Yurtimiz hayotida turizm

Бўлар талаба бошдан, дейди Дониш домла Gulnigorga ижодий парвозлар тилаб.

Uzbekistan3

     Turizm sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Bu soha ko’plab davlatlarning daromad manbalaridan biriga aylangan. Bizning mamlakatimiz ham bundan mustasno emas. Hozirda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz mamlakatimizda turizmni rivojlantirish to’g’risida muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ular, asosan, xorijiy turistlar oqimini ko’paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirishga qaratilgan qarorlardir. Bizning mamlakatimizda turizm sohasi uchun tarixiy va boy madaniy me’rosimiz yetarli, uni dunyoga tanitish esa bizning qo’limizda.

O’zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga — 7300 dan ortiq qadimiy-me’moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro’yhatiga kiritilgan. Ularning ko’pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo’qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Xitoyliklar turizm markazlarimizdan biri hisoblangan Samarqand shahrini  “2018-yilda xitoyliklar va boshqa xorijiy sayyohlarga tashrif buyurish uchun tavsiya  etiladigan dunyoning eng yaxshi ekzotik 10 shahri” nominatsiyasi bilan taqdirladi.

Mamlakatimizning betakror tabiati, go’zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo’nalishlar ochish mumkun. Bu sohaga jahon brendlarini jalb etish maqsadga muvofiqdir. Turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo’lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni berish, jahon andozalariga javob beradigan mehmonxonalar sonini ko’paytirish ham muhimdir.

Turizm o’z novbatida xorijiy tillar bilan bog’liq. Xorijiy tillarni o’qitish yurtmizda keng qamrovlidir. Toshkentda har yili xorijiy tillarni o’qitish va amaliy tilshunoslik bo’yicha konfrensiya o’tkazilib kelinadi. Shu yilning 19-aprelida 9-xalqaro konfrensiya bo’lib o’tdi. Konfrensiyani o’tkazishdan maqsad – xorijiy tillarni o’rganish jarayonini takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy tilshunoslikning nazariy va amaliy jihatlari bo’yicha muhokamalar uchun axborot maydonchasini yaratishdir.

 

Gulnigor Eshquvvatova,

O’zMU xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabasi

You may also like...

1 Response

  1. Yuqoridagi fikrlarga qo’shilaman turizimni yanada rivojlantirishimiz kerak.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>