Гиёҳвандлик – ҳаёт кушандаси

Гўзал ҳаётимизга совуқ кўланка солиб турадиган иллатлардан бири – гиёҳвандлик ҳисобланади.

Бундай иллатларга қарши курашнинг ёрқин йўлларидан бири – тушунтириш ишларини мунтазам равишда олиб боришдир. Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетида ўтказилган давра суҳбати “Гиёҳвандлик моддаси ва унга қарши курашиш чора-тадбирларини кучайтириш” мавзусига бағишланди.

– Эндигина камолот ёшига етаётган соддадил ёшлар онгини заҳарлаш йўли билан уларни тўғри йўлдан адаштирадиган кимсалар ҳам учраб туради,– деди ЎзМУ Маънавий-маърифий ишлар бўйича проректори Давлатбой Жумабоев.– Ҳар қандай инсоннинг онгини заҳарлайдиган, тузалмас балоларга гирифтор этадиган иллатлардан бири – гиёҳвандлик эканини талабаларимиз ҳам яхши тушунадилар. Бундай ботқоққа ботганлардан ҳар қанақа ёвузлик кутса бўлади. Биз учун бундай ёт ғояларга фақатгина маънавиятимизни юксалтириш орқали курашиш ижобий самарасини бериши мумкин. Шундай экан, бу мавзуда тез-тез суҳбатлар, соҳа мутахассислари билан учрашувлар ўтказиб туриш мақсадга мувофиқдир.

ге1 ге2 ге3 ге4 ге5 ге6 ге7 ге8 ге9

Тадбирда сўзга чиққан Тошкент шаҳар Наркология диспансери врач-наркологи Нодира Абдуллаева, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Наркотик моддаларни назорат қилиш миллий маркази бўлим бошлиғи Шуҳратжон Ғуломов, университет Мураббийлар кенгаши раиси Аброр Хидиров ва бошқалар гиёҳвандликнинг зарарлари, тамаки ва алколголь моддаларининг гирдобига тушган ёшлар организмидаги салбий ўзгаришлар, наслга, соғлиққа, онг ва тафаккурига салбий таъсири ҳақида атрофлича сўз юритдилар.

Тадбир иштирокчилари “Зулматга йўл” видеофильмини қизиқиш билан томоша қилдилар.

– Осойишта ҳаётимиз учун гиёҳвандлик қанчалик зарарли иллат эканлигини бугунги маърузалардан ва айниқса “Зулматга йўл” видеофильмидан теранроқ ҳис этдик,– дейди Журналистика факультети талабаси Исфандиёр Бургутбоев.– Биз яхши яшаш, орзуларимизга эришиш учун интиламиз. Шундай экан, она Ватанимиз тинчлиги ва осойишталигининг қадрига етиш, гиёҳвандлик каби ёвуз иллатлардан йироқ бўлиш, таъбир жоиз бўлса, унга қарши курашишни бурчимиз, деб биламиз. Бу борада бизга ҳафта давомида ўтказиладиган “Ахборот ва мураббийлик” соатлари ҳам катта сабоқ бўлмоқда.

Тадбир давомида талабалар бу мавзуда ўзларини қизиқтирган саволларига атрофлича жавоблар олдилар.

 Эркин Усмонов,

ЎзМУ газетаси мухбири

***

Giyohvandlik – hayot kushandasi

 Go`zal hayotimizga sovuq ko`lanka solib turadigan illatlardan biri – giyohvandlik hisoblanadi.

Bunday illatlarga qarshi kurashning yorqin yo`llaridan biri – tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borishdir. Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida o`tkazilgan davra suhbati “Giyohvandlik moddasi va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish” mavzusiga bag`ishlandi.

– Endigina kamolot yoshiga yetayotgan soddadil yoshlar ongini zaharlash yo`li bilan ularni to`g`ri yo`ldan adashtiradigan kimsalar ham uchrab turadi,– dedi O`zMU Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektori Davlatboy Jumaboyev.– Har qanday insonning ongini zaharlaydigan, tuzalmas balolarga giriftor etadigan illatlardan biri – giyohvandlik ekanini talabalarimiz ham yaxshi tushunadilar. Bunday botqoqqa botganlardan har qanaqa yovuzlik kutsa bo`ladi. Biz uchun bunday yot g`oyalarga faqatgina ma’naviyatimizni yuksaltirish orqali kurashish ijobiy samarasini berishi mumkin. Shunday ekan, bu mavzuda tez-tez suhbatlar, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar o`tkazib turish maqsadga muvofiqdir.

Tadbirda so`zga chiqqan Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vrach-narkologi Nodira Abdullayeva, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo`lim boshlig`i Shuhratjon G`ulomov, universitet Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov va boshqalar giyohvandlikning zararlari, tamaki va alkolgol moddalarining girdobiga tushgan yoshlar organizmidagi salbiy o`zgarishlar, naslga, sog`liqqa, ong va tafakkuriga salbiy ta’siri haqida atroflicha so`z yuritdilar.

Tadbir ishtirokchilari “Zulmatga yo`l” videofilmini qiziqish bilan tomosha qildilar.

– Osoyishta hayotimiz uchun giyohvandlik qanchalik zararli illat ekanligini bugungi ma’ruzalardan va ayniqsa “Zulmatga yo`l” videofilmidan teranroq his etdik,– deydi Jurnalistika fakul`teti talabasi Isfandiyor Burgutboyev.– Biz yaxshi yashash, orzularimizga erishish uchun intilamiz. Shunday ekan, ona Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligining qadriga yetish, giyohvandlik kabi yovuz illatlardan yiroq bo`lish, ta’bir joiz bo`lsa, unga qarshi kurashishni burchimiz, deb bilamiz. Bu borada bizga hafta davomida o`tkaziladigan “Axborot va murabbiylik” soatlari ham katta saboq bo`lmoqda.

Tadbir davomida talabalar bu mavzuda o`zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

 Erkin Usmonov,

O`zMU gazetasi muxbiri

You may also like...

6 Responses

  1. Biz ko’pchiligimiz qishloqdan shaharga kelib o’qiymiz. Bu esa ana shu toifadagi talabalar uchun katta mas’uliyat degani. Ota-ona ishonchi, Ona tuproq umidi, deganlaridek…
    Xullas, biz o’z yo’limizni tanlab olgan va mustahkam asosga ega bo’lgan yoshlardanmiz. Bizga giyohvandlik, odam savdosi kabi illatlar mutlaqo yod. Biz hamisha o’z tanlagan yo’limizdan boramiz. Kelajakda bizdan yetuk kadrlar yetishib chiqadi. Buning uchun esa bizda hamma imkoniyat bor.

  2. Bugungi tadbir barchamiz uchun katta saboq bo’ldi. Ayniqsa, uchrashuvda taqdim etilgan videorolik ishtirokchilarga qattiq tasir qildi. Biz kelajagimizni bunday yod illatlar asosiga qurmoqchi emasmiz. Biz sog’lom turmush tarzi, tinchlik va bunyodkorlik tarafdorimiz.

  3. Uchrashuv chindan ham juda qiziqarli o’tdi. Narkamaniyaning yovuz va tajavvuzkor illat ekaniga ma’ruzachilarning chiqishlari orqali yana bir karra guvoh bo’ldik. Uchrashuvdan biz kerakli xulosalar chiqardik.

  4. Har bir insonning kamolotga yetishishi uchun turli xil to’siqlar bo’ladi. Bu to’siqlardan biri bu giyohvandlikdir. Bu baloga yo’liqqan kishi hech qachon hayotdan rohat-farog’at topa olmaydi. Zero, bu baloga chalinganlarning o’rtacha umri ham qirq yoshdan oshmasligi o’z isbotini topgan! Bunday haqiqatni zinhor va zinhor unutmasligimiz kerak!

  5. uchildiz.uz ishlayapdimi???

Добавить комментарий для Oypari Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>