Siz qanday shogirdsiz?

Журфак талабалари ижодий машқларидан.

ш1

 Siyqasi chiqqan muammodek tuyulsa ham,yechimi topilmaguncha  bu muammo  baribir muammodir!

Bolaga   ota-ona hayot beradi, ustoz esa shu hayotni tanitadi.Bilasizmi   nima uchun har bitta inson  birinchi o’qituvchisini umuman unutmaydi?   Nega doimo  yo’qlolmasa  ham, boring-ki, ancha yil ko’rmagan bo’lmasa ham shu ustozining ismi, familiyasini esda saqlaydi? Nega uning harf  tanitayotgan   jarayoni yoki aytib bergan ertaklari  ham  yodimizda  saqlanib qoladi? Chunki aynan o’qituvchi bizni bolalik  ummonidan katta hayot ostonasiga olib chiqqan.Har qanday buyuk inson  borki,  uning,  albatta, ustozi bor. Navoiy bobomizning ustozlari bo’lmaganmi yoki Ibn Sino bobomiz ustoz ko’rmaganmi?! Nyutonning boshiga olma tushgandan so’ng, u yerda tortishish kuchi mavjudligini fanga olib kirgan deyiladi manbalarda. YO’Q!!! Aslo unday emas, bu birgina tasodif… Agar uning ustozi fizika fanidan ta’lim bermaganda  edi, u ham  “Voy olma nega  tushdi?” emas, balki ko’pchilik singari “olma tushdi” degan bo’lardi. Ustoz shunday zotki, mehnatining qadrini bilmaydi. Lekin shu qadrsiz mehnat ortidan zamon rivojlanib bormoqda, mehnat egasi esa hali hanuz  tan olingani yo’q.Kimdir biror muvaffaqiyatga erishsa, “bu sening mehnating, mehnating zoye ketmabdi, otangga rahmat” kabi maqtovli gaplarni aytishadi.  Avvalo, otasiga rahmat deyishadi.Bilasizmi, ustoz  qachon maqtov eshitadi? Qachonki, muvaffaqiyatga erishganbolaning otasi  bo’lsa.

Ustozlarni   qadrlaymiz-ku, deyishingiz mumkin.Ha qadrlash uchun  imkon yaratib berilgan,ular uchun e’tibor  ajratilgan  — “1-  Oktabr – Ustozlar va  murabbiylar kuni ”. Qoyil-e, shu atigi bir kun ham bizga og’irlik qilyapti.Tan oling, shu sana yaqinlashaversa, “Xudoga shukr,bir yo’qlayman ” demaymiz, balki  “Hali  maosh tushmagan yana chiqim…” deya uh tortib qo’yamiz.Eng achinarlisi,  o’sha chiqimning “uh”ini o’zimizning ustozimiz uchun tortmaymiz.Muammo mana  qayerda,  shu bir kundayam  ustozimizni  yo’qlamaymiz.

Balki mening  shu fikrlarimni  o’qigan odam “Yo’q,men  aynan shukunda ustozimni  yo’qlab  turaman,tabriklayman,sovg’a  olib boraman ”  deya meni bilmasdan  so’zlashda  ayblashi  turgan gap. Haqiqatga qarshi  chiqishdan avval, tanganing ikkinchi tomonini  o’ylang: NEGA SIZ USTOZINGIZNI YO’QLASH  UCHUN  AYNAN  1- OKTABR  SANASINI  KUTASIZ???

Ustozni boshqa kunlarda yo’qlash mumkin emasmi?! Unda siz qanday shogirdsiz?Ustozni rasmiyatchilik uchun  yo’qlagan shogird shogird emas, u  asli johildir.Hayratlanmasdan iloj yo’q,ustoz rasmiyatchilik uchun tabriklashga kelgan shogirdining qutlovi sohtaligini  bilsa ham xursand bo’laveradi!!!  ILTIMOS, RASMIYATCHILIK  UCHUN  BO’LSA  HAM YO’QLANGLAR    USTOZLARNI!!!

Номаълум…

Вам может также понравиться...

Ответов: 6

  1. Зокирова Мадина:

    Устоз- отангдан улуғ деган мақол бежизга эмас. Устозлар бизга таълим тарбия беради, ўз фарзандига қарагандай қарайди. Нега энди устозларни расмиятчилик учун йўқлаяпмиз? Ахир у инсон отаку, отани расмиятчилик учун йўқлаган инсонни хеч замонда кўрганмисиз? Устозларимиз ҳам ота оналаримиздек улуғ! РАСМИЯТЧИЛИК УЧУН БЎЛСА ҲАМ ЙЎҚЛАНГЛАР УСТОЗЛАРНИ!!!

  2. Ustoz adshmasam bu maqola egasi kim ekanligini bugun darsda bilib oldik. Shunday ekan, ismi va familiyasini yozib qo’ysak yaxshi bo’lar edi.

  3. Assalom u alaykum,hurmatli kursdoshlarim,meni o’qiyotgan insonlar! Tabiatan haqiqatga o’ch bo’lganim sababli men yozgan ushbu maqolani haqiqiy bahosini bilmoqchi edim.Muhomalar va munozaralarga ,asosiysi,muallifi kim ekanligini bilishga bo’lgan harakatlarni ko’rish istagi ila o’zimni yashirdim.

  4. Sohiba maqola zõr chiqibdi . Tõğri aytasiz õquvchi birinchi ustozini xech qachon unutmaydi. Va xar doyim xurmat qilib ardoqlaydi.

  5. Ustoz otangdan ulug’ deb bekorga aytilmagan. Inson ustoziga o’z ota-onasiga qanday mehr hurmat ko’rsatsa, ustoziga ham shuni ravo ko’rishi kerak

  6. Sohiba maqolangizni mavzusi juda zo’r. Maqola ham orginal chiqibdi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *