Qalbi suyuk, nomi buyuk avlodlarim hamon qalbimizdasiz

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1999-yil 9-may kunini Xotira va Qadrlash kuni

deb e’lon qildilar va ushbu kunxalqimz uchun tom ma’noda inson qadr-qimmatiga yuksak e’tibor qaratish, ajdodlarni va ularning ko’rsatgan jasoratlarini g’urur bilanyod etish, xalqimizning shonli tarixini adolat-la tiklash kabi tushunchalarni o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy sana sifatida tarix zarqaraqlaridan joy oldi.Ushbu kunda ikkinchi jahon urushining qatnashchilari, front ortida xizmat qilgan faxriylari shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining xotirasiga hurmat bajo keltiriladi, ularning ko‘rsatganmustahkam matonati, mardligi va jasorati haqida keng aholi orasida, ayniqsa, yoshlar ongida tushuncha hosil qilish, targ‘ib etishva milliy an’analarimizga sadoqat, hurmat ruhida tarbiyalashmaqsadida bir qator ishlar olib boriladi, shuningdek bu muqaddas ayyommamlakatimiz bo’ylab yuksak saviyada nishonlanadi.

армия2

O‘tganlarning xayrli ishlarini yodga olish, qadrlash, ehtirom ko’rsatish bizning vazifamizdir. Shu ma’noda, ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ko’plab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish va e’zozlash, daxshatli urush va janglarni boshdan kechirgan, ayanchli holda, og’ir jarohatlar bilan qaytganoramizdagi keksalarimizga, front ortida sermashaqqat mehnati, xizmatlari  bilan g‘alabaga hissa qo‘shgan insonlarga tasannolar bildirib, ularga chuqur ehtirom hamda yuksak hurmat ko’rsatish o’zbek xalqining milliy hamda azaliyqadriyatlaridan biridir .

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g‘alaba qozonishda ko‘plab xalqlar juda katta hissa qo’shgan shu qatori O‘zbek xalqi ham. O‘sha paytda yurtimiz aholisining taxminan 1,5 million nafari insoniyatni larzaga solgan urushga safarbar etilgan. Yurtdoshlarimiz o‘z Vatanining ozodligi uchun, bugun biz kechirayotgan osuda hayot uchun, qolaversa, fashistlar bilan kurashish hamdayer yuzida tinchlik o’rnatish uchunayovsiz kurash olib borganlar. Ularning400 ming nafardan ortig’i beshafqat jang-u jadallardao’z jonlarini qurbon qilishdi, yanaminglab vadandoshlarimiz bedarak ketdi,640 ming nafari turli jarohatlar olishdi

Bugun fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan minglab vatandoshlarimizning so‘nmas xotiralarini yod etish moboynida biz shu narsaga amin bo’lamizki, qonli jangmaydonlarida va front ortida jasur va matonatli o’zbek o’g’lonlari o’zlarining naqadar yuksak jasorat va qahramonliklarga ega ekanliklarini namoyon qilganlar. Yurtdoshlarimiz vatan uchun, or uchun hayotining so’nggi onlarigacha dushman bilan kurash olib borganlar. Faxr bilan ayta olamizki, Vatan oldida o’z burchlarini munosib darajada bajarganlar.Ularning ko’rsatgan jasorati bugungi kun o’zbek o’g’lonlari uchun o’rnak bo’lsa arzidi.

“Ulug’ vatan urushi”ning so’nggiga qadar ayovsiz kurash olib borgan ko’plab xalqlar singari o’zbek xalqi ham SSSR aholisi uchun farovon va tionch hayot bag’shida etish yo’lida buyuk yo’qotishlarga sabab bo’lgan urushni tamomila tugatish uchun oxirigacha kurashganlar va g’alaba qozonishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.

Insoniyatga og’ir kulfatlarni yog’dirgan bu urushda 120 ming nafar yurdoshlarimizvatan ravnaqi uchun kurashlar nihoyasida munosib xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlandilar va sovet ittifoqi qahramonlari deya nom oldilar. Qolaversa urush moboynida o’zinng jonini tikib, hech narsadan qaytmasdan g’alaba sari odim qadam tashlab, unutilmas jasoratlar ko’rsatgan 32 nafar o’zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi.Bunday insonlar haqida juda ko’p gapirishimiz mumkin.

Urush qahramonlarinig nomini abadiylashtirish maqsadidayurtimizda qator ishlar olib borildi. Jumladan, 35 jildli Xotira kitobi tayyorlanib, nashr qilindi. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni xiyobonida maxsus majmua qurildi. Har bir viloyatda “Motamsaro ona” haykali o’rnatilib, Vatan ozodligi va tinchligi uchun jon berganlar nomi o’rnatildi.Bundan tashqari ushbu muqaddas ayyomdahozirda hayot bo’lgan urush qatnashilari,keksalarimizga alohida e’tibor ko’rsatiladi, yosh avlod tomonidan ularning holidan xabar olinib, ko’nglini ko’tarish, shod etish maqsadidama’naviy-moddiy yordam beradilar. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan vatandoshlarimizning xizmatlari unutilmasdir, ularning nomlari tariximizda, xalqimiz qalbida umrbod yashaydilar.

Mustaqillik yillarida xalqimizning ozod va obod hayotda tinch va osoyishta yashash orzusi amalga oshdi. Bunda mustahkam iroda va qahramonlik namunalarini amalda namoyon etgan, ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g’alabaga ulkan hissa qo’shgan yurtdoshlarimizning xizmatlari beqiyosdir. O’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama rivoji uchun, bugungi osoyishta hayotni barpo qilish uchun jonini fido qilgan o’zbek o’g’lonlarining jasorati, fidoyiliklari va matonatini doimo yodda saqlashimiz bizning eng muqaddas vazifalarimizdan biridir. Ajdodlar xotirasini yod etib,ularning ezgu ishlarini davom ettirishimiz, bugungi kunda bizning safimizdagi buyuk jasorat egalarini eslashimiz, e’zozlashimiz, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatishimiz bizga meros qilib qoldirilgan eng ulug’ ne’mat-tinchlikni saqlashimiz darkor. Zero, bugungi kunda global olamda urush tahdidi mavjudligi, balki bu tahlika kundan-kunga kuchayib borayotganligidan ham ogoh bo’lishimiz lozim.

 

Hulkaroy PARDABOYEVA,

O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>