Izlanuvchan talaba

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universitetida  ,,Ozod va obod Vatanga

baxshida umr” va ,,Islom Karimov asarlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati’’ mavzularida insholar tanlovi bo`lib o‘tdi.

Ushbu tanlovda Geologiya va geogafiya fakulteti talabalari ham faol qatnashdilar. Geografiya fanlari nomzodi dotsent Nigora Shomurodova rahbarligidagi Geografiya yo`nalishi II bosqich talabasi Yoqubov Olimjon “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusidagi insho tanlovida qatnashib, faxrli 3- o`rinni egalladi. Shu bilan birgalikda, Olimjon Yoqubov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so`zlagan nutqiga bag`ishlab o`tkazilgan esselar tanlovi, “Harakalar strategiyasi – buyuk kelajagimizning yangi bosqichi” nomli ilmiy maqolalar tanlovida ham faol ishtirok etgan. Olimjon Yoqubov o`zining tashkilotchiligi, faolligi bilan ham ajralib turadi. Fakultetdagi ma’naviy va ma’rifiy ishlarda doim ishtirok etib kelmoqda. U fakultet talabalari va professor o`qituvchilari ichida hurmatga sazovar bo`lgan talabalardan bo`lib, bilimga chanqoqligi bilan ham ajralib turadi. Uning bu yutuqlarga erishishida guruh rahbari Nigora Shomurodovaning xizmatlari va e’tibori ham muhim ahamiyatga ega.

Olimjon Yoqubovni fakultet jamoasi va Yoshlar Ittifoqi fakultet kengashi ushbu erishgan yutuqlari bilan tabriklaydi.

Shuningdek, fakultetimiz va universitetimizda shu kabi talabalarni ko`payishiga va vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol avlodning safi kengayishiga umid qilamiz.

 

Dildora OXUNJONOVA,

O`zMU Geologiya va geografiya fakulteti geografiya

 fakulteti II bosqich talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>