Turkiyalik mutaxassisning mahorat darsi

Dunyo koʼrgan – dunyo bilan boʼylashadi, degan hikmatli gap bor.

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida bugun 30 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muasssasalari bilan ilmiy hamkorlikni yoʼlga qoʼyilgan. Jurnalistika fakulьteti talabalariga ham vaqti-vaqti bilan xorijlik mutaxassislar mahorat darslari oʼtib turadi.

Yaqinda Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining matbuot boʼyicha eksperti Davut Gazi Benli “Chet el elchixonalari Аxborot xizmatining mamlakat ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi” mavzuida oʼtgan on-layn mahorat darsi OʼzMU Jurnalistika fakulьteti 1-kurs talabalarida katta qiziqish uygʼotdi.

Davut Gazi Benli Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida aloqa va matbuot maslahatchisi lavozimida faoliyat koʼrsatgan kezlari Oʼzbekiston OАV xodimlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʼtarishda qator loyihalarni amalga oshirishda koʼp tashabbuslar koʼrsatgani yaxshi maʼlum. Turkiyalik mutaxassis 2017 yildan buyon OʼzMU Jurnalistika fakulьteti bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼygan edi.

1 2 3 4 5

Videokonferentsaloqa shaklida oʼtgan mahorat darsida Jurnalistika kafedrasi dotsenti Toʼlqin Eshbekov Oʼzbekistonda jurnalist kadrlar, xususan, Аxborot xizmati xodimlari tayyorlash boʼyicha amalga oshirilayotgan maʼrifiy ishlar haqida qisqacha maʼlumot berar ekan, bu borada xalqaro hamkorlik, oʼzaro tajriba almashish izchil yoʼlga qoʼyilishi qanchalik samara berishini alohida taʼkidladi.

Taniqli xalqaro jurnalist Davut Gazi Benli Turkiyada matbuot sohasi boʼyicha yetakchi ekspertlardan biri hisoblanadi. U ingliz, nemis, arab va oʼzbek tillarini mukammal biladi.

– Men Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida faoliyat yuritgan kezlarim oʼzbekistonlik jurnalistlar ishtirokida qator tadbirlar oʼtkazgan edik,– dedi Davut Gazi Benli.– Oʼsha kezlarda Turkiyada bir necha marta mediya-turlar tashkil etganmiz. Bu anjumanlarda oʼnlab oʼzbek jurnalistlari qatori OʼzMU Jurnalistika fakulьteti dotsenti Toʼlqin Eshbekov ham bir necha marta faol ishtirok etganini yaxshi eslaymiz. Uning Turkiya taassurotlari haqida yozgan ocherklari bizda katta taassurot qoldirgan. Umid qilamizki, bugun mana shu dargohda tahsil olayotgan boʼlgʼusi jurnalistlar ana shunday ilmiy-ijodiy hamkorlik aloqalarini izchil davom ettiradilar.

Turkiyalik mutaxassisning jurnalistika, jumladan, Аxborot xizmati faoliyatini takomillashtirish yuzasidan bildirgan fikrlari talabalarda katta qiziqish uygʼotdi.

Interfaol shaklida oʼtgan on-layn mahorat darsida talabalar bu mavzuda oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

 

Mahliyo MIRSOАTOVА,

OʼzMU Jurnalistika fakulteti dekani

***

Туркиялик мутахассиснинг маҳорат дарси

Дунё кўрган – дунё билан бўйлашади, деган ҳикматли гап бор.

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетида бугун 30 дан ортиқ ривожланган давлатларнинг нуфузли олий таълим муасссасалари билан илмий ҳамкорликни йўлга қўйилган. Журналистика факультети талабаларига ҳам вақти-вақти билан хорижлик мутахассислар маҳорат дарслари ўтиб туради.

Яқинда Туркия Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармасининг матбуот бўйича эксперти Давут Гази Бенли “Чет эл элчихоналари Ахборот хизматининг мамлакат оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорлиги” мавзуида ўтган он-лайн маҳорат дарси ЎзМУ Журналистика факультети 1-курс талабаларида катта қизиқиш уйғотди.

Давут Гази Бенли Туркия Республикасининг Тошкентдаги элчихонасида алоқа ва матбуот маслаҳатчиси лавозимида фаолият кўрсатган кезлари Ўзбекистон ОАВ ходимлари билан ҳамкорликни янги босқичга кўтаришда қатор лойиҳаларни амалга оширишда кўп ташаббуслар кўрсатгани яхши маълум. Туркиялик мутахассис 2017 йилдан буён ЎзМУ Журналистика факультети билан ҳамкорликни йўлга қўйган эди.

