O`zgarmoqchiman

ЎзМУ талабалари ижодидан

н1

Ketgim keldi bugun uzoqqa,

Qaysi tomon lekin bilmayman

O`zligimdan qochdim yiroqqa,

Bu holatdan hech uyalmayman.

Do`st axtardim ba’zida yonib,

Yaxshiliklar qildim quvonib,

Sir saqlashni o`rganmoqchiman.

O`zligimdan men kechmoqchiman.

O`zgarishni xohlab bugun men .

Reja tuzdim xarakter bo`ylab,

Kamchiliklar bugun yo`qolar.

Aytayapman quvonib so`ylab

Tanqid qildim o`zimni ming bor,

Yig`lab siqtab yurmayman hecham.

Dunyolar ham ko`rinmaydi tor,

Bo`lmagayman endi ko`ngilchan.

Albat men ham bir kun o`zgargum.

Tanqidchilik bo`lar-ku odat,

Hikoyamni oxiriga yetsam.

Orzularimiz bo`lsin ijobat.

                       DO`STGINAM

           Dugonam Ummatova Marxaboga  atab

Gul  kabi to`kilib ketsam do`stginam,

Menga qiyo boqib bir qaraysizmi?

Hech kim yo`q joylarda bir o`zim qolsam,

Do`stim deya yonimga tez kelasizmi?

Mening ojiz qalbim tilga kirsa gar,

Hech narsani ayamay siltab soladi.

Shu damda yonimda sen bo`lsang agar,

O`z-o`zidan qalbim ham tinchib qoladi.

Xohlayman yonimda bo`lgin doimo,

Tark etma yaxshimi yomon kunlarim.

Xiyonat qilsang ham mayli-ku ammo,

Kechirgum ,kechirgum rostir so`zlarim.

 

                      UMID

        Ayro ekan  yo`limiz bizning,

G`am uqubat chekmoq shart emas,

Ajraldik eldan o`zimiz,

Dalda yupanch aslo kerakmas.

Ayrilmayman ayrilolmayman.

Hamma uchun teng bo`lmoq kerak,

Haqiqatga tik nazar boqsam,

Bu nimadan berardi darak .

Ko`p o`yladim uzoq surdim hayol,

Shamol esdi erkalab shu dam.

Chekka uyda bir yolg`iz ayol,

Umid sari tashlaydi qadam.

Umid,hech kim tark etma aslo,

Sen borsanki jamiyat tirik.

Shu  damdan boshlansin endi avvalo

Umid bilan tug`ilsin bu butun borliq.

 

  SIRLI DUNYO

          Ba’zida o`ynab, ba’zida yig`lab,

Ishlaymiz peshona ter bilan charchab,

Shunda hayot mazmunini anglaymiz Yo Rab

Inson bo`lib tug`ildik ey sirli dunyo.

Zamon yo`l-yo`rig`ini sendan so`rayman.

Qanday yashamoqni nega bilmayman.

O`tkinchi tuyg`ularga hech berilmyman.

Qanday inson bo`lay ey sirli dunyo.

Yashash,yashamoqdan qanday ma’no bor.

O`qish uqmoqdn-chi dars olganim bor.

Ba’zida dunyo ham ko`rinar menga tor

Qanday inson bo`lay ey sirli dunyo.

Taqdir bu toshga o`yilgan bitikga o`xshaydi.

Nechun insonlar hayot sahna o`zlarin aktyorligin bilmaydi.

Nega pinhon taqdirni o`qib bo`lmaydi.

Qanday inson bo`lay ey sirli dunyo.

Qanday inson bo`lmoq o`zimizga bog`liq.

Shunday javob beradi dunyo ham to`liq.

Yaxshi inson bo`lib yashaylik kulib,

Hayot ham siylaydi shunda jilmayib.

 Nasiba NARZULLAYEVA,

O`zMU Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi

You may also like...

2 Responses

  1. She’rlar uchun rahmat. O’qib anchayin ta’sirlandik…

  2. Jumamurodova Muyassar:

    Ijodingizga omad.

Добавить комментарий для 301-guruh Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>