Telejurnalistikada universallashuv va ixtisoslashuv masalasi

Журфак талабаларининг ижодий машқларидан.

2

Jurnalist ishi hech bir yerda oson emas. Hech bir yerda jurnalist uchun keng ochiq eshik mavjud emas, o‘zingiz talab qilmasangiz, hech kim sizni davraga turli shartlarsiz taklif qilmaydi. Jurnalist doimo shubha va sinov ostida. Lekin insoniyat nimaniki bilsa, tasavvur qilsa, bu jurnalist mehnati, jasorati va iqtidori samarasidir. Dunyo ahli jurnalistlardan qanchalik nolimasin, kurrayi zamin bo‘ylab, ular insoniyatga suv va havodek zarurlar. Axborot texnologiyalar asri hisoblangan XXI asrda telejurnalistlarga ham shu ta’rifni keltirish o’rinlidir.

Axborot bu kuch. Informatsiya va informatsion texnologiyalar hukmron bu zamonda buni anglamaslik ojizlik bo‘ladi. Ishonchli, har tomonlama sifatli, mustahkam asosga ega axborot kimning qo‘lida bo‘lsa va qay axborot vositasi o‘ziga ko‘proq odamni qarata olsa, marra — o‘shaniki. Televideniye tasvir, ovoz va so’z birligida insonlarda ishonch uyg’ota olish uchun keng imkoniyatlarga ega. Buning uchun esa yetuk telejurnalist kadrlar darkor. Xoh u universal jurnalist bo‘lsin, xoh ixtisoslashgan jurnalist. Chunki, bu yerda jurnalist pozitsiyasi asosiy rolni o‘ynaydi. O‘zini jurnalistman degan odam, bu kasb va sohaning asl mohiyatini tushungan inson bilishi kerakki, jurnalist ziyo tarqatadi, bittama-bitta, oynayi jahon qarshisidagi har bir tomoshabin bilan ko’rinmas muloqot o’tkazadi. Xalq ishonchini qozona olmasangiz, qayerda, qaysi vaziyatda efirga chiqishingizdan, nima haqda so’zlashingizdan qat’iy nazar, jurnalist emassiz. Jurnalist beradigan axborot odamlarga bilim berishi, ularni yo’naltirshi va atrofdagi masalalarga yechim qidirib, muammolarni bartaraf etish uchun chora ko‘rishga undashi lozim. Har qanday yangilik, xushxabarmi yo shumxabar, tomoshabinni loqaydlikdan ogohlik tomon yetaklashi zarur. Bir necha yillar o‘tsa ham telejurnalistikaning bu asosiy qoidalari va vazifalari o‘zgarmaydi. Demak, bo‘lg‘usi jurnalist ham aynan shu an’analarga rioya qilgan holda o‘zining yo‘lini: universallik yoki ixtisoslashuvni tanlashlari mumkin. [1]

Albatta, har qanday zamonda ham har ikkisiga talab doimo bo‘ladi. Chunki, ikkisining vazifalari turlicha va insonlar ham doimo ikki qarama-qarshi tarafning birining tomonida turishadi. Agar talab mavjud ekan ulardan hech biri yo‘qolib ketmaydi. Yo‘q bo‘lishning asosiy sababi bu jamoatchilik undan yuz o‘girishidir. Agar xalq buni istamasa, har qanday yo‘nalish va soha ham tubanlikka yuz tutishi mumkin.

Telejurnalistikada ixtisoslashuv va universallashuv masalasi XXI asrdan beri katta ahamiyat kasb etadi. O’tgan asrda televideniye shakllanish va rivojlanish bosqichidan o’tdi, endi tomoshabin undan ham mukammallashuvni talab etmoqda. Shu o‘rinda, u ta’lim,  tajriba va jamiyat tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Avvalambor, buni ta’lim tizimidagi islohotlarda kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Xususan, ixtisoslikka hozirda ko‘proq e’tibor qaratilayotganini O‘zbekistondagi barcha jurnalistika fakultetlarida har bir yo‘nalish va sohani alohida fan sifatida o‘tilayotgani, maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha turli musobaqa va tanlovlar o‘tkazilayotgani va yosh jurnalistlarning qaysidir sohadagi iqtidorini yuzaga chiqarishayotgani ham buning yaqqol misolidir. Demak, hozirda asosiy e’tibor ixtisoslikka qaratilyapti. Universallik-chi? U hozirda qanday ahamiyat kasb etmoqda. Universal jurnalistlar ham, albatta, kerak. Agar biz masalaga faqat bir tarafdan e’tibor qaratadigan bo’lsak, katta xatoliklarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Axir, jurnalistika faqat ixtisoslikdan iborat emas. Televideniyening hali ochib ulgurilmagan qirralari mavjud. Shuningdek, dunyoga kengroq nazar bilan boqish lozim, faqatgina ixtisoslik bilan emas.

Jamiyat ham, jurnalist va OAVga bo’lgan ehtiyoj ham o‘zgardi. Endi ana shu o’zgarishlar bizdan yanada zamonaviylashuvni — ixtisoslashuvni talab qilmoqda. Ba’zan yangi narsaga erishishimiz uchun eskisidan voz kechamiz. Balki, jamiyat ham takomillashuv va jadallashishga erishish uchun eski an’analardan voz kechishni, axborot to‘plash, tahlil qilish va uzatish uchun yangicha uslub talab qilayotgandir. Ya’ni ixtisoslashuvni. Chunki, hozir kunda ko‘pchilikni universal jurnalistlar tayyorlagan telemateriallar qiziqtirmay qo‘ydi. Odamlar bir xil ko’rsatuvlardan zerikdi. Ixtisoslikning afzal taraflaridan biri shuki, u o‘ziga ma’lum standartlar asosida auditoriya to‘play oladi. Ya’ni, yosh, kasb-hunar, qiziqish jihatidan. Masalan, sisosiy jurnalistning materiallari siyosatga aloqador kishilar uchun muhim hisoblansa, yoshlarning interaktiv materiallari aynan o‘sha yoshlar uchun moslangan. Ammo bu bir paytning o‘zida salbiy tarafga ham xoslangandir. Chunki, ularning faoliyatlariga jamiyatning ma’lum bir qismigina qiziqadi. Universal jurnalist esa har safar turli xil ijod faoliyati bilan barcha turdagi aholini “o’ziga qaratib qo‘yishi” mumkin. Shunday ekan, ba’zan aynan qay biri ilgarilab ketishi mumkinligini tahmin qilish ham qiyin. Shuningdek, aslini olganda, ixtisoslashgan jurnalist ham universal jurnalistdir. Chunki, texnik qurilmalar, statsionar va mobil telefonlar o‘zida quyidagilarni birlashtiradi: aloqa o‘rnatish, axborotni yoritish, tayyorlash, tahrir etish, foto, video va audio materiallarni yozib olish vositasi sifatida foydalaniladi. Shu bilan birga ularni xoh maishiy, xoh professional nuqtai nazardan foydalanayotgan bo‘lsin sifatli amalga oshirish talab etilmoqda. Zamonaviy telejurnalist bitta smartfoni bilan tezlikda videorolikni tasvirga tushira olishi, joylardan intervyu olishi hamda ularni o‘zi tahririyatga jo‘natib, chop eta olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Demak, ushbu texnik imkoniyatlar fotograf, rejissyor, operator va hokazolarning yuksak mahorat va malakasini inkor etmaydi, aksincha, uni to‘ldirishga, mukammalroq qilishga va ishini osonlashtirishga xizmat qiladi.
Professionalizm nuqtai nazaridan esa ushbu jabhada jurnalistik faoliyatning turli ko‘rinishlariga xos bo‘lgan xususiyatlar bir-biri bilan aralashib ketish jarayoni ro‘y beradi. Masalan, gazetaga yozuvchi jurnalist televideniye uchun “tasvirga olish” malakasiga ham ega bo‘lishi kerak va hokazolar.

Hozirda jurnalistlar bilishadiki, ular jamiyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, haqiqat uchun kurashishga shay turgan insonlardir. Biz dunyodan, dunyo esa bizdan ko‘p narsani o‘rganadi. Shunday ekan, jurnalist ixtisoslashadimi yoki universallashadimi asosiy oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan tonmasligi kerak. Ammo sezib turibmizki, jamiyat ixtisolashgan jurnalistikaga ko‘proq e’tibor va qiziqishini qaratyapti. Chunki,globallashuv jarayonida odamlarning OAVga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarmoqda. Ularni hayratlantirish borgan sari qiyinlashib ketmoqda. Insonlarni o‘z tarafiga “og‘dirish” uchun endilikda jurnalistdan yuqori malaka va yangi uslub kutilmoqda. Universal jurnalistdan ko‘ra ma‘lum sohaga ixtisoslashgan jurnalistga talab ortmoqda. Unutmaslik kerakki, jurnalistikada aynan o‘sha jamoatchilik talabi birinchi o‘rinda turadi. Biz jamiyat istagan va kelgusida istashi mumkin bo‘lgan narsani ham avvaldan bilishimiz kerak. Axir, jurnalist doimo bir qadam oldinda bo‘lmog‘i darkor.

Televideniyeda ixtisoslashuv va universallashuvning istiqboli esa jamiyat nimani to‘g‘ri deb topishida, qaysi biri kutilgan natijani berishida, odamlarning talab va qiziqishlari, ularning ishonchiga bog’liq. Kelajak jurnalistikasi haqida esa biz faqat tahmin qila olamiz va bu farazlarni ro‘yobga chiqarish uchun bizdan jurnalistik fazilatlar, mahorat va mehnat talab qilinadi.

Rahimjonov Lazizjon

 ____________________________________

[1]Harakatlar strategiyasi: islohotlar jarayoni va ommaviy axborot vositalari. Navbahor Imomova. 2018. 23-bet

You may also like...

9 Responses

  1. Зокирова Мадина:

    Лазиз ёзган мақолангизни ўқиб ўзимга керакли маълумотларни билиб олдим.
    Етук тележурналист кадрлар бўлиб тетишимиз учун ҳаракат қилмоғимиз керак.

  2. Madina yetishishimiz so’zi tetishishimiz bo’lib qolibdi. Shuni to’g’irlab qo’ysangiz.

  3. Umida Imomova:

    Laziz yozgan maqolangizdan o’zim uchun ma’naviy ozuqa oldim. Madina siz yozgan fikringizda imloviy xato bor. Ketishimiz uchundir balki, siz «tetishimiz» debsiz.

  4. Laziz yozgan maqolangizni o’qib to’g’risini aytsam qoyil qoldim. Maqola yozish qobiliyatingiz borligini endi bildim. Qoyil.

  5. Kamola Lazizni qobilyatini kech bilibsizmi. Bu qobiliyat Lazizda azal azaldan borku. Tug’ma iste’dod sohibi u

  6. Laziz maqolangizdan kerakli ma’lumotlar oldim.Shu tariqa ijod qilishni davom ettiring .

  7. Laziz maqolangizdan juda kõp manaviy oziqa oldim. Ilod qilishda tõxtamang. Omad

  8. Lazizbek maqolangiz juda o’rinli yozilgan, sizga o’xshgan yana 2-3 ta jurnalist yetishib chiqsa, yurtimiz jurnalistik salohiyati bir necha barobar o’sgan bo’lardi deb o’ylayman

  9. Laziz maqolangiz juda zo’r chiqibdi menga juda yoqdi siz kelajakda o’z kasbingizning yetuk mutaxasisi bo’lasiz xudo xoxlasa.

Добавить комментарий для Umida Imomova Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>