Ona zaminimiz cho‘llanishiga yo`l qo`maymiz

17-iyun Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni

1

Jiddiy qurg‘oqchilik yoki cho‘llanishni boshidan kechirayotgan mamlakatlarda BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, jamoatchilikning cho‘llanish va qurg‘oqchilik muammosi to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga ko‘maklashish uchun BMT Bosh Assambleyasi 1994 yil 17 iyunni Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni deb e’lon qildi. Bu kun cho‘llanish muammolari samarali hal etilishi mumkinligi, va bu maqsadga erishishda jamoatchilikning keng ishtiroki va barcha miqyosdagi hamkorlik muhim vosita hisoblanishini eslatib turadi.

BMT Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash konvensiyasi (BMT ChQK) talablari O‘zbekiston uchun mamlakatning tabiiy-iqlimiy sharoitlaridan, uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy o‘rnidan, va global ta’sirga ega ekologik muammolarni hal etish muhimligidan kelib chiqib juda dolzarbdir. O‘zbekiston Respublikasi BMT ChQK tayyorlash jarayonida faol ishtirok etib, uni Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib 1994 yilning 7 dekabrida imzolagan, va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yilda ratifikatsiya qilingan. Hukumat qaroriga muvofiq Konvensiya doirasidagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish O‘zgidrometga yuklangan.

O‘zbekiston Respublikasi yerlar degradatsiyasi va qurg‘oqchilik bilan bog‘liq muammolarni hal etish borasida katta harakatlar qilmoqda. Prezident I.A.Karimov rahbarligida suv-yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlar unumdorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda talay natijalarga erishildi. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga imkon berayotgan tub islohotlar amalga oshirildi. Sug‘orish va kollektor-zovur tizimini rekonstruksiya qilish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yaylovlar degradatsiyasi ko‘lamlarini kamaytirish va o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha muayyan choralar qabul qilinmoqda. Mamlakat oziq-ovqat dasturi amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda suv taqchilligini yengish, yerni barqaror boshqarishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan O‘zR Prezidenti farmon va qarorlari, Hukumatning qator qarorlari qabul qilindi.

2006 yildan BMT Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash konvensiyasini bajarishda GEF, GIZ, Jahon banki, BMTTD, OTB va boshqa donor tashkilotlar ko‘magida Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘mak dasturi – Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusi (ERBMOMT) dasturi amalga oshirilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va donor hamjamiyatlar o‘rtasidagi ekotizimlar butunligini saqlash va mamlakat qishloq aholisi uchun hayot standartlarini yaxshilashga/qo‘llashga yo‘naltirilgan O‘n yillik hamkorlik (sheriklik) Dasturidir. Dastur doirasida GEF va boshqa donor tashkilotlarning 20 mln. AQSh dollariga yaqin mablag‘lari jalb qilindi, qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shular jumlasida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida yerlarni yaxshilash, Forish tumanida mahalliy hamjamiyat ishtirokida yaylovlarni barqaror boshqarish, O‘zbekistonning tog‘, yarimcho‘l, cho‘l landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan yerlardan raqobatli foydalanish natijasida tabiiy resurslarga tushayotgan og‘irlikni kamaytirish, qishloq xo‘jaligini barqaror boshqarish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, qurg‘oqchilik, yerlar tanazzuli va qurg‘oqchilikka qarshi kurashdagi salohiyatni oshirish bo‘yicha loyihalar.

O‘zgidromet 2013 yildan beri Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Davergeodezkadastr qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, NNT va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan zich hamkorlikda GEF/YUNEP/O‘zbekiston “Cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha Milliy harakatlar dasturini yangilash va hisobot berish” loyihasini amalga oshirib kelmoqda.    Hozirgi vaqtdagi global ilish jadalligini hisobga olib zarur choralarsiz iqlim qurg‘oqchiligi ortib borishini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bu O‘zbekiston uchun dolzarb masala.

Iqlimning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun unga moslashish choralarini ko‘rish kerak. To‘g‘ri harakatlar bilan “iqlim o‘zgarishi-cho‘llanish” jarayonini ijobiy “mahsuldor yerlar-parnik gazlari chiqarilishini kamaytirish”ga aylantirish mumkin.

