Ona — shunchalar mo`tabar, shunchalar ulug`
Ona, ulug` va mo`tabar, aziz va xokisor. Bu ulug` zotning sha’niga aytilajak har
bir so`zimiz tillarda, dillarda oz, ona kabi ulug` zotning biz farzandlar uchun butun umrini, hayotini, mehrini, qalbini berib yashayotganliklarini e’tirof etib o`tmog`imiz sharafdir.
Ona qalbi, ona mehri misilsiz bir ummon kabi to`lqinlarda mavj urib turadi.Uning musaffo osmon kabi keng qalb ko`zini ko`ra olish, tushunishga ega. Ona qalbida mayin ovoz ila jaranglab chiqayotgan “Alla” kuyi go`dakning ilk eshitgan kuyidur. Ayol Bu muqaddas so`zni tilga olar ekanmiz,dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim, mehribonim ko`z o`ngimda gavdalanadilar. Ayol, ona, barcha so`zlar zaminida misilsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda barcha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, u matonatli, u bardoshli bu hayot haqiqatidir. Ayolning oiladagi o`rni eng asosiy vazifadir. Oilada erkak kishi ya’ni, ota shoh bo`lsa, ayol kishi ona malika hamda vazir hisoblanadi. Ayol, bu kabi e’zozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir. Ayol! O`zbek ayolining qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o`tish shart emas. Ne-ne azob-u uqubatlarga bardoshli bo`lgan, ,,Kumushbibi, Barchinoy” kabi buyuk siymolarning timsoli hali-hanuz barchaning nigohida o`z aksini yo`qotgan emas. Erta sahardan issiq non yopgan, bolalarini yuvib-tarab, o`qishga ishga kuzatadigan ham onadir.
Biz onamiz tufayli yozish va o`qishni, duch keladigan har xil muammolarni hal qilishni o`rgandik va o`zimiz ham atrofimizdagi odamlarga yaxshi muomala qila oldik. Onajonim menga hayotni va har bir daqiqani qadrlashni o`rgatganlar. U bizga mehnatsevarning va mas’uliyatli odam bo`lishni o`rgatdilar. Onam bizga odamlarni qadrlashni, yaqinlariga g`amxo`rlik qilishni, bolalarni xafa qilmaslikni va kattalarni hurmat qilishni o`rgatganlar. Har birimiz aziz va suyukli onamizga qilgan barcha buyuk ishlari uchun, bizni tug`ulishimizdan oldin bizga bera oladigan yorug`lik va iliqlik uchun minnatdormiz. Biz onalarimizga har qanday iliqlik, mehr va muhabbat uchun minnatdor bo`lishimiz kerak.
Onajonim – qorong`u va yomg`irli kunda yorug`lik nurimdir.
Onajonim – men qoqilgan paytlarda himoya qiladilar va maslahatlarini ayamaydilar.
Onajonim – har doim so`zlarimga quloq tutadigan va qo`llab-quvvatlaydigan, eng ko`p ishongan insonim.
Onajonim – mening muvaffaqqiyatimdan xursand bo`ladilar va mag`lubiyatga uchraganimda qo`llab-quvvatlaydigan mehribonimdir.
Dilafruz Umaraliyeva,
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim
maktabining 8-,,g” sinf o`quvchisi
Сўнгги фикрлар