Jannati Onam

Maktab oʼquvchilari ijodiy mashqlaridan

10

 Farzandlari uchun, mijja ham qoqmay,

Bizlarga mehribon, u onajonim.

Farzandin boshqadan, boqqan kam qilmay,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

O’zi shoshganda ham, bolasin kutgan,

Doimo ularning, g’amida yurgan,

Sal kech qolsa havotir, markabin mingan,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

Nasib etgin onamga, Makkaga borib,

Ka’baning atrofida, haj amal qilib,

U zotning gunohlarin, o’zing kechirib,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim

Maktabdan kech qolsak, havotir olib,

U yerga borarkan, bezovta bo’lib,

Ey Allohim o’zing, Otamga qo’shib,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

Men tomon shunday bir, tavfiqni bergin,

Onamdan norozilik, aslo olmayin,

Jannatda boshiga, toj kiygizdirgin,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

Onamning ko’zlari hech nam bo’lmasin,

Farzandi tufayli, ko’z yosh to’kmasin

Ey qodir zot aytaman, qanday bo’lmasin,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

Boy bo’lgan holida ham, uvoldan qo’rqqan,

Gar biz uvol qilsak, dakkilar bergan,

Juda kichik paytimizdan, Qur’on tanitgan,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

Hayolim ketadir, kunda har kuni,

Kunduzdan ham yorug’ qil, uning tunini

Onam ko’rarmikan, jannat onini,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

Mening bu turishimga, sababchi onam,

Uning roziligi-chun, harakatdaman,

Ey Allohim menda, bittagina g’am,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

Uning uchun kechalar, go’yoki kunduz,

Chaqaloq yotarkamman, mendan uzmas ko’z,

To’ydirmoq uchun hatto, totmagandir tuz,

Onamni jannatiy, qilgin, Rahmonim.

Ularga munosib, qilolmam xizmat,

Lek ba’riga tayyorman, qilmoqqa xursand,

Mening boqiy niyatimdan, bittasi faqat,

Onamni jannatiy, qilgin ,Rahmonim.

Onamning oldida qilmagin sen oq,

Tog’ri osiy bo’lib, yegamman tayoq,

Farzandlik niyatim, shudirki biroq,

Onamni jannatiy, qilgin, Rahmonim.

Menga hech kim qilolmas, onam qilganni,

Eng avval quchoqlagan, tug’ilgan onim,

Shunday bir hayollar, tirnar qalbimni,

Onamni jannatiy, qilgin Rahmonim.

 

Muhammad Abdullayev,

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi

29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim

maktabining 8-,,b” sinf o`quvchisi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>