Tarix – kelajak ko`zgusi

Tarix bizning bugungi kunimizni, kelajagimizni yorutuvchi mash’ala hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlagandek “Tarixni unutgan xalq, jamiyat o`z yo`lini yo`qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo`q”. Zero, tarix – borlig`imiz, kelajagimizdir.  Quvonarli jihati shundaki, hozirgi kunda yurtimizda kechagi kunini eslamaydigan, ajdodlarini, bobolarini yodga olmaydigan odamning o`zi bo`lmasa kerak.

O`tmishdagi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlarga sodiqlik, madaniy va ma’naviy merosning tiklanishi borasidagi bunyodkorlik ishlarining mazmun mohiyatini hamda fan yutuqlarini ta’lim jarayoni, yangi darslik va o`quv adabiyotlariga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlarning yanada tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida IX sonli talabalar turar joyiga tarix fanlar doktori, professor Rustam Hamidovich Sulaymonov va tarix fakulteti ma’naviy-marifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari Hikmatjon Polvonov, arxeologiya mutaxassisligi II bosqich magistranti Jahonov Temurxonlar tashrif buyurishdilar.

Talabalar bilan tarix, etnologiya, manbashunoslik, tarixshunoslik, va madaniyat tarixi masalalarida hamda bo`lajak mutaxassislarni tarixiy voqealarni haqqoniy o`rganish va ularga xolis baho berish, ma’naviy merosning tarixiy xotirani tiklashdagi ahamiyatini anglash to`g`risida zarur bilimlarni berib o`tdilar. Suhbat qizg`in, ochiq muloqot, savol-javob tarzda bo`lib o`tdi.

Talabalar o`zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Albatta bu kabi suhbatlar talaba-yoshlarning yanada ko`p bilim olishga, tarixiy bilimlarini oshirishga chorlaydi va kerakli xulosa chiqarishga yordam beradi. Zero, tarix – bizning kamchiliklarimizni, xatolarimizni to`g`irlovchi dasturamaldir. Tarixsiz kelajakni tasavvur qilib bo`lmaydi. Biz tarixchi yoshlar ustozlarimiz bergan bilimlar asosida farovon kelajakni barpo qilishga harakat qilamiz.

Насиба

Nasiba NARZULLAYEVA,

O`zMU gazetasi muxbiri

You may also like...

1 Response

  1. Temurkhan:

    Haqiqatdan bunaqa davra suhbatlarini yanada ko’proq o’tqazishga harakat qilamiz.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>