Талаба қиз бонг уради!

Айтсам — тилим, айтмасам — дилим куяди, деганга ўхшаш бир мудҳиш гап…

Бўлғуси журналистларни маҳорат дарси доирасида пойтахт шаҳримизнинг кўрки ҳисобланмиш «Адиблар хиёбони»га олиб борган эдик. Устоз шоир Эркин Воҳидов ҳайкали олдида шеърхонлик қилаётган пайтимиз бир талабамиз хиёбон йўлаклари бўйига ўрнатилган ўриндиқ (скамейка) томон ишора қилди. Қарасак, ўриндиқда қандайдир йигит ва қиз беҳаёларча қучоқлашиб ўтирар, беорларча қилиқлар қилишарди…

Ориятли йигитларимиздан бири: «Бориб, бир танобини тортиб қўяйми?» деди ўша томон чоғланиб. Уни секингина тўхтатдим. Ҳозир улар билан ади-бади айтишишнинг мавриди эмаслигини тушунтирдим… Буни тегишли мутасаддиларга етказишимиз мақсадга мувофиқ бўлишини айтдим.

Бир пайтлар энг мўътабар даргоҳлардан бири — пойтахт шаҳримиздаги Шаҳидлар хиёбонида ҳам шунақа безбетлар  урчиб кетганини ва тегишли ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари саъй-ҳаракатлари билан у ер ҳам тозаланганини эслатдим. Пайти келиб бу мўътабар маскан ҳам покиза жойга айланишига умид уйғотдим.

Қуйида куюнчак талабамиз Dilso’z Nabiyeva ёзган долзарб мавзудаги мақолани ўқиб, ўз фикр-мулоҳазаларингизни билдирасиз, деган умиддамиз.

Тўлқин ЭШБЕК,

ЎзМУ Журналистика факультети доценти

***

Adiblar xiyoboni «sevishganlar xiyoboni»…mi?

12

2021- yil 13- mart shanba kuni O’zbekiston Milliy Unversitetining Jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi 1-kurs talabalari ,,Adiblar ruhini shod aylaymiz » rukuni ostida adiblar xiyoboniga To’lqin Eshbek ustozimiz bilan dars o’tgani bordik.U yerda Yozuvchilar uyishmasiga G’ayrat Majid bilan dildan suhbatlashgani kirdik, talabalar o’z she’rlaridan o’qib eshitdirdi.G’ayrat Majidning bir gaplari yodimda aytdilarki, siz talabalar adiblar xiyoboniga quruq kelmang diganda biz ajablanib qoldik, ozginadan kigin men qo’lingizda biron narsa ko’tarib keling demayapman faqat adiblar ijodidan bir narsani o’rganib keling degan maqsadda aytdim degandilar biz bu ustozni nihoyatda salohiyatli ekanini tushunib yetdik. Suhbatlashish chog’ida ijodkorlar kitoblaridan talabalarga ulashildi, va adiblar ruhini shod etmoq uchun tashqariga chiqdik haykallarini yoniga bordik. Biz hamma ijod ahli yig’ilgan joy dib tassavur qilgan edik ammo allaqachon Adiblar xiyoboni sevishganlar xiyoboniga aylangan ekan. Biz jurnalistika talabalari ziyorat chog’ida dildan she’riyat kechasi qilamiz degan umidda edik lekin ikki yurak qo’vishgan bir pallada ular yonida yurishga uyaldik. Hamma talabalar hijolatda ko’zlar yopilgan shu chog’da ajoyib bir hajviya tug’ildi Alisher Navoiy haykali yoniga ketayotganimda Cho’lpon qo’lida kitob ushlab turgandi ustozga aytdim kigin Cho’lpon bekorga qo’liga kitob ushlamagan ustoz ko’zini yopolmagani uchun kitob bilan to’sib olaman digan dedim talabalar kulib yuborishdi. Hamma xursand ammo Adiblar ruhini shod aylaymiz deb o’ylagan edik lekin u yerda adiblar ruhini chirqiratayotganlar yo’q emas ekan . Dars chog’ida biz bo’lajak jurnalistlar adiblar xiyobonini yana ijod maskaniga aylantirish maqsadida bu muammoni ko’tarib chiqishni taklif kiritdik. Bugungi rivojlanayotgan O’zbekistonning kelajagi buyuk ammo ayni o’qib izlanadigan davrida yoshlar sevgi muhabbat mayiga ruju qo’ygan, biz bu muammoni hal etishimiz zarur.Buyuk bobolarimiz aytgandek ,,Kuch — birlikda» Biz yoshlar sevishganlar xiyobonini yana qayta adiblar xiyoboniga aylantiramiz.

Dilso’z Nabiyeva,

O’zbekiston Milliy unversiteti jurnalistika fakulteti 1-kurs talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>