Pul topganda oʻqish

Oʻqimishli, ilmli boʻlish, bu dinimizda ham ulugʻlangan.

Qishloq joylarda falonchi oʻqigan desa koʻpchilik havas koʻzi bilan qaraydi. Mabodo u qiz boʻlsa, uyiga yaxshi joylardan elchi chiqadi. Yigit boʻlsa ana unda koʻring. Oʻzi koʻngliga birontasini kiritmasa tanlash marosimi boshlandida. Lekin bu darajaga kelguncha kimlarning beli chiqqanini faqat oʻzi biladi.

1диёра

Kirish imtixonlarida avval 3 ta fandan 36 ta test savollari albatta, murakkab boʻlib tashlanar edi. Hozirda 3 ta fan 5 taga, 36 ta savol 30 taga va shular qatori murakkab soʻzi ham oʻzgardi. Faqat bitta narsa oʻzgarmadi oʻquvchilarning oʻquv markazga borishi.
Davlat test markazining AOKA majlislar zalida 18 mart kuni » 2021/2022 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarini bakalavriatiga qabul test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq yangiliklar, tayyorgarlik jarayonlari», mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, davlat test markazi vakillari ishtirok etdi. Aytilishicha kirish imtixonlariga qoʻshilgan 3 ta fan juda osonligidan maktabdagi eng bilmas oʻquvchi ham bemalol yecha oladi( ishonch bilan gapirildi). Nega unda maktabning oʻzidan oliygohga kirish reytingi pas. Demak shunchalik oddiy tushunchani ham yetkazib bera olmayotgan ekanda.
Davlat qachon buyuk boʻladi?
Haqiqiy isteʼdod va qobiliyat sohiblari bagʻrida tinimsiz mehnat qilsa ( korrupsiyachi va tekinxoʻrlar emas). Hozirda esa bazi qoida egalari qishloqda mol, qoʻy boqib, uylanib erga tegib oʻtyapdi. Bizning yurtda taʼlim olish bepul, ammo, berayotgan bilimi ham shunga yarasha.
Nima uchun maktab, kollej, oʻqituvchilariga oʻquvchilar biron fanni chuqur oʻrganmoqchiman desa, oʻzining pullik toʻgaragini tavsiya qiladi. Dars unda nima uchun? Yoki oʻqituvchilar bepul ishlaydimi?
Universitetga kirish uchun oʻquvchi repititorga boradi. Bunga majbur. Chunki unga kerakli fanning oʻqituvchisini dars vaqti biron mehmoni kelib qoladi. Darsni esa boshqa hamkasbidan oʻtishini soʻraydi( vaholanki uning mutaxassisligi ummuman boshqa ). U oʻqituvchi ham oʻtadi ( huddi biladigandek ).
Har qanday abuturiyent eng kamida bir yil tayyorlanishi kerak . Oddiy qishloq oilasini olsak, chunki, qishloqlarda oʻquv markazlari kam . Eng arzon kvartira 200 ming soʻm, har bitta fan eng kamida 150 mingdan boʻlsa, shuni 5 fan qilsak va unga oʻquvchining kundalik oziq -ovqatini ham qoʻshsak. 1 mln soʻmdan oshadi. 12 oyda esa 14 mlnga yetadi.
Oʻziga toʻq oilalarda bu muammo boʻlmas, ammo, kirimi faqat dehqonchilikdan iborat. Kunlik tushum tushmaydigan oilalar uchun bitta narsani tanlash kerak boʻladi. Bir yilda 60 mln daromad qiladigan , 7, 8 nafar kishidan iborat biron oiladan bittagina shunaqa oʻqish istagi boʻlgan farzand chiqsa bu degani shu yili boshqa narsadan kechadi.
Dasht — u, qirlar qoʻynida shunaqa isteʼdodlar bor mana shunday hisob — kitob qilib, sekin qoʻyini ortidan men uchun emas ekan deb ketadi. Bazilar bor qiynalsa ham oʻqitadi, oʻqiydi. Oʻqishda ham shunaqa harajat boʻlgach, bir oʻylab koʻraylik 1,2 mln oylik bilan ishlab yurgan shaxs egri yoʻl chiqsa oʻsha yerdan ketmaydi deb kim kafolat beradi. Ketadi albatta. Mana korrupsiyaning boshlanishi. Axir Buxoriy emasmidi ilmga ulugʻ baho berib, uni pulga chaqmagani va oyoq osti qilmagani uchun oʻz yurtidan butun umrga ketishga majbur boʻlgan. Hozir esa avval pul ishlab, keyin repititorga boriladi. Oliygoh uchun ham yigʻib qoʻyish kerak. Bilimdon koʻra pulga ehtiyoj koʻproqmi? Ertaga ular oʻqituvchi boʻlsa qanday darsni kutish mumkin.

 

Diyora Davron,

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston

Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabasi

You may also like...

1 Response

  1. Yaxshi chiqibdi, Diyora! Ilgari surilgan fikrlar yaxshi! Juda dolzarb masala haqida yozibsiz, menga yoqdi, omad! Bunday masalalarni birgalikda hal qilamiz!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>