UYDA QOLING
Talabalar ijodidan
Yurtboshim aytmoqda uyda qoling deb,
Jonajon xalqim omon bo’ling deb.
Toj virusi bizdan yiroq bo’lsin deb,
Vatanni asraylik UYDA QOLING do’st.
Oilangiz bag’rida mehrga to’yib,
Otangiz o’gitin quloqqa qo’yib.
Vatanni sevib ishqida kuyib,
Oilangizni asrang UYDA QOLING do’st.
Mayli CHo’lpon kabi dorlarga bormang,
Amir Temur kabi yovlarni quvmang.
Xiyonat suviga qo’lingiz yuvmang,
O’zligingiz anglang UYDA QOLING do’st.
Qancha buyuk zotlar hali beshikda,
Qancha g’alabalar kutar eshikda.
Dou qiling tongda hatto tushlikda,
Olamni asraylik UYDA QOLING do’st.
CHingizning qilichi singan makon bu,
Ollohning nazari tushgan makon bu.
Savoblar yig’ishga balki imkon bu,
Olamni asraylik UYDA QOLING do’st.
Qo’rqmang bizga doim olloh madatkor,
Sabr qilib uyda qolmoqlik darkor.
Vatandoshlar aytaman takror va takror,
Olamni asraylik UYDA QOLING do’st.
Islombek Murodillayev,
O`zMU matematika fakulteti IAT yunalishi talabasi
Сўнгги фикрлар