«Mehrga zor mehribonlar»

Мақоланинг имловий ва бошқа хатоларини кўрсата олган  талабадан яхши муҳаррир чиқади, дейди Дониш домла.

шарх4

Yarim tun. Soat birdan oshyapti. Otangiz, farzandingiz, ayolingiz shirin uyquda. Atrof  jim-jit. Soat millari sekin chiqqilamoqda. Sokin tun. Faqat bir inson bedor. Sizning mehribon onangiz.  Ularga bugun kech kelishingizni aytganmidingiz? Yo telefon qilganmidingiz? Yoq. Bugun bir marta ertalab shoshib ishga ketayotganizda ko’rgandingiz.

Nega rafiqangiz uxlayapti? Nega u bedormas? Aytgancha, unga kech kelishingizni aytib, telefon qilgandingiz-ku. Undan nima kerakligini so’raganizda, naxot onangiz esizga kelmadi? Nima ularga ko’p narsa kerakmi? Yoq. Aslida u sizdan mehr va e’tibordan boshqa narsa kutmaydi. Nega biz yoshlarda shu tushuncha kamayib ketyapti?

Siz bir kunda umr yo’ldoshingizga, yigitingizga yo bo’lmasa qizingizga necha marta telefon qilasiz? Necha marta uni yaxshi ko’rishingizni aytib, sms yozasiz? Kunda hech bo’lmaganda bir marta ota-onangizga yaxshi ko’rishingizni, ular sizga kerakligini aytganmisiz? Ular ota-onam shundog’am bilishadi, demoqchimisiz? To’g’ri, lekin ular ham sizning farzandlik mehringizga zor. Shu birgina e’tibor ular uchun qanchalik kerakligini o’ylab ko’rganmisiz?

Bilasizmi ular doim biz uchun, bizni kutib yashashadi.

Dastlab sizni to’qqiz oy asrab-avaylab, dunyoga kelishingizni kutishgan. Tug’ilganingizdan so’ng esa, tun-u kunni bedor o’tkazib, voyaga yetkazishgan. Siz bog’chadasiz, lekin ular sizdan xavotirda: Uxladimikan? Ovqat berishdimikan?

Maktabdan kiyimingiz yirtiq, urishishlaridan qo’rqib qaytingiz. «Bolam, hamma joying sog’mi?», — deb tashvishlanib so’raydi. Siz esa, qo’rqib, sekin ha deb qo’ya qolasiz. Kollej. Ancha ulg’aydingiz. Kech qolishlar ko’payib qolgan. Sizni tergashsa, qo’pol gapirdingiz: «Yosh bola emasman-ku.» Qachon, qanday katta bo’lib qoldingiz?

Oliy o’quv yurti. Endi siz talabasiz. Sizdan ham ko’proq ular quvonishdi. Sizni tabriklab, hatto rahmat ham aytishdi. O’qishda bir qizga ko’ngil qo’ydingiz.

Yakshanba. Onangiz ozib-yozib bir marta bozorga olib bor dedilar. Siz esa ishingiz borligini aytib, shoshib chiqib ketdingiz. Nega? Axir dam olish kuni edi-ku. Ha, bugun uni bozorga olib bormoqchi edingiz-ku.

Nihoyat sizni uylantirishdi. Oila, farzand, ish. Bugun yana kech qolyapsiz. U esa hamon sizni kutmoqda. Nafaqat sizni, balki barchamizni ular kutishadi. Birgina, mehrimizni, e’tibor bilan «sizni yaxshi ko’raman, siz menga keraksiz» degan so’zimizni kutishadi. Axir ular faqat «mehr»ga zor-ku!

Dilnoza Abdullayeva,

O’zMU Jurnalistika fakulteti talabasi.

You may also like...

3 Responses

  1. Kursdoshim Dilnozaxon Abdullayevaning yozgan har bir maqolasi muhokamada buladi. Bu muhokama jurnalist uchun yutuqli tamonlaridan biridir. Shu maqolani uqigan har bir kishi onasiga bulgan muhabbati yanada oshadi degan, umiddaman.

  2. Maqola yaxshi, faqat ozgina «kurmakchalari» bor ekan. «Yoq» emas, yo’q bo’ladi. «Ketayotganizda» emas, ketayotganingizda, «qaytingiz» emas, qaytdingiz… bo’ladi. Ijodingizga omad.

  3. Bu maqolani yozganingiz yaxshi bo’libti. Onasini unutib qo’yganlar, balki bir esga olib qo’yishar!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>