Arxeologiya ilmiy maktabi

Tarixsiz kelajakni yaratib bo`lmaydi.

Насиба

Dunyodagi jamiki narsaning esa o`z tarixi bo`ladi. Bugungi kunda men tahsil olayotgan arxeologiya yo`nalishi, arxeologiya kafedrasining ham o`ziga xos tarixi bor. Keling, hozir men sizni kafedramiz tarixi bilan tanishtirsam. Arxeologiya ilmiy maktabi 1939-yilda SAGU da barpo qilindi. Bu maktabning ilmiy tadqiqotlar bazasi sifatida O`zbekiston, Janubiy Turkmaniston keng tarqalgan material yodgorliklar xizmat qilishdi va shuning uchun bu maktab O`rta Osiyo ilmiy arxeologik maktab deb tan olindi.

Markaziy Osiyo – Sharqning eng qadim tarixga va material yodgorliklarga ega hudud sifatida ko`p asrlar davomida qancha-qancha o`lkashunoslar va tarixchi-sharqshunoslarni o`ziga tortgan. Maxsus arxeologik tadqiqotlar bu yerda XIX asrdan boshlangan. 1895-yilda bu yerda Turkiston arxeologiya havaskorlari to`garagi shakllandi, uning a’zolari qiziq arxeologik va numizmatik materiallar, sa’nat predmetlarini yig`ishgan, hattoki arxeologik qazilma ishlarini ham olib borishgan. Ammo kadrlar yetishmasligi, yumshoq material yodgorliklarni o`rganish metodikasini bilmaslik, xronologiyadan bexabarlik, natijasida bu tadqiqotlar ilm-fan uchun katta foyda keltirmas edi. Faqatgina XX asrning 20-yillarida tarixiy yodgorliklarining sistematik, kartografik va topografik o`rganilishi boshlandi. Birinchi majmuaviy arxeologik ekspeditsiyalar o`z ishlarini boshladilar.Ularning tadqiqotlari natijasida ilmiy dunyoga O`zbekiston va qo`shni respublikalarning boy qadimgi madaniyatlarning yodgorliklari ochildi. Ammo shu bilan birga ular O`rta Osiyoning madaniy yodgorliklarini ilmiy sifatli o`rganishda malakaviy kadrlarning yetishmasligini ham namoyish qilishdi. Buning natijasida 1939-yilda SAGU (hozirgi O`zMU) Tarix fakulteti dasturiga O`rta Osiyo arxeologiyasi kurslari ham qo`shildi. Bu bilan bir paytda o`rtaga fakultetda O`rta Osiyo arxeologiya tematikasiga maxsuslangan arxeologlar tayyorlovchi o`qish markazini ham tashkillashtirish haqidagi savol qo`yildi. Bunday markaz 1940-yilning 1-aprelida ochilgan arxeologiya kafedrasi bo`ldi. Unga rahbar qilib, arxeologiya doktori, professor iqtidorli, ilmga sho`ng`igan, qiziquvchan olim — Mixail Masson tayinlandi.

Maxsus kafedraning kerakligini isbot qilib, u keng profilli arxeologik spesializasiyaning aniq rejasini tuzib chiqdi. Oldiniga u boshqa yo`nalish olimlari bilan hamkorlik qilgan. U arxeologiya kafedrasi ishiga ko`plab tuproqshunoslarni, geologlarni, biologlarni, lingvistlarni, arxitektorlarni va san’atshunoslarni jalb eta olgan. Kafedra faoliyat ko`rsata boshlagandan keyin arxeologiya bo`yicha yo`nalishlarni pedagoglar tarkibi aniqlagan, ular ichida yirik fan namoyandalari ham bo`lgan. Mixail Masson “O`rta Osiyo arxeologiyasiga kirish”, “O`rta Osiyo shaharlari tarixiy topografiyasi”, O`rta Osiyo numizmatikasi” kurslarini olib borgan. 1943-yilda arxeologiya kafedrasi dosenti lavozimiga arxitektura nomzodi G.Pugachenkova tavsiya qilingan, u o`z navbatida “O`rta Osiyo arxitektura yodgorliklari”, “Sharq sanati”, “Arxeologiya materialiga ishlov berish metodikasi” kurslarini olib borgan. Shunday qilib arxeologiya kafedrasida faqat asosiy baza kurslar emas, balki O`rta Osiyo madaniy yodgorliklarini to`liq o`rganishga yordam beradigan maxsus kurslar ham o`qitilgan. 1946-yili Janubiy Turkmaniston arxeokompleks ekspeditsiyasi uyushtirildi. Bu espeditsiyaning yutuqlarini jahon tan oldi. Bu eramizdan oldingi VI-IV ming yillikdagi qadimgi Yevrosiyo hududidagi Jaytun madaniyatining, eramizdan oldingi III-II ming yillikda O`rta Osiyodagi yirik markaziy shaharlarning kashf etilishi, o`rganilishi bilan bog`liq ishlardir. Bu izlanishlar natijasi sifatida 18 tomdan iborat maxsus ilmiy ishlar va ko`plab risolalar nashr etildi. Bu tomlik va risolalardagi mingga yaqin ilmiy maqolalarning mualliflari bizning kafedramiz a’zolaridir. Bunga qadar Samarqand, Toshkent, Shaxrisabzdagi, Qirg`iziston respublikasidagi qidiruv ishlarining natijalari “O`rta Osiyo arxeologiyasi” rukni ostida yetti tomlik kitob holida nashr qilingan edi. Bu ishlarning boshida ham Mixail .Masson turgan edi.

1950-1960 yillar mobaynida kafedramiz obro`si yanada yuksaldi. Bu yillarda nafaqat sobiq SSSR olimlari, balki xorijlik mutaxassislar ham maslahat olish uchun kafedraga murojaat qilganlar. Shu kungacha mazkur kafedra bitiruvchilaridan 60 nafari tarix fanlar nomzodi, 12 tasi tarix fanlar doktori unvonlariga sazovor bo`ldi. Bu olimlarning ilmiy kashfiyotlari nafaqat respublikamizning, balki jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo`shilgan katta hissa bo`ldi. Kafedraning ilmiy muammolarini o`rganish doirasi ancha keng. U arxitektura va hunarmandchilik tarixini ham, badiiy  va moddiy madaniyatimizni ham, ijtimoiy-iqtisodiy tarix masalalarini ham, san’atshunoslik, madaniy aloqalar va qadimgi savdo yo`llari kabi ko`plab masalalarni ham qamrab oladi.

Kafedra qoshida tashkil etilgan ilmiy tadqiqot guruhi davlat budjeti asosida “O`zbekistondagi etnik-madaniy jarayonlar”(qadimda va bugun) mavzusida muvaffaqiyat bilan ishlab turibdi. Mixail Masson an’analarini davom ettirayotgan ilmiy guruh a’zolari O`zbekistoning turli viloyatlarida antropologik va arxeo-etnografik izlanishlar olib bormoqdalar.

1970 yilda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida Arxeologiya instituti tashkil etildi. Institut kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishida muhim ahamiyat kasb etdi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda Tarix instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlari, Buyuk ipak yo`li tarixini keng tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar arxeologik tadqiqot ishlarining yanada jonlanishiga sabab bo`ldi. Hozirgi kunda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik samarali bo`lmoqda. Yapon olimlari Surxondaryo hududida, Avstriya olimlari Qoraqolpog`iston hududida, Rossiya olimlari Xorazm va Toshkent hududlarida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. So`nggi o`n yillikda madaniyat va tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish ishlariga ancha samarali ta’sir ko`rsatmoqda. Bugungi kunda Respublikamizdagi arxeologik yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi qonunlashtirilgan. “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilishi va ulardan foydalanish to`g`risidagi” qonun 2009-yil 16 iyunda qabul qilingan.

Hozirgi vaqtda malakali mutaxassislardan Rustam Sulaymonov, Otabek Mo`minov, Tursunboy Salimov, Rahmon Ibragimov, Fayzulla Ochildiyev, Shuhrat Shonazarov, Akbar Bobobekov, Jaloliddin Annayev kabi professor va yetakchi olimlar kafedraning ravnaqi uchun xizmat qilishmoqda.

Xulosa o`rnida shuni aytmoqchimanki, arxeologiya kafedrasi oliygohimizning, fakultetimizning yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi. Bu yo`nalishda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga aytmoqchimanki bizning tariximiz qadim o`tmishlarga borib taqaladi. Bu o`tmishni tiklash bizning burchimiz. Buning uchun bizlar ustozlarimizning berayotgan ta’lim-tarbiyalarini chuqurroq o`rganish talab etiladi. Taklif sifatida bildirishim mumkinki, talaba – arxeologlarning yanada o`z sohasining yutuk mataxasissi bo`lib yetishi uchun o`z ma’ruzalari bilan eng nufuzli professor olimlar, o`qituvchilar, shu qatori xorijlik o`qituvchilarni ham kafedraga taklif qilinsa, turli xil ekspeditsiyalar uyushtirilsa nur ustiga a’lo nur bo`lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.”Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti ilmiy maktablari”, “Oqituvchi” nashriyot matbaa-ijodiy uyi, Toshkent – 2008.

2.”Universitet mening hayotimda”.Toshkent – “O`zbekiston”-2008.

Nasiba Narzullayeva,

 O`z MU Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>