Bayram guldastasi

O`z MU yigitlari faol qizlarni bayram bilan tabrikladi

 1

            Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti madaniyat saroyi kichik zalida 5-mart kuni Universitetimizning eng faol qizlarini bayram bilan tabriklash marosimi bo`lib o`tdi. Bayram dasturini o`zining kirish so`zi bilan ochib bergan Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi boshlig`i Jaloliddin Yusupov yig`ilganlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi. Bayram tadbiriga taniqli aktyor Ulug`ek Qodirov tashrif buyurdi. U universitetimizning faol qizlarini bayram bilan qizg`in tabrikladi.

San’atkor o`z so`zida yoshlardan ilm olish zarurligini, kelajak yoshlar qo`lida ekanligini ta’kidladi. Yoshlik hammamizning umr karvonimizdagi eng ko`rkam fasl ekanligi haqida gapirdi.

Tadbirga yig`ilgan talabalar aktyorga o`zlarini qizitirgan savollar bilan murojaat qildilar. Davra suhbati shaklida o`tgan bu tadbir hammaning qalbida o`chmas iz qoldirdi.

2

Tadbir so`ngida Xorijiy filologiya, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika fakulteti talabalalaridan bir guruhi munosib taqdirlandi.

 Nosir Sherboyev,

jamoatchi muxbir

You may also like...

2 Responses

  1. Maysara Ochilova:

    Taqdirlash nima munosabat bilan?! Shu haqida ham batafsilroq yoritilganda yanada yaxshi bo’lardi, nazarimda. Chunki o’qiganimizda bizda savollar paydo bo’lib qolyapti

  2. «Ulug’bek» ismi xato yozilibdi, hay essiz…))

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>