Men orzu qilgan kasb

Menda kasblarni tanlash imkoniyati keng bo‘lganligi sababli,qanday kasb

tanlashga ikkilanar edim. Bolaligimda televizorlarda mashhur qo‘shiqchi yoki aktrisalarni ko‘rib havasim kelardi. Men ham ularga o‘xshashni xohlar edim. Lekin oyim menga bu kasblarning o‘ziga yarasha qiyinchiligi, mas`uliyati borligini tushuntirdilar. Keyin men bu kasbdan bosh tortdim. Ko‘p qizlar singari dizaynerlik kasbi ham menga yoqar edi. Ammo dizaynerlar rasm, eskiz chizishga juda usta bo‘ladilar. Men esa rasm chizishga uncha qiziqmayman. Keyin bu kasb ham menga to`gri kelmasligini tushundim.

6

   Oxiri men bir qarorga keldim va hayotimni o‘qituvchilik kasbiga orqali yo‘lga qo‘ishga qaror qildim. O`qituvchi kasbida ham turli fanlar bor. Men ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni tanladim. Avvallari menga o‘qituvchilik kasbi uncha yoqmas edi. Lekin katta bo‘lganim sari bu kasb menga juda yoqib qoldi. Bu fikrimni ota-onamga aytganimda ular meni bu fikrimni qo‘`llab- quvvatlashdi. Menga hamma sharoitlarni yaratib berishdi. Men bundan juda xursand bo`ldim. Meni qo‘llab- quvvatlashayotganligi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada orttirdi va,albatta, uddalay olaman deb o‘z oldimga maqsad qo‘ydim.

Kelajakda men “WESTMINSTER’’ institutiga kirmoqchiman. Men hozirdanoq institutga kirish uchun tayyorgarlik qilyapman. Hali maktabni bitirishimga 3-4 yil bo‘lsa ham,vaqtimni zoye ketgazmoqchi emasman. Orzularimdan yana biri institutga birinchi urinishdayoq kirish. Menga buning uchun ustozlarimning berayotgan bilimlari juda azqotadi. Ustozlarimdek men ham mahoratli pedagog bo‘lishni niyat qildim.Ularning yo‘lidan yurish sharafli ekanini his qildim.Hozirgi zamon bolalariga ta’lim-tarbiya berish o‘zi emas.Buning uchun qancha kuch,mahorat,izlanish kerak.Shuning uchun ularga boshim yerga tekkuncha ta`zim qilaman!

 

Muslima Ravshanova,

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi

29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabi

7-“A”sinf o‘quvchisi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>