQShning o‘sha davrdagi prezidentlari hukumat bilan xalq o‘rtasida mustahkam va ishonchli aloqalar o‘rnatishni yangi davlat ravnaq topishi asosiy omili sifatida qabul qildilar.
    Bu yerda esa jumladagi so’zlarni bir-biriga bog’lab o’qish uchun «ishonchli aloqalar o’rnatishni yangi davlat ravnaq topishi asosiy omili» jumlasini ko’proq «ishonchli aloqalar o’rnatishini yangi davlat ravnaq topishining asosiy omili» deb o’qishga qulay deb hisoblayman.

    • Гулруҳ! Сиздан ҳақиқий бош муҳаррир ҳамда таҳрир ва услубиёт йўналишида етук олима чиқишига умид қилсак бўларкан, деган хулосага келдим. Жузъий хатолар тузатилди.

  14. Albatta, ustoz juda yaxshi ish boʻlar edi.

  15. Avvalombor Assalomu aleykum ustoz! Men sizning ilk ma’ruzangizni tinglab, o’zimda qoniqish his qilmagan edim.Buning sababi, hayotda o’z o’rnini topgan insonlarning umr yo’llari meni qiziqtiradi. Har kim ham tarixning zar varaqlariga be sabab muhrlanib qolmaydi. Piarning otasi deya tan olingan Ayvi Li hayotini o’rganar ekanman ,u Sidartaun, Jorjiyada ruhoniylar oilasida tug’ilgan ekan. Uning shu darajaga yetishishidagi asosiy omil bu — qoniqmaslik. Inson qilayotgan ishi, yuritayotgan faoliyatidan va o’z hayotidan qachonki qoniqish sezsa u o’z qobig’ida qotib qoladi.Uning » Xayotning oxiri uchun tayyorlanishning eng yaxshi yo’li — boshqalar uchun yashashdir! » nomli shiori mening yon daftarimdan joy oldi. Uning Rokfellerga aytgan ushbu so’zlari , ya’ni » Jamoatchilikning ishonchini qayta tiklash uchun, undan o’zingizni to’sib qo’ymaslik, muammolarni yashirmaslik va ommaviy axborot vositalaridan yashirmaslik kerak» ekanligini ta’kidlash orqali uni yuksaklarga olib chiqdi. Insonlar ko’z o’ngidagi salbiy qiyofa kashf etgan shaxs , tamomila o’zgarib najotkor farishtaga aylandi. Buning isbotini The New York Times gazetasidagi : » Amerikaning ulug’vor moliyaviy keksa odamiga bag’ishlangan» hikoya orqali yaqqol ko’rishimiz mumkin. Bu so’zlarim orqali nima demoqchiman, men piar mutaxassisi bo’lmasman ammo yuqori cho’qqilarga erishuvchi , insoniylikni targ’ib etuvchi va eng muhimi to’g’ri fikrlovchi shaxs bo’lib yetishishimda Ayvi Li menga saboq berdi. Buning sababchisi esa mening ustozim — To’lqin Eshbekdir !

    • Умидахон! Шу ёзганларингизни бироз бойитсангиз, муҳими, ўзимизнинг жамият ҳаётига пайваста қилиб ёзсангиз яхшигина, сермазмун мақола бўлади. Фақат, тўхтаб қолманг.

  16. Sitora:

    Assalomu alaykum, 1-ma’ruzani o’qib chiqib, PR haqidagi dastlabki ma’lumotga ega bo’ldim. Ammo men ushbu ma’ruzada keltirib o’tilgan mutaxassislarning fikriga qo’shilmayman, ya’ni zamonaviy PR amaliy jihatdan jurnalistika zaminida paydo bo’lmagan. To’g’ri, jurnalistika bilan PR bir-biriga yaqin soha. Lekin ikkisi o’z funksiyalari bilan ajralib turadi hamda kelib chiqish tarixi bilan ham farq qiladi.
    1-ma’ruzadagi 3-xatboshidagi “Public Relations” ingliz atamasi noto’g’ri yozilib ketgan ekan.

  17. Правда: Нужный человек
    Позже Рокфеллер-сын назовет трагедию в Колорадо одним из самых важных рубежей в истории семьи. Стало ясно, что подход к организации труда нужно реформировать. Рокфеллеры пригласили известного специалиста по трудовым отношениям Маккензи Кинга (будущего премьер-министра Канады). По его совету они составили план улучшения жизни шахтеров, который предполагалось принять по итогам голосования рабочих.

    Убежище в Ладлоу, где из-за пожара погибли женщины и дети
    Столь же важно было «отмыть» репутацию компании и клана, ведь Рокфеллеры стали самой ненавидимой американской семьей. Развенчивалась даже их благотворительная деятельность. «Вспомните Ладлоу! Вспомните мужчин, женщин и детей, которые были принесены в жертву, чтобы Дж. Рокфеллер — младший мог продолжать свою возвышенную карьеру благодетеля и филантропа, доброго христианина», — писали в прессе. И семья обратилась за помощью к представителю новой профессии — пиар-специалисту Айви Ли.

    Айви Ли в 1920 году
    Бывший журналист, Ли основал в 1904 году одну из первых в стране компаний по связям с общественностью, в 1906-м написал декларацию принципов работы пиарщика и первый в истории пресс-релиз.

    «Полагаю, что моего отца и меня в высшей степени неверно поняли пресса и народ. Хотелось бы знать, как вы посоветуете разъяснить нашу позицию», — обратился Джон-младший к Айви Ли, когда они впервые встретились. Стоит ли заказывать материалы в защиту семьи газетчикам? Обычная практика для того времени, но Ли отверг эту идею: проплаченные статьи будет видно сразу, и кто им поверит? Чтобы вернуть доверие общественности, нужно не отгораживаться от нее, не замалчивать проблемы и не прятаться от СМИ. Люди требуют правды — так нужно дать ее им, причем из первых рук и в большом количестве. Пусть информационное пространство заполнит истина в таких ракурсах, какие выгодны руководству Colorado Fuel and Iron. Совет Рокфеллеру понравился.

    Спасение: С главного входа
    Поездив по Колорадо, Ли изучил ситуацию. Он стал рассылать по стране пресс-релизы для СМИ, информационные бюллетени о забастовке, попадавшие к чиновникам, редакторам, учителям, проповедникам, в университетские библиотеки. Точки зрения, приводившиеся в них, представляли конфликт в Колорадо результатом проплаченной агитации профсоюзов, а пожар в Ладлоу — несчастным случаем (на обвинения в искажении фактов Ли отвечал, что так его информировали разные люди). Ли публиковал открытые письма и речи руководства компании, сообщал о планируемых реформах в буклетах, листовках, на плакатах — его информация должна была попасть в каждый дом. Обеспечил и обратную связь: нанял человека, который отслеживал все публикации в прессе о Рокфеллерах и забастовке в Колорадо и отправлял вырезки ему, а также убедил босса принять меры, чтобы начали соблюдать право рабочих напрямую подавать жалобы высшему руководству.

    Джон Д. Рокфеллер — младший играет в теннис на крыше
    В 1915 году состоялись слушания, на которых перед Комиссией по производственным отношениям, сформированной из рабочих, промышленников и представителей общественности, Рокфеллер-младший должен был давать ответ по поводу забастовок в Колорадо. Опасаясь демонстрантов и репортеров, один из советников магната настаивал, чтобы тот шел на слушания через заднюю дверь. Ли немедленно возразил: «Время философии черного хода ушло. Господин Рокфеллер войдет в ту же дверь, что и все остальные». Проинструктированный Ли ответчик сумел обратить прежние промахи себе на пользу. Он признавал справедливыми обвинения в том, что поначалу самоустранился от проблем в Колорадо, а из этого следовало, что напрямую к репрессивным мерам магнат непричастен. Однако теперь, когда он в курсе ситуации, Джон Дэвисон первым из промышленников пойдет навстречу рабочим.

    Рокфеллер-младший пригласил профсоюзных деятелей к себе в офис, и Айви Ли позвал туда репортеров. 78-летняя активистка Матушка Джонс, просидевшая несколько месяцев в тюрьме за агитацию в Колорадо, призналась гостеприимному магнату, что представляла его. Bu John Davison Rokfeller,ya’ni kichik o’g’li sababchi ekan. [Тураев Д.О]

  18. Rahmat domla, lekin hali oxirigacha o’qib ulgurmadim, oxirigacha o’qib chiqaman bugun kechgacha.

  19. Farovonlikni ko’zlagan har bir davlat o’z xalqining muammolari , dard-tashvishlari, orzu-istaklariga quloq tutishi va ularni hal etish o’ta muhimdir. Zero, xalq -davlat manbayi. Agar xalq bo’lmasa, davlat qanchalik qudratli bo’lmasin , bundan ne naf. O’z navbatida davlat ham muhim istiqbolli rejalari xususida o’z xalqi bilan kengashib turishi lozim. Bugungi kunda jamoatchilik bilan aloqalar (PR) davlatimiz siyosatida yangi bir platformaga ko’tarilganligi quvonarli.
    Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
    Quchoq ochib xalq ichiga boraylik,- deganida Cho’lpon naqadar haq edi. Bu jo’shqin fikr zamirida muloqot va maslahat qilishning afzalligi xususida so’z yuritiladi. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida Boyo’g’li tilidan aytilgan quyidagi baytga e’tibor bering:
    «Dar hama kor mashvarat boyad,
    Kori bemashvarat nako’ noyad»
    Ya’ni , har bir ishda maslahat lozim, maslahatsiz ish yaxshi emas. PR ning maqsadi va mazmuni ham shu aslida!

  20. Ilhomjon fikringizga qoʻshilaman. Oʻzi aslida oʻylab qarasak xalq bilan, jamoatchilik bilan muloqot zamirida ham maslahatlashish yotadi albatta. Biz aynan shu maqsadda jamiyat bilan muloqotga kirishamiz. Bajarayotgan ishimiz shu asosda muvaffaqiyatli boʻladi nazarimda.

  21. Assalomu alaykum ustoz. Avvalambor biz uchun mana shu fanni (PR) darslik sifatida kiritilgani bitta yutuq deb o’ylayman. Chunki bu fan nafaqat jurnalistlar uchun balki, keng jamoatchilik uchun ham xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan kursdoshim Tavobov Fozilni fikriga qo’shilaman. PR fani bizlar uchun maktab va kollejlarda o’qitilmadi lekin,kelajak avlod uchun buni kechiktirmasdan hozirdanoq darslik sifatida qo’llanilishi va maktab va kollej darajasiga mos o’quv qo’llanmalar tayyorlanishi kerak deb o’ylayman

  22. PR ning ilk boshlanish bosqichlari Amerikada emas, Oʻzbekistonda paydo boʻlganini bugun Toʻlqin Eshbek ustozimiz isbotlab berdilar.Xalq maqollarimiz, Amir Temur bobomiz bu narsalarni ancha oldin bilishgan ekan .
    Dona xalqimiz va bobolarimizga bu borada qoyil qolishimiz lozim.Biz yoshlar shu bobolarimizga mos avlod boʻlib PR fanini yanada yuksaklarga koʻtarmogʻimiz kerak.

  23. Ustoz sizdan biz ancha narsalar o’rganyapmiz kelajakda PR fanidan sizni izingizdan borib davomchilaringizga aylanamiz.

  24. Assalomu alaykum xurmatli sayt kuzatuvchilari.Ustoz To’lqin Eshbek aytgan gaplarini chuqurroq o’ylab ko’rdim.Albatta bu gaplar shunchaki aytilgani yo’q.(PR) jamoatchilik bilan aloqalar fani bizga kerak.Negaki,gapirgan odam emas,tinglagan odam dono deyishadiku!Xalqni eshitgan insonlar va rahbarlar yaratganning eng suygan bandalaridir.Ustozimiz ham bizga Xalqni sevishni o’rgatmoqdalar deb o’yladim.Bu fanga Amir Temur asos solgan bo’lsa,keyinchalik raxmatli prezidentimiz Islom Karimov davom ettirdilar.Va bu mo’tabar ishlarni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham davom ettirmoqdalar.Bu ishlarni inkosini «Xalq qabulxonalarda»ko’rishimiz mumkin.Men uchun bu fan orzu qilishni o’rgatadigan fan bo’ldi.Inson erishsa bo’ladigan kichik narsalarni yoki kichik ishlarni orzu qilmasligi kerak.Orzu shu qadar buyuk bo’lishi kerakki,deyarli umrning oxirigacha yetsin.Men bu fan orqali,insonlar bilan muloqat qurishni o’rganyapman.Inson bu dunyoda nimaga erishsa bilim yoki hurmat bilan erishadi.Pulga sotib olinadigan narsani esa qadri bo’lmaydi.Barcha maqsadga erish uchun kengashmoq zarur.Bularni hammasini bizga «(PR)Jamoatchilik bilan aloqalar fani o’rgatadi.O’quvchilardan adashgan joylarimiz uchun uzr so’raymiz.

  25. Muhabbat Ubaydova:

    Assalomu alaykum. Menga «Jamoatchilik bilan aloqalar fani tarixi va ta’rifi» mavzusidan e’tiborimni torta olgan va meni o’ylantirgan fikr quyidagicha keltirilgan: Nizomulmulk «Siyosatnoma» asarida shunday yozgan: «zarurat bo‘lmasa, oliy majlisdan hech nima yozilmaydi. Farmonning hurmati va kuch-quvvati shunday bo‘lishi kerakki, ijro etilmaguncha uni hech kim qo‘lidan qo‘ymasin». Hozirgi kundalik hayotimizda ushbu g’oyani ilgari sursak, insonlarning huquqiy ongini yanada oshirsak va chiqarilayotgan qaror, farmonlar qog’ozda qolib ketmay amal qilsa yaxshi bo’lardi. Shuningdek, ba’zi rahbarlar chiqarilayotgan qarorning asl mohiyatini anglamay, aholi bilan aloqa o’rnatmay kamchiliklarga yo’l qo’ymoqdalar. Masalan: » Shofirkon» tumanidagi yer mojarosini bunga misol qilib keltirish mumkin. Farmon bo’yicha foydalinmayotgan yerlarni aholini bir bor ogohlantirib, ikkinchi bor jarimaga tortib va uchinchisida olish ko’zda tutilgan. Ammo aholi yerlari hech qanday ogohlantirishsiz tortib olingan. Hozirda ushbu siyosat biroz to’xtatildi. Aholi noroziliklari kuchayib ketganligi bunga sabab bo’lsa, neajab.

  26. Assalomu alaykum ustoz! Ma’ruzalaringizni o’qib chiqib, PR faqat jurnalistlarga emas balki, insonlarga ham juda kerakligini angladim. PR- naq xazinaning o’zi ekan!

  27. PR to’g’risida maktablarda dars o’tilishini taklif sifatida berishipti! Bu fikrga bir tarafdan qo’shilaman lekin, Piarni mohiyatini biladigan odamlar kam sonni tashkil qiladi! Maktab o’quvchilarida notog’ri tushuncha shakllansa, uni to’g’irlash qiyin masala! Ular orasidan hammasi ham OTM kira olamaydi va bu piar haqida notog’ri tasavvur avloddan-avlodga o’tib boradi! Dastlabki olingan bilim, xotirada huddi yog’ochga o’yib yozilgan naqshdek! Shu sababli, Piar haqida dars u yon tursin, uni gapirishdan oldin mohiyatini tushuntira bilish muhim!!!! To’lqin Eshbek kabi ustozlarimiz ko’paysa, shunda natija ko’zlagan maqsadga yetaklaydi! Shunda, To’g’ri tasavvur hosil bo’lib, piar va rekalama haqida aniq ma’lumotlar olamiz! Piar darsi mening hayotimda yorqin xotiralarni qoldirmoqda!

    • Шу мўъжизакор фан бўйича курсларингдан кабида 10 нафар фан доктори, профессор етишиб чиқишидан умидворман. Мени хурсанд қилаётган ҳол шуки, 2-курсда ўқиётган талабаларнинг аксарияти одобли, билимга чанқоқ, интилувчан йигит-қизлар экан! Бу курсда одобсиз, бетайин, билимга нўноқ талабани усратмадим, учрамасин ҳам!

  28. Assalom-u alaykum,ustoz! 4-mavzudagi Sem Blekning fikrlari judayam yoqdi.Chunki PR haqidagi tushunchamizni boyitar ekan.Eng asosiysi,maqsadimizni belgilab berishimizda tayanch bo’lishiga shubham yo’q!!!

  29. Bugungi bergan vazifangiz bizga juda kerakliligi bilan kursdoshlarimga ham, menga ham yoqdi.

  30. Assalomu aleykom. Men ma’ruzalardan shuni tushunib yetdimki, PR bu faqatgina jamoatchilik bilan aloqalar va jamoatchilikni o’rganadigan fan emas ekan. Balki, jamoatchilikda fikr uyg’otish va uni shakllantirish kabi masalalarni ham o’z ichiga qamrab olganligi ham meni taajublantirdi desam mubolag’a bo’lmaydi.

  31. Assalomu alaykum ustoz. Bugungi 4-mavzu juda qiziqarli ekan. Yanada turli xil PR haqida turli xil ma’lumotga, tushuncha ega bo’layapman. Ammo ustoz bugun barcha ma’ruza matnlaringizni o’qib turib, bir hatoga ko’zim tushdi. Lotin alifbosidagi 1- ma’ruza matnningizda yillardan keyin «-«cha qo’yilmagan ekan. Menimcha lotin alifbosida yillardan keyin «-» cha qo’yiladi.Masalan: 1985-yil. Agar xato aytgan bo’lsam uzur.

  32. Biz o’zimiz uchun piarning asosiy vazifalari nimadan iborat ekanligini anglab oldik davrlar mobaynida har soxada pearning qo’lanilishi omadli qarshilanganligini ham isbotini eshitdik,shaxsan meni fikrim bugungi kunda jamoatchilik bilan aloqalar olib borilyapti lekin qaysidir nuqtalarda bu amalda bajarilmay qolyapti xalq bilan jamoatning, davlatning o’rtasida ishonchsizlik kelib chiqish xolatlari yuz berib qolyapti buni oldini olish kerak nazarimda, men pearning asosiy g’oyasi adolat va xaqoniylikda deb bilaman.

  33. Assalomu alaykom ustoz
    Sizning bilimlaringiz biz uchun judayan kerakli saboq bolib kelmoqda.
    PR haqidagi maqolangiz orqali ham ko’plab bilmagan yangiliklarimga ega bo’ldim.
    Bu un sizga rahmat.

  34. Ustoz uzur bu uchun demoqchi edim .
    Bundan keyin xatosiz yozishga harakat qilaman shoshilib yozib yuboribman.

  35. Men bugungi mavzudan PRning maqsadini vazifasini bilib oldim.

  36. Assalomu aleykum domla. 4-mavzuni o’tib berayotib The New York Times gazetasi haqida aytib bergan ma’lumotlaringiz men uchun juda foydali bo’ldi. Sizning ma’ruzalaringizdan har darsdan so’ng bir narsa olmay chiqishni imkoni yo’q.

  37. Assalomu aleykum ustoz va sayt foydalanuvchilari! Kecha bo’lib o’tgan ma’ruzangizdan shuni anglab yetdimki, piar bu- taqdim etish, eshita olish, idrok etish va mukammalik sari borish yo’lidir! Mening taklifim bor edi. Uning mazmuni shundan iboratki, ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida rektorimiz tomonidan xalq ta’lim vazirligining vakili ishtirokida suhbat o’tkazsak yaxshi bo’lar edi. Shundagina O’zbekiston Milliy Universitetida o’tayotgan umrimizdan rozi bo’lib ketar edik. Shu bilan birga kelajakda ish faoliyatimizda afsuslanmasdan, yetuk kadr bo’lganimizdan faxr tuyg’usi bilan faoliyat olib borar edik. Negaki bu oliy o’quv yurti. Keyingi qadamimiz katta hayot sari odimlaydi. Kecha sizga bildirilgan taklifim bo’yicha ham chora ko’rilsa ham maqsadga muvofiq bo’lar edi. Sababi biz jurnalist bo’la turib, o’z haqqimizni talab qilishdan ortga chekinsak hech qachon haqiqat tomon bormaymiz. Hech kim biz uchun kurashmaydi. Biz o’zimiz uchun harakat qilmog’imiz kerak va shart!

  38. Kechagi darsda bir fikr yuritildi. «Yaratgan va uning bandasi o’rtasidagi g’oyibona muloqot ham PR aslida»,- deya. Darhaqiqat, har bir musulmon Ollohdan najot so’raydi, gunohlariga mag’firat tilaydi, istig’for keltiradi. Kunning 5 paytida ibodatga hozirlangan banda o’z Tangrisiga yuzlanadi, g’oyibona muloqotga kirishadi. Ammo bu ilohiy jarayonni bugungi davrning nazariyasi bilan bog’lash qanchalik to’g’ri ekan. Modomiki, PR bu -jamoatchilik bilan aloqalar ekan, avvalo uning muhim bir sharti bor. Bunda ikki tomonlama fikr eshitish yuzaga chiqishi kerak. Fikr bir tomonlama bo’lsa, bu targ’ibot aylanadi. PR da esa ikki tomonning maqsadli kelishuvi , muhokamaga kirishuvi birdek muhimdir.
    Yaratgan va uning xilqati(yaratiluvchisi) o’rtasidagi g’oyibona muloqotda esa, muhokama va maslahatga aslo o’rin yo’q! Imon keltirgan va taqvodor inson borki, Ollohning Bir-u Borligiga , barcha sifatlarda kamchiliksiz, nuqsonsiz va mukammal ekanligiga ishonib , unga so’zsiz itoat etadi. Ollohning aytganiga so’zsiz itoat etadi. To’g’ri, inson Ollohdan najot so’raydi. Olloh so’raganlarning istagini qondiradimi , yo’qmi O’zi biladi. Bu O’zigagina ayon. Yuqoridagi fikr aytilganda , majozan muqoyasa qilingandir. Ammo, buni PRning nazariyasi bilan bog’lash va shu tarzda idrok etish kishining iymoniga zarar keltirmasin, degan niyatdaman. Vallohi a’lam!

    • Мавлоно, фикрларингиз гўзал мушоҳада билан бошланибди-ю, аммо охири «Ammo, buni PRning nazariyasi bilan bog’lash va shu tarzda idrok etish kishining iymoniga zarar keltirmasin, degan niyatdaman» деган нотўғри шубҳага уланибди. Эътибор берсангиз, кечаги фикрларимизни тўғри тушуниб тинглаганларнинг эътиқоди янада мустаҳкамланиши, диний қадриятларга онгли муносабатда бўлиши ва пиар фани нуқтаи назаридан ҳам ёндашишига ишонаман. Биз кенг жамоатчиликнинг эътиқодини қозонган диний қадриятлардан андоза олиш, одамларни сиёсий партияларга ва бошқа ташкилотларга ҳам худди шундай жалб этиш ниятида ўша фикрларни илгари сурдик. Бу янги мавзу сиздек ёш тадқиқотчиларини кутиб турибди!

  39. Ustoz! Biz mavzularni mushohada etishda Siz o’rgatgandek har tomonlama tafakkurimizni ishga solib, shaxsiy munosabatimizni ifodalashga harakat qilyapmiz. Bu ham albatta bugungi davrdagi tendensiyalarga , demografiyalarga faollik va zehn bilan boqish demakdir. «Agar sening aytmoqchi bo’lgan so’zing bo’lsa-yu , sen uni yaxshi bilsang, aytgin va o’tirgin»,- deydi Deyl Karnegi. Ammo bu fikr ham nisbiydir. Zero , «Oldiga kelganni yemoq- hayvon ishi, og’ziga kelganni
    demoq — nodon ishi. Kishi biror mavzuda so’z yuritmoqchimi , avval uni kuchli mushohada etishi lozim. Insha Olloh, bizga ana shunday zakiyta’blik nasib etsin. Bu yo’lda barchamizni O’zi qo’llasin!

  40. 1-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар фани тарихи ва таърифи
    ни укиб, куйидаги маълумотга эга булдим. Фанлар орасида яна бир фан мавжуд булиб , унинг номи Паблик рилейшнз» деб аталар экан. Инглиз тилидан олинган «Rublic Relations» атамаси – «Жамоатчилик билан алоқалар», «Жамоатчилик билан муносабатлар» деган маъноларни англатар экан.
    «Public Relations» – PR, пиар деб кискача юритиларкан.
    PR тарихининг шаклланиш ва тараққий этиш эволюцияси уч даврга бўлинишини, яъни улар: тайёрлов, оралиқ ва асосий даврлар эканини билиб олдим.
    Биринчи давр, Томас Жефферсоннинг илк бор «Паблик рилейшнз» атамасини қўллаган пайтлардан бошланиб, то XX аср бошларигача давом этганини,
    Иккинчи даврни, Айви Ли «Тамойиллар декларацияси»ни эълон қилган ва пиар хизматлари бўйича фирма ташкил этган воқеалар билан боғлик булиб,бу давр 1807 йилдан то XX аср бошигача давом этганини,
    Учинчи давр 1904-1906 йиллардан ҳозирги пайтгача давом этаетганини. Бу даврни «пиар-касб сифатида шаклланиши, соҳалар кенгайиши ва ўзаро боғланишида фанлараро фан ролини адо этган ва ижтимоий институт сифатида» тан олинган даврини билиб олдим
    Бугунги кунга келиб PR жаҳон узра кенг қулоч ёйиб бораетганлиги хакида хам маълумотга эга булдим.

  41. 2-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар (PR) назарий асослари.
    буйича фикрим.
    PRнинг фан сифатида майдонга чиқиши ва илмий асосланишида америкалик олим Эдвард Бернайз хизматлари катталиги алохида ургу бериб айтиб утилган.
    Яъни олимнинг тадқиқот олиб бориб, хулосаларини ёзиб, 1923 йили чоп этилган «Жамоатчилик фикрининг кристаллашуви» китоби PR фанининг биринчи назарий пойдевори эканлигини биз
    талабаларга маълум килинган.
    Бундан ташкари биз талабалар «Паблик рилейшнз» кафедраси
    биринчи булиб уша йили Нью-Йорк университетида ташкил этилганини, шу тариқа назариётчилар PRнинг янги-янги қирраларини тадқиқ қила бошлаганларини хам билиб олдик.
    XX асрнинг биринчи чорагидан бошлаб АҚШ, Англияда PRга оид қатор китоблар нашр этилганини, уларда жамоатчилик билан алоқаларнинг назарий асослари янада чуқурроқ ифодалаб берилгани хакида хам маълумотга эга булдик.
    Юртимиз мустақилликка эришганидан буён давлат бошқаруви тизимида жамоатчилик билан алоқалар амалда ўз самарасии кўрсатмоқда, дейилади мавзуда.Дархакикат мавзу сунггида езилганидек, буни биз ҳар бир етакчи ташкилот ва муассасанинг матбуот хизмати фаолияти мисолида ҳам кўришимиз мумкин.
    Мавзу хамма талабалар учун тушунарли, аник , лунда , равон, мисоллар келтириб езилган.

  42. 3-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар (PR) функциялари
    ни укиб. Жамоатчилик билан алоқалар (PR) 3 та асосий функцияни бажаришини билиб олдим, кайсики:
    1.Жамоатчиликнинг фикрини ўрганиш ва уни кузатиш
    2. Жамоатчилик ҳаракатини кузатиш
    3. Ташкилот билан жамоатчилик ўртасида икки томонлама манфаатни таъминлаш.
    Мана шу учта асосий функция жамоатчилик билан алоқаларни тобора мустаҳкамлаб боришда пиармен учун жуда зарур экан.
    Мавзудаги куйидаги иккита жумла (менга энг еккан, менинг фикримча) 4 та мавзуга хам алокадор булиб, нафакат мавзуни, шу фаннинг узини хам ута тиник еритиб берган.
    «Амалда PR демократия равнақ топган мамлакатлардагина ривожланади. Айни вақтда у демократияни ривожлантиришга ҳам хизмат қилади»
    Талкин килинг, шу 2 та жумлада шу фан хакида канча маъно бор.

  43. 4-мавзу: Жамоатчилик билан алоқалар (PR)нинг асосий мақсади ва бош вазифаси. Бу мавзуни укиб чикиб,
    «PRнинг асосий мақсади – жамоатчилик билан алоқаларни йўлга қўйиш , бош вазифаси – ахборот ёрдамида омма фикрини бошқариш » лигини тушундим.Бу фикр куйидагича янада кенгрок очиб берилган. Яъни «PR ташкилотлар ва жамоатчилик ўртасида алоқа ўрнатади. Бундай алоқа фикр алмашиш, ахборот олиш ва тарқатиш, ўзаро муносабатларни мустаҳкамлаш билан изоҳланади. Ҳар бир ташкилот ва муассаса фаолияти халқнинг сиёсий, иқтисодий, маърифий ҳамда маданий ҳаётини яхшилашга қаратилган бўлиши шарт. Шу ўринда ҳам PR ўзига хос тафаккур майдонини вужудга келтирган ҳолда самарали натижаларга эришишга хизмат қилади.» дейилган.
    Бундан ташкари бу мавзу оркали иш усуллари ва шаклларининг ўхшаш тавсифида ҳар бир мамлакатда пиар ўзининг миллий руҳи ва хусусиятлари билан бойитилиши бу табиий жараён эканлиги, ижтимоий ҳаётдаги ҳар қандай янгилик турли давлатда ўзига хос тарзда акс этишини билиб олдик.
    Яна бу мавзуда «Ошкоралик, ҳақиқат, самимийлик бўлган жойдагина PR мулоқотга ва ўзаро ишончга эришиши мумкин»
    дейилади.
    Мавзуда келтирилган назариётчи В.Корольконинг фикри хакикатлиги, уткирлиги мени жуда лол колдирди «PRни хўжакўрсинга ташкил қилмаслик керак. Ҳар қандай йўл билан ўзларига яхши шароит яратиш учун халқни алдаш ва омма ишончини суистеъмол қилиш нохуш оқибатларга олиб келади. Жамиятни қандайдир маълум бир муддат давомида алдаш мумкин. Бирон-бир қисминигина узоқроқ алдаб юриш мумкин
    Бутун жамиятни ҳар доим алдаб юриш эса ҳали ҳеч кимга насиб қилмаган»
    Турли юрт олимларининг шу фан, шу мавзу тугрисидаги энг уткир фикрларини турли манбалардан олиб биз талабаларга билимнинг энг магзини бераетган домла Тулкин Эшбекка катта рахмат деймиз.
    Фикрим охирида домла сизга шундай демокчиман.
    Домла Тулкин Эшбек. Биз Журналистика факультети сиртки III курс талабалари бахо учун бу гапларни айтмаяпмиз, биз сиртки талабаларга бахо керак эмас. Стипендия учун хам айтмаяпмиз, стипендияга хам талабгор эмасмиз. Хушомадли сузлар хам эмас.Бу сизнинг биз талабаларга бераетган машаккатли мехнатингиз махсулига жавоб холос. Оддий миннатдорчилик.
    Чин юракдан рахмат.Хеч качон чарчаманг.Доим сог саломат булинг.
    Аудиторияга бераетган позитив энергиянгиз сизни хеч качон тарк этмасин.

  44. Assalomu alaykum ustoz. Jamoatchilik bilan aloqalar sohasiga oid ma’lumotlaringiz, fikr mulohazalaringiz biz sirtqi bo’lim talabalari uchun ham yangi bilimlarni berdi. Ayniqsa meni yurtimizda PR ning qadimgi tarixi, rivojlanishi, bugungi holati bilan bog’liq jihatlar qiziqtirdi. Jamiyatda adolat ustuvor bo’lishini shior qilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur islohotlarida ham biror ishga qo’l urishda ko’p bilan kengashgani va bu hayrli ish xalq bilan davlat o’rtasidagi munosabatni mustaxkamlagani ma’lum. Mustabit tuzum davrining xalq dardini eshitmagani kuplab xalq qo’zg’alonlariga sabab bulgani tarixdan ko’zgu. Siz keltirgan PR asoschilaridan biri Edvard Bernayz iborasining mohiyati PR «Jamiyat manfaatlari yo’lidagi xarakatdir» degan fikrlari ayni bugungi demakratik xarakatlar faollashgan davrning shartidir. Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining islohotlari bilan borayotgan xalq bilan muloqot,qilish,ularning hayotidagi muammolariga yechim,topish chiqarilayotgan qonunlar, qaror va farmonlarlarining jamoatchilik fikriga havola qilinayotgani, ularning takliflari eshitilayotgani davlat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ishonchni mustahkamlamoqda. Davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, korxona va tashkilotlarning faoliyati haqidagi ma´lomotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotga nisbatan xalq, jamoatchilik fikrini shakllantirishda siz keltirganingizdek OAV muhim ro’l o’ynamoqda. Afsuski, viloyatlarda PR xizmatlari sanoqli tashkilotlardagina yo’lga qo’yigan. Ular haqidagi ma’lumotlarni aholi na internet tarmoqlaridan bila oladi va na tashkilot rahbarinig o’zi PR degan soha borligini biladi. Nafaqat PR xatto matbuot xizmati xodimini ham topa olmaysiz. Soni ko’pchilikni tashkil etadigan ana shunday tashkilotlar tadbirlarida OAV xodimlari yetarlicha ma’lumot ololmay halak. Qarabsizki OAV mahsuloti suyuq-salang. Bu borada viloyatlar OAV xodimlari masalani ko’p bor ko’tarishganu, javobsiz, e’tiborsiz qolib ketavergan. Sizga shu borada taklifim bor edi. Hududlarda tashkilotlarda PR xizmatlari faoliyatini yo’lga qo’yish masalasini respublika miqyosidagi yuqori tashkilotlarga olib chiqsangiz. O’ylanmanki keskir fikrlaringiz, nishonga uradigan so’zlaringiz, oxirigacha kurashishingiz bilan mutassaddilarga ta’sir eta olasiz.

  45. Men yuqoridagi mavzularni o’kib , PR tarixini organdim va Tolqin Eshbek domlaning darslarida PR haqida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim. Yuqoridagi mavzularda taniqli shaxslarning PR haqidagi fikrlaridan ko’plab misollar keltirilgan va shular ichida menga lМуаллиф америкалик адиба Эйн Реднинг қуйидаги фикрини келтиради: «Инсонни фикрсиз қулга айлантирган ёки унинг меҳнати самарасини тортиб оладиган, эркин тафаккур қилишдан маҳрум этадиган ёки ақлга зид ҳаракатларга ундайдиган жамият, мавжуд қонунлари билан инсоннинг табиий талаб-эҳтиёжлари ўртасида қарама-қаршилик келтириб чиқарадиган жамият аслида жамият деб аталишига ҳам арзимайди. У – жиноятчилар тўдаси ёки оломондир»18.ab yoqdi. Shu o’rinda menga shunday xulosa paydo bo’ldi. O’zbekistonga PR tushunchasi yoki aytaylik ushbu fan yangi kirib kelgan fanlardan bo’lishi mumkin lekin PRning ma’nosi -jamoatchilik bilan a’loqalar bolsa unda orta osiyoda qadimdan davlat va xalq o’rtasida a’loqa o’rnatib, aniq ma’lumotlarga ega bolish va shunga qarab qaror va farmoyish chiqargan hukmdorlar kam bo’lmagan. Bunda bu vazifani aynan usha davlat hukmdori ozi bajargan va o’zi xalq bilan muloqotga kirishish uchun , tunda xlaq orasiga oddiy fuqaro kiyimida borib, odamlar gavjum bo’ladigan choyxona yoki guzarlarda ular bilan suxbat qurib ( albatta o’zini tanitmagan holda) mavjud muammolarni yechimini topish , halqning hohish istaklarini bilish va shunga qarab yangi farmoyishlar chiqarish kabi ishlarni amalga oshirgan. Shuning uchun men aytmoqchimanki , PR fan sifatida bizga yaqinda kirib kelgan bo’lishi mumkin, lekin amalda qadimdan PR-jamoatchilik bilan a’loqalar bo’lgan demoqchiman. Agar hato fikrlayotgan bo’lsam buning uchun oldindan sizdan uzr so’rayman domla, lekin bu mani shaxsiy fikrim.

  46. Jamoatchilik bilan aloqalarning tub ildizlari, uning fan sifatidagi ahamiyati, shakllanish bosqichlari, tamoyillari haqida tushunchaga ega bo’ldim. Rostini aytsam bir o’qishda P.R ning amaliyoti, pyarmenning harakat yo’nalishini tasavvur etish uchun biroz o’ylandim. Shunda ayni paytda o’zimiz ham shunday o’z fanining pyarmeni bilan bevosita fikr almashayotganligimizni, bu ustoz To’lqin Eshbek ekanliklarini o’yladim. To’g’rida, ustoz bizni bu fanni o’zlashtirishimiz uchun o’ziga xos tarzda noan’anaviy dars usulini qo’llab, bizni fikrlashga undashi va bu fikrlarimizga munosabat bildirishlarining o’zi amaldagi P.R. Mening tushunishimcha P.R. sog’lom dunyoqarashdan mustaqil va to’g’ri fikrlash san’atini shakllantirishga ham turtki berar ekan. Ana shu jihat bizning jurnalistik faoliyatimiz uchun suv va havodek zarur. Sababi OAV xodimlari xalqdan bir qadam oldinda yurishga majbur va bu jarayonda barcha jabhalarda jamoachilikni fikridan xabardor bo’lish muhim shart sanaladi. Ana shu talab bevosita jamoatchilik munosabatlarini shakllantirishda OAV xodimlarining o’rni, vazifasini belgilab turibdi. Uztoz, bizni fikrlashga undaganligingiz uchun rahmat. Siz darsda hazil kuchidan foydalanib bizga so’z sehri, uning qudrati, uning hurmati , shuningdek, jurnalist shaxsi, uning zimmasidagi mas’uliyatni o’ziga xos tarzda hayotiy va oddiy qilib tushuntirib berganligingiz uchun har bir darsingizda nafaqat dunyoqarashimizda so’z haqida yangi olam paydo bo’lyapti, balki ilmimiz, o’zimiz tanlagan maqsad yo’limiz ham kengayib ravonlashib bormoqda…

  47. Ҳамма даврларда ҳам жамоатчилик билан алоқаларни кучайтириш давлат ривожига, мамлакатдаги тинчлик ва фаровонликка олиб келган. Бу тарихдан ҳам маълум.
    Собиқ иттифоқ даврида эса халқ фикри билан ҳеч ким қизиқмаган. Фақат коммунистик партия ғоялари олий мақсад сифатида илгари сурилган. Натижада, ер юзидаги энг буюк ва қудратли юрт деб аталган Совет давлати, тузим бир асрга ҳам етмасдан парчаланишига олиб келди. Чунки унда жуда кўп миллат вакиллари яшаган, уларнинг қарашлари, қадриятлари турлича бўлган. Бунда жамоатчилик билан алоқаларнинг йўлга қўйилмаганлиги энг асосий сабаблардан бири бўлиши мумкин.
    Сайтга жойлаштирилган мақолалардан кўриниб турибдики, юртда жамоатчилик билан алоқалар яхши олиб борилса, ўша давлатнинг сиёсати ҳам мустаҳкам бўлади.
    Юртимиз, халқимиз бу соҳада бир оз ортта қолиб кетиши ҳам собиқ Иттифоқни таъсирида бўлса керак. Лекин давлатимиз мустақиллика эришгандан сўнг барча соҳаларда ислоҳотлар олиб борилмоқда. Тан олиш керакки, ўтган икки йил мобайнида юртимизда жамоатчилик билан алоқалар олиб борилмоқда. Бунга жойлардаги, барча туманлардаги Халқ қабулхоналари, Президент вертуал қабулхоналарининг ташкил этилгани ва ишга туширилишини мисол қилиш мумкин. Бу орқали халқ вакиллари билан давлат органларининг ўзаро, ижтимоий муносабатларни янада мустаҳкамлашга эришилмоқда, дейиш мумкин.
    Жамоатчилик билан алоқалар кенгроқ йўлга қўйилиши олиб борилаётган ислоҳотларнинг янада мустаҳкамлашга хизмат қилиши, шубҳасиздир.
    Фикрим якунида юртимизда жамоатчилик билан алоқаларнинг олиб борилиши борасида амалга оширилаётган ишларни бир мисол тариқасида келтириб ўтмоқчиман.
    8 ноябрь куни қўл телефонимга бир SMS келди, очиб ўқидим. Унда қуйидаги жумлалар ёзилган:

    “2019 йил Давлат дастурини ишлаб чиқишда фаол иштирок этиб, юртимиз равнақига ҳисса қўшинг. Таклифларингизни taklif.strategy.uz ҳаволаси орқали юборинг.”

    Бу ҳам, албатта, жамоатчилик билан алоқа – РRнинг бир кўриниши. Демак, Давлат дастури ишлаб чиқишда биринчи навбатда фуқароларнинг фикри, уларнинг бугунги кунда олиб борилаётган ислоҳотларга муносабати инобатга олинади.
    Булар менинг шахсий фикрим.

    Журналистика сиртқи бўлим талабаси

    • Абдурашиджон! Жуда чиройли таҳлил қилибсиз. Қанийди ҳамма талабаларимиз дарсимизни Сиздек тўғри тушуниб, англаб етса, тегишли хулоса чиқара олса ва назарий билимларини амалиёт билан боғлаб ҳис эта олса, деб умид билан яшайман.

  48. Ҳозирда кўчада, умуман аҳоли орасида тадқиқот, сўровнома ўтказиб, “Пиар нима?” деб савол берсангиз, деярли ҳамма, ҳатто ўқимишли, туппа-тузук билимли кишилар ҳам бу саволга тўғри жавобни бера олмайдилар. Аксарият кишилар пиар деганда машҳур кишиларнинг ўз-ўзларини сохта шов-шувли хабар билан реклама қилишларини тушунишади. Биз ёшликдан, болаликдан ҳатто яқинларгача пиар деб билган нарса айнан шу эди. Бу кишиларнинг аҳмоқлиги ёки билимсизлигидан эмас, балки матбуотимизда (ва ҳар қандай маҳаллий манбаларда) PR ҳақидаги маълумотларнинг камлиги ёки шунчаки оммалаштирилмаганлиги билан боғлиқ деб ҳисоблайман.
    Ўз фикримга ишонч ҳосил қилиш учун, ушбу маърузани ўқиш жараёнида билимли, юртимизда ва хорижда олий таълимнинг бир неча босқичларида таълим олиб, бугунги кунда Ўзбекистондаги энг нуфузли масканлардан бирида аниқ фанлар соҳасида фаолият юритаётган танишимга “Пиар деганда нимани тушунасиз?” деган СМС хабар юбордим ва “Машҳурликка эришиш, ўзини оммага танитиш учун ёлғон хабар тарқатиш (ёки ҳақиқатни бўрттириш). Ишқилиб салбий равишдами ёки ижобийми шов-шув кўтариш” (айнан келтирдим) деган жавоб олдим. Ва яқингинада мен ҳам айнан шундай фикрда эдим. Кўряпсизми, пиар деганда аҳолимизнинг ниҳоятда катта қисми САЛБИЙ маънодаги тушунчани англашади.
    Бу соҳа фан сифатида ўрганилиши қадимга бориб тақалар экан, бизда ҳамон пиар ҳақидаги тушунчаларнинг ҳаминқадарлиги ва соҳанинг етук мутахассислари бармоқ билан санарлидан ҳам камроқ эканлиги уятли десам ошириб юборишга кирмас. Қолаверса, Шарқда қадимдан жамоатчилик билан алоқалар яхши ривожланган, Амир Темур даврида бу жараён яхши оммалашган десак тўғри бўлади. Республикамизда бу фан чуқур ўрганилишга, оммалаштирилишга, қўлланилишга, аҳоли орасида айнан PR, яъни халқ билан мулоқот маданиятини янада чиройлироқ тарзда шакллантирилишга муҳтож деб ўйлайман. Мамлакатдаги ривожланиш босқичини янада жадаллаштириш ва бу борада кутилган юқори натижаларга эришиш учун бундан кўра самаралироқ, қулайроқ ва соғломроқ йўл бўлмаса керак.

  49. Ассалому алайкум, устоз. Жамоатчилик билан алоқалар (PR — пиар) ўқув курсидаги маърўзаларни ўқиб, шунга амин бўлдимки, жамият ҳаётида ҳар бир фан бекордан бекорга юзага чиқмайди. Жамият ҳаётида эҳтиёж пайдо бўлганки, фан пайдо бўлади. «Паблик рилейшнз» фани ҳам худди шундай. Устоз, маърўзангизнинг биринчи қисмида жуда тўғри таъриф бергансиз. «Паблик рилейшнз» — у бутун моҳият-эътиборига кўра фанлараро фан ҳисобланади. Маърўзаларни ўқиб шундай хулосага келдимки, бу фан жамият ва давлат ҳаётида беқиёс ўринга эга.
    Ушбу фаннинг айрим кўринишлари узоқ тарихга бориб тақалсада, Амир Темур давлатидан сўнг, уч хонлик даврида ҳамда собиқ СССР мустабид тузим даврларида бу фан ватанимизда умуман ривожланмаган. Халқ дарди, жамоатчилик фикри билан қизиқиш жуда паст даражада эди. Амир Темур даврида гуллаб яшнаган Ватан ундан сўнг ва мустабид тузим даврида қашшоқликка юз тутиши, ривожланишдан орқада қолишининг сабабларидан ҳам бири ҳам шу бўлса керак.
    Халқ дардини эшитиш, жамоатчилик фикрини ўрганиб иш тутиш халқда жушқинлик, кўтаринкилик, эртанги кунига ишончни пайдо қилади. Халқ ўзини бахтли хис қилса, жамият гуллаб яшнайди демакки, давлат ривожланишда давом этади. АҚШ, Буюк Британия давлатларининг тезда барқ уриб ривожланишида ҳам ушбу давлатларда жамоатчилик билан алоқаларнинг ривожланганлиги бир омил бўла олган десак муболаға бўлмайди.
    Бугунги кунга қарайдиган бўлсак, давлатимизда олиб борилаётган ислоҳатлар: халқ дардини тинглаш, жамоатчилик фикрини ўрганиш, шунингдек, олий таълим муассасаларида ушбу фанни ўқитилиши Жамоатчилик билан алоқалар (PR — пиар)нинг ривожланиши учун омил бўлмоқда. Ўйлайманки, ҳақиқий журналист бўлишни олдига мақсад қилган биз талабалар ушбу фанни моҳиятини тўла англаб етган ҳолда чуқур ўрганишимиз лозим. Устоз, ушбу фан ҳақида бизга илк ва батафсил маълумотларни етказганингиз, жамият ҳаётида ва давлат сиёсатидаги ўрнини очиб берганингиз учун Сизга алоҳида ташаккур билдирамиз.

  50. Шиддат билан ривожланаётган замонамизда бугунги кун нафаси билан яшаш, идрок этиш ва фикр билдириш инсоннинг энг асосий омилларидан биридир. Юқорида баён этилган маърузалардаги факт ва рақамлар метадологик асослар асносида ёзилган бўлиб, ўқувчида ҳеч бир шубҳа туғдирмайди. Ушбу фан орқали биз каби талабалар ПРнинг мақсад, вазифалари, функциялари ҳақида тўлиқ ва аниқ маълумотларга эга бўлишимиз мумкин.
    Энг қувонарлиси, Европа мамлакатлари қатори бизнинг Шарқ мамлакатларида ҳам ПР илдиз отган. Эндиги вазифамиз ушбу соҳани ривожлантириш, унинг тараққий топишида ўз ҳиссамизни қўшиш, билмаганларга ўргатишдан иборат. Маърузаларда келтирилган фикрлардан шуни тушиндимки, пиармен давлат ва жамият ўртасидаги алоқаларни мустаҳкамлаш, халқнинг фикрлари билан қизиқиш, ҳар икки томон манфаатлари учун тенг хизмат олиб бориши лозим.
    Юртимизда ҳам жамоатчилик билан алоқалар бугун энг юқори нуқтага чиқди. Бугун Ўзбекистонда яшаётган ҳар бир фуқаро (миллати, дини, тили ва ирқидан қатъий назар) янги Давлат дастурини ишлаб чиқилишида ўз таклиф ва мулоҳазаларини билдириши, шунингдек, Давлат раҳбари билан ўзаро алоқа ўрнатиши ҳам мумкин.
    Умид қиламизки, ПР қисқа давр оралиғида мамлкатимизнинг турли соҳаларда ривожланиши, тараққий этиши ва такомиллашишида ўзининг муносиб ҳиссасини қўшади. Кенг салоҳиятли, чуқур идрокли пиарменлар етишиб чиқади.

  51. Piar haqida bilmaganlarim ko’p ekan.Bundan xafa bo’lgan bo’lsam, PRning nimaligini anglab yetgach,uning bugun yurtimizda keng ravnaq topayotganligidan quvondim.Darhaqiqat,PR jamiyat rivoji uchun beminnat va beqiyos xizmat qiluvchi omil ekan.Har bir inson bugun PRdan foydalanishi o’z haq-huquqlarini bilishidan dalolatdir.PR haqida bu kabi sodda va ravon tushuntirishni keng keng ommaga ham taklif qilish kerak deb o’ylayman.Muallifga o’z tashakkurimni bildiraman.

  52. Жамоатчилик билан алокаларнинг факат аник, хакконий маьлумотга таянгани, яьни урнатиладиган алокаларнинг хакикат устига курилиши ПР нинг ахамиятини, кудратини белгилайди. Бу уз навбатида фукаролик жамиятининг негизидир. Демократия кузгусидир. Айни шу жихати билан бу фан мени ром этди. Амир Темур бобомиздан мерос адолатпарварлилик, кенгашиб иш куриш тадбири мужассам ушбу фанни барчамиз мукаммал узлаштиришга ундамокда.

  53. Assalomu alaykum Ustoz! Bugungi darsingizda demokratiya to’g’risida ancha ma’lumotlarga ega bo’ldim. «Demokratiya» yunoncha » xalq hokimyati» degan ma’noni bildiradi. Demokratiyada fuqorolar erkinligi va tengligi qonunlarida mustaxkamlangan, xalq hokimyatchiligining vosita va shakillari amalda o’rnatilgan va yuzaga chiqarilgan bo’lar ekan. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr qimmati, hayoti har narsadan ustun turadi. Bunday davlat o’zini o’zi boshqarish, ko’p partiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo’lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq demokratiyada hamma narsada xoxlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlik ekan. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq- huquqini himoya qilishdir. Bunda biz jurnalistlarning hissasi katta bo’lishi uchun biz PRni yaxshilab o’rganishimiz lozim. PRning asosiy maqsadi esa jamoatchilik bilan aloqalarni yo’lga qo’yish va axborot yordamida omma fikrini boshqarishdir. Demak biz PR orqali demokratiyani yanada yuksaltirishimiz lozim degan fikrga keldim. Buning uchun sizga raxmat aytaman Ustozim!

  54. Assalomu alaykum hurmatli ustoz, 2haftadan beri OAV haqida 2ta qonunni va internetga oid material va maqolalarni o’qib chiqdim va ilmiy maqola yozdim. Shu yozgan ilmiy maqolamni sizga ko’rsatib, kamchiliklar va ortiqcha ma’lumotlarni bilmoqchidim. Shu sababli, siz bilan ertaga qanday qilib bog’lansam bo’ladi? Javob uchun oldindan rahmat.

  55. Жамоатчилик билан алоқалар жамият ҳаёти учун муҳим аҳамият касб этади. У ривожланиб борар экан ўсиш давом этаверади. Бу жиҳатнинг ҳақиқатлигини жаҳон тажрибасидан кўриш мумкин. Бугун биз жамиятнинг фаол аъзоси сифатида уни ривожлантиришга ҳаракат қилишимиз лозим. Ўтилган дарслар давомида ҳар бир журналист мана шу фаннинг мақсадини англаган холда иш олиб боришга интилиши мақсадга мувофиқлигини билдик. Пиарсиз ривожланаётган давлатда мутаносибликка эришиб бўлмайди.

  56. 4 yil davomida shu fanni o’qib bir narsani angladim: PR va jurnalistik qadriyatlar ustun bo’lgan har qanday jamiyatda ilgarilash bo’lar ekan. Aslida Amerikani Amerika qilgan ham jurnalistika (ma’lumot o’rnida shuni aytish kerak xalqaro oliy talimda jurnalistika sohasi kam. Bu soha ommaviy aloqalar deya o’rganiladi. Demak, biz to’g’ri yo’ldamiz) ekanligini angladim.

  57. Assalomu aleykum domla, aslida Public Relations so’zini «R» harfi bilan adashtirib qo’ygan ekansiz. Natijada, «Rublic Relations» bo’lib yozilgan.

  58. Assalomu alaykum domlajon, 2-kurs talabalari uchun 2-semestr o’quv darsliklar mavzu va ma’ruzalarni ushbu saytdan topa olmadim. Agar joylashtirmagan bo’lsangiz, tez orada joylashtirsangiz yaxshi bo’lardi.

  59. Sitora Samadjonova:

    Mening bu fan to’g’risidagi fikrlashim ustozimiz To’lqin Eshbek darslari mobaynida ancha mukammallashdi.Ayniqsa, bu saytda ma’ruzalarning berib borilishi ayni muddao va maqsadga muvofiq.

  60. Assalom aleykum hurmatli ustoz men yuqoridagi ma’ruzalarni o’qib o’zimga PR tarixi haqida va PR to’g’risidagi kerakli anchagina ma’lumotlarni oldim buning uchun sizga raxmat.

  61. Meni PR haqida bilmaganlarim ko’p ekan. Sizning yuqoridagi maruzalaringizni o’qib PR jamiyat rivoji uchun beminnat va beqiyos xizmat qiluvchi omil ekanini tushunib yetdim. Yurtimizda ham bugun jamoatchilik bilan aloqalar eng yuqori nuqtaga chiqdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sizning bu maruzalaringizdan o’zimga juda kerakli ma’lumotlarni bilib oldim.

  62. Ajoyib! Assalomu alaykum, ustoz. Men Jurnalistika va ommaviy kummunikatsiyalar universitetida o’qiyman. Aynan, PR yo’nalishida. 1-kursni tugatay deyapman-u, olgan bilimlarimdan qoniqmadim. Balki, pandemiya, onlayn darslar sababdir. Biz bir yil davomida o’tgan ma’ruzalarni 4 ta darsda o’tib beribsiz. O’ta pishiq, sifatli materiallar. Bu soha haqida ozmi ko’pmi tushuncha oldim. Juda ko’p ikkilanishlar, chigalliklardan so’ng sohaga dastlabki qadamlarni qo’ymoqdaman. Ammo, nimadan boshlashni bilmay turibman. Maslahatingiz suv va havodek zarur.

    • Салом Ҳумоюнжон! Телефоним ва телеграмим 90-9120963. Бемалол бу масалада менга мурожаат қилаверинг. Телеграмингиз орқали алоқага чиқсангиз ЗООМимни юбораман. Бемалол дарсларимизда қатнашишингиз мумкин. Агар пиарга қизиқсангиз, келгусида шу йўналишда илмий иш қилишингизга ёрдам бераман.

Добавить комментарий для Gulmira Toshniyozova Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>