Bugunning adabiyoti kelajakka xizmat qiladi

Biz axborot asrida, axborot texnologiyalari tobora rivojlanib borayotgan davrda yashar

ekanmiz, taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo’lgan kitobxonlikka e’tiborning dolzarbligini doimo his qilishimiz, kitob mutolaasi bo‘yicha islohotlarni har birimiz, ilk navbatda, jamiyatning muhim bo’g’ini bo’lgan oiladan boshlashimiz kerak.

Milliy adabiyotimizni ravnaq toptirish, buyuk ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor xalqimiz tafakkurini yanada boyitish, yoshlarni bilimli, sog‘lom fikrli, ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazishdagi muhim omillardan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim dastur bo‘lmoqda. Xalqimizning, xususan, yoshlarimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda bu dasturning o‘rni, ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda.

ф2

Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetida O’zbekiston-Fransiya do’stlik jamiyati tomonidan «Kitob ulash» aksiyasi doirasida o’tkazilgan «Bugunning adabiyoti» mavzusidagi adabiy-ma’rifiy tadbiri o`tkazildi. Undda O’zMU katta o’qituvchisi, tarjimon  Hafiza Qo’chqarova, «O’zbekiston-Fransiya» do’stlik jamiyati ijrochi direktori, fransuz filologiyasi kafedra mudiri Rahima Shirinova, Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri Saodat Kamilovalar mamlakatimizda yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash, ularning intellektual ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu borada olib borilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidlab o’tishdi.

Ushbu tadbir davra suhbati tariqasida olib borildi. Hafiza Qo’chqarova tomonidan taqdim qilingan nemis yozuvchisi Daniel Glattayerning «Shimol shamoli shashti», Elke Haydenrayxning «Azaliy ishq», Frans Holerning «Sayr sayqali» kitoblarining mazmuni bilan zalda yig’ilganlar yaqindan tanishdilar va ushbu asarlar kitobxonlarda katta qiziqish uyg’otdi. Asar tarjimoni va kitobxonlar o’rtasida ushbu asarlar to’g’risida qizg’in suhbat bo’lib o’tdi. Fransuz filologiyasi kafedra mudiri Shirinova R.H tomonidan «Yosh tarjimonlar to’garagi»ning tashkil etilganligi va bunga talabalarning keng miqiyosida jalb qilinganligi ta’kidlandi. Rahima Shirinova tomonidan tarjima qilingan fransuz yozuvchisi Le Klezioning «Katta hayot», fransuz filologiyasi kafedrasi talabasi Alijon Oripov tomonidan tarjima qilingan belgiyalik yozuvchi Kristian Lozning «Nima bo’lganda ham» asarlari taqdim qilindi. Bundan tashqari ijodkor talabalarning she’rlari, Oripov Alijonning «Vaqt qaytmaydi, ortga qarama», Husnora Suyunovaning «Baxt» va «Hayollar» kabi she’rlari o’qib eshittirildi. Tadbirdan har bir kitobxon o’z qalb tarbiyasi uchun yetarlicha saboq oldi.

Yurtimizda so‘nggi yillarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida jiddiy o‘zgarish va intilishlar yuzaga kelib, jamiyat ma’naviy hayotining yangilanishi va yaxshilanishiga imkon yaratib bermoqda. Bu boradagi har bir faoliyat hamisha dolzarb va davomli bo‘lib qoladi.

 

Ulug`bek USMONOV,

O`zMU tadqiqotchisi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *