O‘qituvchi portreti

«Ustoz», «O‘qituvchi», «Muallim», «Murabbiy»…

Bu so‘zlarni eshitgan insonning ko‘z oldida maktabda birinchi bor qo‘ldan tutib yozishni o‘rgatgan, har bir bolaga alohida mehr va e’tibor bilan ta’lim-tarbiya bergan buyuk zot gavdalanishi shubhasiz.

6

Ustoz deganda faqat birinchi o‘qituvchi, biror fandan dars bergan yoki ma’lum bir soha bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan shaxs tushunilishi noto‘g‘ri, aslida. Chunki ijod olamida biror shoir yo‘qki, Navoiyni o‘ziga ustoz bilmasa, biror adib yo‘qki, o‘zining romanini Qodiriy hamrohligida, uning madadi ostida yozmasa.

Ko‘pchilik odamlar birinchi ustoz sifatida ota-onani e’tirof etishadi. Bu — izoh talab qilmaydigan haqiqat.

Inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatlardan yana biri esa kitobning ustozligidir.

Umuman olganda, har kim yoki har narsadan Siz nimanidir o‘rganishingiz, motivatsiya olishingiz mumkin.

Inson kimnidir ustoz deb bilishi uchun uni ko‘rishi, undan saboq olishi shart emas. Masalan, men o‘zim mutolaa qilgan asarlar mualliflarini ustoz sifatida tan olaman, boisi har bir asardan qandaydir xulosa chiqaraman, hayotni anglayman.

Biroq chin ustoz mehnatini anglamoq, mehnatning qadriga yetmoq darkor.

Agar o‘qituvchi timsolini tasvirlash kerak bo‘lsa, ehtimol, rassom dunyodagi eng buyuk go‘zallikni nafis bo‘yoqlar orqali ifoda etardi. Ehtimol, haykaltarosh dunyodagi eng qimmatbaho toshlardan bejirim haykal yasardi.

Ammo shoir-chi?

Ehtimol, shoir ham eng go‘zal, eng nodir satrlar orqali dil izhorini namoyon qilar…

O‘qituvchilik haqida gap ketar ekan, avvalo, uni tushunish, his qilish, undan keyingina tasvirlash maqsadga muvofiq bo’ladi.

O‘qituvchi oldidagi qarzni uzish ham ancha mushkul ish. Bu borada esa hamon besh yuz yil oldingi qarashlar ahamiyatini yo‘qotgan emas:

«Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ilana,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.»

Alisher Navoiy

   Komila Hamroyeva,

 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti

  Jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi

 

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>