Видеоконференцалоқа шаклида ўтган маҳорат дарсида Журналистика кафедраси доценти Тўлқин Эшбеков Ўзбекистонда журналист кадрлар, хусусан, Ахборот хизмати ходимлари тайёрлаш бўйича амалга оширилаётган маърифий ишлар ҳақида қисқача маълумот берар экан, бу борада халқаро ҳамкорлик, ўзаро тажриба алмашиш изчил йўлга қўйилиши қанчалик самара беришини алоҳида таъкидлади.

Таниқли халқаро журналист Давут Гази Бенли Туркияда матбуот соҳаси бўйича етакчи экспертлардан бири ҳисобланади. У инглиз, немис, араб ва ўзбек тилларини мукаммал билади.

– Мен Туркиянинг Тошкентдаги элчихонасида фаолият юритган кезларим ўзбекистонлик журналистлар иштирокида қатор тадбирлар ўтказган эдик,– деди Давут Гази Бенли.– Ўша кезларда Туркияда бир неча марта медия-турлар ташкил этганмиз. Бу анжуманларда ўнлаб ўзбек журналистлари қатори ЎзМУ Журналистика факультети доценти Тўлқин Эшбеков ҳам бир неча марта фаол иштирок этганини яхши эслаймиз. Унинг Туркия таассуротлари ҳақида ёзган очерклари бизда катта таассурот қолдирган. Умид қиламизки, бугун мана шу даргоҳда таҳсил олаётган бўлғуси журналистлар ана шундай илмий-ижодий ҳамкорлик алоқаларини изчил давом эттирадилар.

Туркиялик мутахассиснинг журналистика, жумладан, Ахборот хизмати фаолиятини такомиллаштириш юзасидан билдирган фикрлари талабаларда катта қизиқиш уйғотди.

Интерфаол шаклида ўтган он-лайн маҳорат дарсида талабалар бу мавзуда ўзларини қизиқтирган саволларга атрофлича жавоблар олдилар.

 

Маҳлиё МИРСОАТОВА,

ЎзМУ Журналистика факультети декани

You may also like...

3 Responses

  1. Dunyo miqyosida oladigan bo’lsa bizning madaniyatimizga monand mamlakatlardan yetakchisi bo’la oladigan davlat bu-Turkiya. Konferens aloqa o’rnatilishi shaxsan men, balki butun gurux talabalari o’zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Bu mahorat darsini tashkil etgan va unga bosh qosh bo’lgan To’lqin Eshbek domlamizga raxmatlar aytib o’z hurmatimni bildiraman.

    Abbosbek Tojiboyev

  2. Durdona:

    Gazetecilik bizim için gelecek.
    Ülkenin kalkınması için biz gazetecilerin komşu ülkelerle daha yakın çalışmamız gerekiyor. Çünkü fikirleri paylaşmak bize çok şey verir. Ünlü uluslararası gazeteci Davut Gazi Benley’den aldığımız ders bizim için büyük bir başarıydı. Gazeteciliğe olan sevgimiz daha da büyüdü. Hocamız Tolqin Eshbek’ten daha fazla ders düzenlemesini rica ediyoruz. David Amca’ya çok teşekkürler. Öğrenci mentorlarının yardımıyla uluslararası gazeteciliği daha derinlemesine inceliyoruz. Gazetecilerle görüş alışverişinde bulunmak için Türkiye dahil yurt dışına çıkmak istiyoruz ve Türk gazeteciler ülkemize gelip deneyimlerini bizimle paylaşabilir!
    Saygılarımızla, Hayitova Durdona, Özbekistan Ulusal Üniversitesi Gazetecilik Fakültesi 1. sınıf öğrencisi

  3. Talabalarning oldinga harakat qilib maqsadiga erishishida ularga har tomonlama motivatsiya kerak bo‘ladi. Biz O‘zMU Jurnalistika fakulteti «Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar» yo‘nalishi talabalariga shu soha bo‘yicha turkiyalik mutaxassis Davut Gazi Benlining onlayn shaklda dars tashkil etilishi sohaga bo‘lgan qiziqish va mehrimizni oshirdi. Dars davomida jurnalistlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ularning aniq vazifalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Taassurotlar juda zo‘r! Shunday darslarni yana kutib qolamiz. Darsni tashkillashtirgan To‘lqin Eshbekov va Davut Gazi Benli ustozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>