VIDEOSEMINAR

JORIY YIL 6 IYUL KUNI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIDA “OLIY TA’LIM

MUASSASALARI AXBOROT XIZMATLARINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI BILAN SAMARALI HAMKORLIGINI TASHKIL ETISH VA HUQUQBUZARLIK PROFILAKTIKASI MASALALARI”GA BAG‘ISHLANGAN VIDEOSEMINAR BO`LIB O`TDI

 Videoseminarda vazirlik rahbariyati, axborot xizmati, ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi xodimlari, O‘zMUning jurnalistika, O‘zDJTUning xalqaro jurnalistika fakultetlari professor-o‘qituvchilari, respublika OTMlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlik profilaktikasi Bosh boshqarmasi bosh inspektori, podpolkovnik R.Naimov, Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati boshlig‘i T.Abdullayevlar videoseminarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Dotsent N.Qosimovaning axborot xizmatlarining ommaviy axborot xizmatlari bilan samarali hamkorligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida ushbu faoliyatni oliy ta’lim muassasalarida samarali takshil etishga doir qimmatli ma’lumotlarga boy bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi holatiga bag‘ishlangan vazirlik axborot xizmati rahbari F.Babashevning chiqishida tanqidiy fikrlar ham bayon etildi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Rahmonov o‘z chiqishida “Huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha davlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari hamkorligi Konsepsiyasi” ijrosini ta’minlashda IIV, OAV va OTMlari hamkorligining ahamiyatiga alohida urg‘u berildi.

Manba: Axborot xizmati

07.07.2017

____________________________________________

Ведиосеминарда ЎзМУ Ахборот хизмати раҳбари, Журналистика факультети доценти, филология фанлари номзоди Тўлқин Эшбеков сўзга чиқиб, ташкилот ва муассасаларнинг Ахборот хизматлари фаолиятини янада такомиллаштириш юзасидан ўз фикр-мулоҳазаларини баён этди. У айнан шу мавзуда 2006 йилда номзодлик диссертациясини ёқлаганини ва «Ахборот хизматлари» деб номланган ўқув қўлланмасини соҳа ходимлари катта қизиқиш билан кутиб олганини таъкидлади.. Айни пайтда Тўлқин Эшбековнинг «Мулоқот майдонида ахборот хизматининг ўрни» деб номланган навбатдаги ўқув қўлланмаси нашр этилмоқда. Шу асосда тайёрланган слайд республикамизнинг барча олий таълим муассасалари Ахборот хизматларига тақдим этилади.

 kitob uch ildiz

 

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>