O‘zMUda Janubiy Koreyalik professorlar va talabalar bilan hamkorlikda seminar-treninglar o‘tkazilmoqda

Бу ҳақда O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIнинг http://edu.uz сайти хабар бермоқда

Jamiyat taraqqiyotida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyos. 2017 yil 15-17 avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Janubiy Koreyaning Big Data assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Bigdata Research institute bilan hamkorlikda “Big Data Applications and Services (BIGDAS2017)” (Ma’lumotlar ombori ilovasini tashkillashtirish va xizmat ko‘rsatish) mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilgan edi. Mazkur konferensiyada O‘zMU, TATU, Toshkentdagi INHA, Vestminster universitetlari, Janubiy Koreyaning Big Data assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti, BIG DATA ilmiy tadqiqot instituti va boshqa nufuzli ilmiy muassasalarning olimlari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etgan edilar. Anjuman doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ilmiy-amaliy jihatlari, kompyuter, veb-saytlarni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashilgan edi.

Ayni kunlarda ana shu xalqaro anjumandagi kelishuv va tegishli bitimlarga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Innovatsion texnologiyalardan foydalanib veb-sayt yaratish va rivojlantirish” (Web Development) loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Unda Chungbuk universiteti professori Aziz Nasriddinov va Pai Chai universiteti professori Kyounghee Lee rahbarligidagi iqtidorli talabalardan 12 nafari ham ishtirok etmoqdalar.

Seminar-trening oldidan O‘zMU va Chungbuk universitetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
– O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli matematik va fizik olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy maktablarga butun dunyoda katta qiziqish bilan qaraydilar, – dedi O‘zMU O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Davlatboy Jumaboyev xorijlik talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida. – Ana shu ilmiy maktablardan saboq olib, buyuk allomalarimiz izidan borayotgan talabalarimiz Janubiy Koreyalik tengdoshlari bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik an’analarini davom ettirishlari, innovatsion g‘oyalar, zamon talablariga mos loyihalar ustida birgalikda izlanishlar olib borishlari o‘z samarasini ko‘rsatishiga umid qilamiz.
Davra suhbatida Chungbuk Milliy universiteti professori Aziz Nasriddinov va boshqalar “Innovatsion texnologiyalardan foydalanib veb-sayt yaratish va rivojlantirish” (Web Development) loyihasi istiqbollari haqida so‘z yuritdilar.
– Turli grand loyihalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xorij oliy ta’lim muassasalariga borayotgan talabalarimiz qanchalik quvonishsa, bugun xuddi shu yo‘l bilan maxsus grand sohiblari sifatida universitetimizga tashrif buyurgan Janubiy Koreyalik talabalarning yuz-ko‘zlarida ham shunday quvonch va hayajonni kuzatish maroqlidir,– deydi O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘limi metodisti Gulbahor Alimova.– Ular Matematika fakulteti o‘quv xonalarida o‘tkaziladigan seminar-treninglarda o‘zaro tajriba almashadilar.
Seminar-trening shu yil 29 yanvargacha davom etishi rejalashtirilgan.
Davra suhbatida o‘zbek va xorijlik talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Manba: Axborot xizmati

http://edu.uz/uz/news/view/782

23.01.2018

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>