Yurakning navkarlari

Qo`llar bor – oshirar senga to`g`rilik.

Qo`llar bor – yashirar quvlik, o`g`rilik/ Qo`llar bor – mag`zida mardlik, qo`rqmaslik. Qo`llar bor – ramzidir qo`rqoqlik, pastlik…

Qo`llarda ayb yo`q. Chunki ular faqatgina buyruqni bajaradi. Ya’ni yurak amriga itoat etadi. Qo`llar to`g`rilikni qo`llaydi. Bu insonning yuragi to`g`rilik ila uradi. Qo`llar o`g`rilikka qo`l uradi. Chunki bu insonning yuragi nafrat va ishonchsizlikka to`lib ketgan. Qo`li yo`q insonni “to`rt muchchasi sog` emas” deymiz. Lekin u qo`li butun insonlardan ko`ra “ sog`lom” deyishga haqliroq bo`lishi mumkin. Qalbida saxiylik urug`i ko`kargan insonlarni “qo`li ochiq” ekan deymiz. U insonning qo`li emas ko`ngli ochiq. Ba’zan “qattiq qo`l” iborasini ishlatib, bu inson “qattiq qo`l” ekan deymiz. Bu insonni qo`li emas, yuragi toshdek qattiq bo`lishi mumkin. Balki, bunday insonlarning ham oshkor etolmaydigan dardlari yuragini bir chetida vijdonini kemirar. Qattiq qo`l inson deganimda qattiq qo`l murabbiy va yoki qattiq qo`l ota kabilarni hazarda tutayotganim yo`q ,aksincha, yuragiga tosh bosib qo`yganday insonlarni yomon ko`ruvchi, hayot go`zalliklarini ko`ngil ko`zi u yoqda tursin, oddiy ko`z bilan ko`rolmaydigan insonlarni nazarda tutyapman. Yozuvchimiz Abdulla Qahhor bir hikoyasida ota o`z qizini urib o`ldirib qo`ygani haqida yozadi va bu bo`lgan voqea ekanligini aytadi. Tasavvur qiling! Ota o`z qizini o`ldirishi uchun qanchalik qattiq qo`l bo`lishi kerak.Bilib bilmay jinoyat ko`chsiga kirgan insonga nisbatan jinoyatga qo`l uribdi deymiz. Jinoyatni qiladigan inson-u qo`llarni gunohkor qilib qo`yamiz. Axir jinoyatga uni qo`li emas ifloslangan qalbi ayibdor-ku! Gunohga qo`l uribdi deymiz. Qo`lini gunohga botirib olgani yo`q aksincha qalbini gunoh ila yuvdi. Shunda ham bechora qo`llar ayibdor! Aslida chaqaloq tug`ilganida uning qo`llari bunchalar nopok bolmaydi. Yillar,mashaqqat,mehnat uning qo`llarini gunohkor qilib qo`yadi. Nohaqlikni ko`ra bila turib do`stimizga qo`lingni qovushtirib turdingmi? Deymiz. Chindan ham, u inson og`ir kunlarda do`stiga yordam berish o`rniga qo`lini issiq to`ntagiga tiqib o`tirgandir.Yana qo`l gunohkor. Axir, o`sha insonda vijdon degan tansiq tuyg`u bo`lganida tanasiga bir o`ylab ko`rarmidi? Balki do`stiga yordam qolini cho`zardi. Qo`lingizni olib qo`yay deydi addiyroq inson mashhur bir insonga.Axir unda bor qo`l barchmizda bor. Qo`lingizni duoga oching deydi yoshlar keksalarga. Bunda ham bir hikmat bordir. Biror lavozimni olmoqchi bo`lsak kimdirimizdan qo`llab yubor deb so`raymiz. To`rt muchchamiz sog` bo`la turib nahot o`zimizni -o`zimiz qo`llay olmaymiz.

Yaqinimizga biror narsa olib berolmadik, Qo`lim kaltalik qildi dedik.Biz insonlar shunda ham qo`lni aybdor qildik, aslida cho`ntagimiz quruqlik qildi. Uning ham gunohini qo`lga yuklab qo`ya qoldik. Dehqonlarga nisbatan qo`li qadoq jumlasini ishlatamiz, aslida ining qo`lini qadoq qilgan narsa mehnat va mashaqqat emasmi?

Hayotimizni saqlab qolgan shifokorni qo`li yengil ekan deymiz. Minnatdor bo`lamiz-u minnat qilamiz. Kimgadir ziyon yetkazsak, qo`ling sinsin degan ta’nani eshitamiz. Sho`rlik qo`llar insonlarga shuncha xizmat qila turib eshitgan rahmati shumi?

Shunga qaramay yaqiningiz tayyorlagan taomni yeysiz – u beixtiyor qo`ling dard ko`rmasin deysiz.

 Ra’no Salimova,

O`zMU Jurnalistika fakulteti talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>