Annotasiya:Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini
sinfdan tashqari sinov,bellashuvlarni samarali tashkil etish,ular orqali o’quvchini iste’dodini oshirish va dunyoqarashini kengaytirish hamda xotirasini kuchaytirib,bilimlar duyosiga olib kirish
Kalit so’zlarga:Pedagogik texnologiya,didaktik o’yinlar, motivlar, usul, vosita va shakllar, axborot kommunikatsiya vositalari, korrеktirovkalar.
Bolalarni juda sevaman. Bolalik dunyosi beg’ubor. Uni xuddi bahorga qiyoslash mumkin. Ular davrasida kechgan har bir daqiqang ana shu beg’uborlik va samimiyat bilan o’tadi. Shu sabab fidoyi, jonkuyar bo’lishga intilaman. Murabbiy uchun esa bu xislat juda zarur.Axir o’zingiz parvarishlayotgan niholga mehr bermasangiz , u gurkirab o’sishi qiyin. Ayniqsa, bugungi kun o’qituvchisi oldiga qo’yilayotgan talablar avvalgi davrlardan keskin farq qiladi. Hozir maktab ostonasiga qadam qo’yayotgan o’quvchi bilan faqat unga harf tanitish yoki uni savodxon qilish bilan kifoyalanish mumkin emas. Bolalar bilan ishlash – tarbiyangiz ostida shakllanayotgan shaxsning layoqati , intilishini shakllantirish va shu yo’l bilan undagi chin insoniylik, Vatanga muhabbat , e’tiqod kabi ulug’ tuyg’ularni mustahkamlash, bir so’z bilan aytganda, komil inson bo’lib yetishishiga erishishdan iboratdir. Bunga asosiy tamaol toshi boshlang’ich sinflarda qo’yilishi esa bizning zimmamizdagi ma’suliyatni ikki hissa oshiradi. Ta’lim mashg’ulotlari yangi pedagogik texnologiya asosida zamon talablariga mos hamda sinfdan tashqari o’quvchilarga o’tkazilgan tadbirlar ham o’quvchilarning ijodkorlik salohiyati , o’z oldiga qo’yilgan bilimdonligi juda zarur bo’ladi. Bu maqsadlarga erishishda darsdan tashqari olib boradigan ishlari alohida ahamiyatga ega. Turli tanlovlar , sinovlar, bellashuvlar bola qiziqishini yanada oshiradi,uning dunyoqarashini kengaytiradi. O’quvchilar bunda turli sahna ko’rinishlari va barcha fanlar bo’yicha yanada qiziqib izlanishlariga ,ko’plab she’rlar yod olishiga va ularni chiroyli tarzda bayon etib, nutq madaniyatining o’sishiga katta hissa qo’shadi.Shunda bolalarda qaysidir jihatdan, albatta, iqtidor bo’lishini, biz muarbbiylar esa buni o’z vaqtida aniqlab, uni yuzaga chiqara bilishda ko’maklashishimiz zarur.Bunday tadbir , bellashuvlar tashkil etishda ,bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish ,xotirasini kuchaytirish va bilimlar dunyosiga olib kirishdir. O’quvchi erkin ,mustaqil o’z fikrini bayon etishiga ham uda yaqindan yordam berish mumkin. Ta’lim samaradorligini oshirish, o’quvchilarning qobiliyatlarini yuzaga keltirish va individual izlanishga , mustaqil fikrlashga o’rgatish mumkin. Chunki har qanday ulkan iste’dod egasining ilk qadami bolalik so’qmoqlaridan boshlanadi.” Bola qalbi yozilmagan oppoq daftar kabi bo’ladi. Uning ongiga ,tafakkuriga nimani yozsang shu qoladi “ – deydilar Zulfiya opa. Bu bellashuv , sinov va tadbirlar ham o’quvchilarning qobiliyatini yuzaga chiqarish bilan bir qatorda , iste’dodli qalb egasi bo’lib yetishishida ko’makchi ham bo’ladi.
Bir so’z bilan aytganda, bellashuv va tadbirlar natijasida nutqi ravon bo’lib , mustaqil fikrlash qobiliyati oshayotgan ijodkor o’quvchilar misolida ham ko’rish mumkin.
Nargiza Hamidova,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 35-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
__________________________________________
Foydalanilgan adabiyotlar :
Sayidaxmеdov N.S. Pеdagogik maxorat va pеdagogik tеxnologiya. – Toshkеnt, 2003-yil
Sayidaxmеdov N.S., Ochilov A., Yangi pеdagogik tеxnologiya mohiyativazamonaviyloyihasi.- RTM, 2000-yil .
TolipovO‘, M.Usmonboyеva. Pеdagogik tеxnologiya: nazariyavaamaliyot. T. 2005-yil.
Сўнгги фикрлар