Bu yilgi Jahon qurg‘oqchilikka qarshi kurash kunining shiori “Er kelajakniki – uni iqlim o‘zgarishidan himoya qilamiz” deb nomlanishi bejiz emas. Yer va tuproq moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Yer resurslarini barqaror boshqarish yo‘li bilan bioxilmaxillikni saqlash, ekotizim xizmatlarini ko‘tarish iqlimning noqulay oqibatlariga moslashishda yaxshi namuna bo‘lishi mumkin. Sog‘lom tuproq nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarishni ta’minlaydi, balki iqlimga bardoshlilikni kuchaytiradi.

Cho‘llanish jaraѐni – tabiy jaraѐnlar va inson faoliyati natijasida yerlarning biologik mahsuldorligining pasayishi ѐki tabiiy ekotizimlarning degradatsiyasi tushuniladi. Cho‘llanish natijasida ekotizimlarning o‘z-o‘zini tiklash qobiliyati butunlay izdan chiqishi mumkin.

Hozirgi kunda Markaziy Osiѐ hududining yarmidan ko‘pi cho‘llanish jaraѐniga uchragan. Degratsiyaga uchragan yerlar maydoni Qog‘ozistonda 179,9 mln.ga, ya’ni 66% ni, Turkmaniston va O‘zbekistonda 80% ni tashkil etishi ham muammoning dolzarbligini ko‘rsatadi.  Cho‘llanish jaraѐnining paydo bo‘lishini va kuchayishini o‘z vaqtida aniqlash uning yanada kuchayishining oldini olishda o‘ta muhim amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu maqsadlar uchun odatda cho‘llanish jaraѐnlari indikatorlaridan foydalaniladi.

Cho‘llanish indikatorlarini aniqlashda O‘zbekistonning arid sharoitlari uchun qishloq xo‘jaligi yerlaridan (sug‘orma yerlar, yaylovlar va pichanzorlar, lalmi yerlar, muhandislik qurilishi ob’ektlari va boshqalardan) foydalanish toifalarini o‘rganish maqsadga muvofiq. Chunki aynan tabiiy resurslardan foydalanish turi ularning xususiyatini belgilab beradi. Insonning  tabiatga ko‘rsatadigan ta’siri natijasida odatda ular bilan bog‘liq cho‘llanish belgilari paydo bo‘ladi. Alohida belgilarning paydo bo‘lishi mahalliy uchastkalarda cho‘llanish jaraѐni boshlanganidan darak berishi aniqlangan. Vaqt o‘tishi bilan ushbu jaraѐn asta-sekin kengayib borib, bir ѐki ikkita konturaga birlashadi.

Relef shakllari, ѐtqiziqlarning litologik tarkibi, yer ustki va ostki suvlari, tuproq va o‘simlik qoplamasi hamda barcha tabiiy jaraѐnlar cho‘llanish jaraѐnini belgilovchi indikatorlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq aniq shart-sharoitlarga qarab ular orasida birortasi yetakchi ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Masalan, Orol dengizining qurib qolgan qismida o‘simlik qoplamasi cho‘llanishning yetakchi indikatori hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, o‘simlik qoplami bilan bir qatorda tuproq qoplami ham cho‘llanish jaraѐnining paydo bo‘lishining belgilab beruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. Umuman olganda ushbu ikki indikator bir-birini to‘ldirib borishi mumkin, ular qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasi intensivligining yo‘nalishini tasdiqlaydi. Cho‘l mintaqasi tuproqlaridan oqilona foydalanish hozirgi kunda dolzarb muammolardan biridir. Cho‘l hududidagi tuproqlardan oqilona foydalanish va tuproq qoplamini himoya qilish esa o‘z navbatida ilmiy asoslangan holda ish yuritishni taqozo etadi.

Cho‘llanish  jarayoni tufayli tuproq unumdorligini pasayishi yoki umuman yo‘qotilishi kuzatiladi. Natijada tuproqning kimyoviy tarkibi yomonlashib, uning xususiyatlari va rejimlari o‘zgaradi. Shuningdek, cho‘llanish tuproqning mikrobiologik faolligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olishda imkoniyati pasayadi.

 

Dilafruz  Maxkamova, 

O`zMU Biologiya fakulteti 

Tuproqshunoslik kafedrasi

dotsenti, b.f.f.d.              

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *