Ogohlik davr talabi

Oliy jurnalistika kursini tamomlagan yosh mutaxassis ijodidan 

3

Kishilar o`rtasida xabar etkazishni ta`minlashga qobil hisoblash texnikasi, axboriy aloqa tizimi, internet tizimi, shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Hozirgi kunda ijtimoiy-texnikaviy rivojlanish bilan ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o`rtasida mutanosiblik mavjud bo`lgan jamiyatgina har tomonlama uyg`un rivojlanishi mumkin. Shuning uchun har qanday jamiyat o`zining ijtimoiy, iqtisodiy. Siyosiy va boshqa axborotga bo`lgan talab hamda ehtiyojini to`liqroq qondirishga intiladi. Yuqorida aytib o`tilganidek, bugunga kelib ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanishning mazkur sohalarda to`plangan va almashinayotgan axbotrotlar, ularning almashinish sur`ati va o`zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi.

Globallashayotgan dunyoda axborot xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya`ni u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy ham salbiy kuch sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Shu ma`noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo`lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo`ladilar. Mana shu ustunlik tufayli ular o`z shaxsiy manfaatlariga mos keluvchi qadriyatlarni, nuqtai-nazarlarni, g`oyalarni, fikrlarni ilgari surishlari mumkin va surmoqdalar ham. Shunga ko`ra ko`pgina davlatlarda glaballashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, bular yagona jahon uyg`unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, glaballashuvga qarshi harakatning o`zi tobora global xarakat tusini olmoqda. Zamonamizning o`ziga xos jihatlaridan bo`lib, har qanday mahalliy hodisa yoki voqea zamonaviy axborot texnologiyalari tufayli global hodisa yoki voqeaga aylanmaqda. Masalan, 2000 yil 11 sentyabrda N`yu Yorda yuzbergan voqea, Levan tuprog`idagi harbiy harakatlar, Frantsiyadagi yoshlarning chiqishlari, u yoki bu mamlakatdagi saylovlar, avia halokat, tabiiy ofat, terrorchilik harakati va boshqa shunga o`xshash voqea va hodisalar buning yorqin dalili bo`ladi. Shulardan biri hozirgi kunda butun dunyoga jar solayotgan musulmonlarni birlashtirish bitta halifa qilishga urinayotgan Suriyadagi bo`layotgan holatlarga qisqacha fikr bildirib o`tishni joiz deb topdim dunyoda barcha millatlar va elatlar dunyoda tinch yashashni hohlaydi. O`zining madaniyatini tilini, rivojlantirish boshqa davlatlar bilan do`stano hamkorlik qilishni va dunyoga tanilishi va bunyotkorlik yo`lidan ketishni hech qachon parokandaga yuz tutishini hech bir davlat boshliqlari inkor etmasa kerak. Bazi bir qo`shtirnoq ichidagi kimsalar Inetrnet orqali boshqa davlatlar bilan ma’naviyati sust insonlarni o`z domiga tortayotgani, bu illatli kimslar dunyoning barcha burchagidan va’dalar evaziga pul taklif qilib ularni o`z vataniga qayta olmayotgan insonlar bir qancha. Ogohlik davr talabi, ogoh bo`laylik. Dunyoda nimalar sodir bo`lmoqda, boshqa shaharda sodir bo`lgan noxushlik bizning jonajon yurtimizda sodir bo`lmaydi, deb kim kafolat beradi?

Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlikni ta`minlash hozirgi kunning dolzarb talabidir. Har bir davlat buning ustida bosh qotirmoqda. Bu jahondagi yangi geosiyosiy taqsimot, yangi mintaqaviy nizolarning yuzaga kelishi, millatchilik, shovinizm, din niqobidagi ekstremizm, ekologik halokatning tahdidi kuchayishi, spid, parranda gripi va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan bog`liqdir.

Yurtimiz milliy mustaqillikni yanada mustahkamlash, iqtisod va bozor munosabatlarini tadrijiy rivojlanishini ta`minlash, ijtimoiy islohatlarni chuqurlashtirishda yaqqol ko`rinadi. Bunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, milliy an`analarni hayotga qaytarish, murosasozlikni tarbiyalash ham katta ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, mustaqil dunyo qarashga ega ma`lumotli kishilargina turli xil talqindagi tazyiqlarga ruhan barqaror qarshilik ko`rsata oladilar.

 

Allayor Kazakov,

jurnalist

 Muallif haqida

Allayor Uktambayevich Kazakov 2012-2014 yillarda O`zbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika tinglavchisi, hozirgi kunda Toshkent davlat Yuridik ko`llejda ingliz tilidan dars bermoqda.

Вам может также понравиться...

1 комментарий

  1. Dolzarb mavzudagi maqola. bugungi zamonda qurol yaroq bilan hech bir davlatni parchalab bo’lmaydigan, lekin yolg’on axborotlar orqali parchalab tashlaydigan bo’lib qoldi. Allayor Kazakov aytgangik: «Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlikni ta`minlash hozirgi kunning dolzarb talabidir».

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *