Ota

Hammadan ham meni yaxshi ko‘radigan inson kim aytaymi?

 Sevinch3

Onangizda desangiz kerak, yo‘q! Hatto o‘rtog‘im ham, yorim ham emas!

Shu paytgacha sarishta onamga atab maktublar yozibman, sevgan yorimga necha marotalab dil izhorlar qilibman, yana tanishlarimni qo‘llab-quvvatlabman, ularga dalda bo‘libman. Ular uchun hajviya, she’rlar, maqolalar ham yozmoqda shay turib, yozgan bitiklarim ham bor… Ammo otamni unutibman. To‘g‘risini aytsam, unutganim yo‘q. Har kuni otamni o‘ylayman. Ular men uchun qilayotgan ishlari, ayniqsa ustozlarim maqtagan chog‘da ko‘nglimni tog‘dek ko’taradi. »Otasi o‘qishga kirish uchun sharoit yaratib bergan qizlar, sizlar baxtlisizlar. Hamma otalar ham qizini o‘qishiga ruxsat bermaydi, o‘qitmoqchi bo‘lganlari esa, mehnat mahsulidan qizlari ta’lim olishi uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qiladilar. Ochig‘ini aytsam, ota va qiz o‘rtasidagi ko‘prikni bosib o‘tishga ming bor iymandim xolos. Ota va qiz o‘rtasida katta ko‘prik bor. Bu ko‘prik yashirin mehr, ayta olmagan gaplar, oshkor qilinmagan g‘amxo‘rlikdir. Men biron marta otamning tizzasida erkalanib o‘tirganimni eslolmayman. Ammo erta tongdan duolarida bo‘laman. Mashinada peshonamdan o’pib, ikki qo‘llarini duoga ochmagunlaricha meni qo‘yib yubormaydilar. O‘rtog‘larim oldida kam bo‘lmasligim uchun birinchi mayda pul so‘ngra yirik pullar beradilar. Shirin chiqqan ovqatim uchun »barakalla, ona qizim» deb maqtab ham qo‘yadilar.

Bir kuni sog‘lig’im tufayli shifoxonaga borishga to‘gri keldi. Ko‘rikdan o‘tishim uchun otamda mablag‘ yetmaganini ularning yuz va hatti-harakatlaridan payqadim. Yonlariga borib, “hamyonimda pul bor” deb quloqlariga pichirladim. Otam ruscha so‘zlar aralashtirib, “tochna?”, “seryozna?” deb hayratlandilar. Hamyonimni olgach menga qayta tutqazdilar. Men esa, “olavering” dedim. Otam ishonmay hamyonimga qaradilar va menga tikilib qoldilar. Men ham huddi-ki ayb ish qilgan odamdek jim turdim. To‘lovlarni qilib bo‘lgach mashinaga o‘tirdik. Shu payt otam menga “qizim sen adashib jurnalistikada o‘qiyabsan, seni buxgalteriyaga o‘tkazish kerak” deya ota-bola hangomani oldik.

Menga ovqat qilishni otam o‘rgatganlar. Onam ko‘pincha buvimnikiga borardilar va opam borligi sabab ovqat qildirmaganlar. Lekin onam ovqat qilishimdan oldin obdon menga “qozonga yog‘ sol, piyoz qovur, so’ng go‘sht va guruch kabi mahsulotlarni hammasini solasan va past olovda qaynatasan, ovqat pishishiga yaqin tuz solgin va bularning barini mehr bilan qilgin, ovqating shirin chiqsin” deb qo‘yardilar.

Otam uyda bo‘lgan paytlarida oldimda turib, masalliqlarni tayyorla, uni qil buni qil derdilar. Vitaminli narsa yeyish kerak, ko‘katlarni ham sol, narigi masalliqni ham ol derdilar. Shunda men qiziqib, “dada qanaqa ovqat qilyabmiz o‘zi? Hech bunaqa ovqat qilmagandik” deyishim bilan “ajabsanda ovqatda, pishsin ko‘rasan” derdilar. O‘shandan beri ovqatlarni o‘zim mazali tayyorlaydigan bo‘ldim. Taom mazali bo’lganligidan qozonning tagida ovqatdan qolgan yog‘ni ko‘rmaysiz hatto.

Yotib olib ijod qilishim, tinmasligim, donolgim otamdan o‘tgan.

Ba’zida dadam jurnalist bo‘lishimni emas, farmasevt yoki doktor bo‘lishimni xohlaydilar. Balkim ichidagi gaplarni ayta olmayotgandirlar. Kardiologiyada o‘qishimni xohlaganlarini sababi, o‘zlaridagi yurak kasallikgiga mendan shifo topishga ishonganlar shekilli… Mening tanlagan kasbimni bilib, otam qanchalik qiynalgani, o‘ylangani, ikkilanganini hozir teranroq tushunaman.

Oilamiz kattalashgani sari quvonchlar ham, tashvishlar ham ikki hissa bo‘la boshladi. Onamdan ham ko‘ra otam mening turli vaziyatlarga munosabatim va fikrimga quloq tutadilar, eshitadilar va ba’zan lozim bo‘lsa, o‘z fikrlari yechimlarini o‘zgartiradilar, menga ham yo‘l ko‘rsatadilar. Dilimda gapim ko‘p, miyamga yomg‘ir zanjiri kabi tomchilar quyilib kelgan chog‘ so‘zlarimni yakunladim.

Butun umr bizni o‘ylab yashagan, halol yashab, halol ishlagan, to‘rt bolani o‘qitib, oliy ma’lumotli qilgan, kamgap va mehribon, rafiqasini hech kimga bildirmay jon dildan sevib, hech kimga ishonmaydigan dadam. Sizni yaxshi ko‘raman, siz borsizki oilamiz butindir. Umringiz ziyoda bo‘lsin!

 

Sevinch MINGBOYEVA,

Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universetiti Jurnalitika fakulteti talabasi.

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>