Инсон кўнгли меҳрга зор

Журфак талабасининг ижодий машқларига нима дейсиз? Дониш домла таҳлилий фикрларингизни кутади.

дил2

          Бу воқеани эшитганимда беихтиёр кўнглимда ачиниш ҳисси уйғонди. Кириш имтихонларига бироз вақт қолган эди. Ҳамма абитурийентлар каби мен ҳам ўқишга тайёргарлик кўрардим. Бир куни дугонам Барно дарсга хомуш бўлиб келди. Кўзлари шишган, қандайдир ғамгин эди. Мен ундан ташвишланиб, нима бўлганлигини сўрадим. У дастлаб шунчаки толиққанлигини айтди. Сўнг ҳаммасини бирма- бир сўзлай бошлади.  Барно оилада учинчи қиз эди. Ундан катта иккита акаси бор экан. Аммо тақдир синовими ёки онасининг раҳмдиллиги сабабми иккинчи акасини, яъни Рустамни  чақалоқлигида амакисига фарзандликка бериб юборишган экан. Бунга сабаб,албатта, амакисининг бефарзандлиги бўлган. Орадан бир неча йил ўтгач амакиси бирин-кетин икки фарзанд кўрибди.  Ҳамма ташвишлар ўшандан кейин бошланди – дейди Барно. Энди янгаси болани уриб, унга  қўпол муомала қила бошлабди. Амакиси эса аёлига бир оғиз ҳамгапиролмас экан. Бир куни янгаси Рустамни уриб уни асраб олганлигини айтиб, асранди деб ҳақорат қилибди. Барно шу вақт йиғлаб юборди. Ўша куни тунда акаси келиб, айби нималигини, нега уни бериб юборганлигини сўраб, роса йиғлабди. Бечора онаси нима дейишни билмай, шу кунгача қийналганлигини,  ҳозироқ уйга қайтишини айтиб, ялиниб-ёлворибди.  Ҳозир Рустам йигирма ёшда экан. У доим Барноларникига келиб, ўзи дунёга келган уйига қайтиш нийати борлигини, аммо дадасини яъни амакисини ташлаб келолмаслигини такрорлар эмиш.  Дугонамҳаётидаги бу воқеани гапириб бўлганда ҳамон йиғларди. Тўғриси бу гапларни эшитиб, унинг янгасига нисбатан менда нафрат ҳисси уйғонди. Ахир бефарзандлигида унга фарзанд бўлган бир болани хўрлаши инсофданми? Шу гўдак орқасидан худо унга фарзанд берганлигини нахотки  тушунмайди? Бунинг устига Рустам кўчада қолмаган, аксинча уни ўзлари ялиниб-ёлвориб олмаганми? Ҳаётда шундай инсонлар борки, уларга нисбатан ўзгаларда нафрат ўрнига ачиниш ҳисси пайдо бўлади. Чунки, улар эртанги кунини ўйламайдиган манқурт кимсалардир.

Дилноза Абдуллаева

Вам может также понравиться...

Ответов: 3

  1. To’g’ri bu dunyoda inson hamma narsaga: boylikka, mansabga, shon-shuhratga to’yishi mumkin, faqatgina bir narsaga hech kim hech qachon to’ymaydi. U ham bo’lsa mehrdir!

  2. Xalqimizda: «tuqqan emas boqqan ona»degan naql bejiz aytilmagan. Shu uchun Rustam uyga qaytgisi kelmayapti. To’g’ri u ayolni ishi noto’g’ri ammo kun kelib xatolarini tushunib yetadi. Balki o’z og’illaridanam Rustamning aziz ekanligini bilar. Hammasini vaqt ko’rsatadi. Vaqt oliy hakamdir.Eng asosiysi qahramonimiz endi bemalol xohlagan vaqtlarida haqiqiy ota-onasining uyiga borib kela oladi. Mehrniyam keragicha oladi.

  3. Azizbek Ramazonov:

    Hurmatli Donish domla!
    Men jurnalistika fakulteti talabasiman. Komment tarzida o`z maqolamni jo`natyapman. Saytga joylashtirsangiz boshim osmonga yetardi.

    Uvol bo`layotgan tomchilar…
    Chak-chak-chak… Mana bir oydirki, halovatim yo`q. Ko`chaga chiqdim deguncha ko`zim qo`shnimning ta’mirlanmagan vodoprovod jo`mragiga tushadi-yu, ta’bim xira bo`ladi. Essiz, qancha obi hayot uvol bo`lyapti!…
    Ko`rinishidan koreysga, talaffuzidan rusga, ismidan o`zbekka o`xshaydigan qo`shnim – Tojiddinning “Mayli, birodar, jo`mrakni tuzataman” deya bergan va’dasiga ham bir oy bo`libdi…
    O`shanda saharlab ishga otlanayotgan qo`shnimni suhbatga tortgan, gap orasida ming istihola bilan : “ Vodoprovod jo`mragini tuzatsangiz, qancha suv tejalardi, savobga qolardingiz,” – degan edim.
    Tojiddin aka beparvo qo`l siltagandi :
    — E, bu jo`mrakdan foydalanmay qo`yganmiz. Ilgari uni gullarimizga suv berishda ishlatardik. Endi avtomatik suv purkagichlardan foydalanyapmiz. Ochig`ini aytsam, keraksiz buyumga ortiqcha xarajat qilgim yo`q.
    — Ammo qancha ichimlik suvi behuda isrof bo`lyapti. Ota-bobolarimizning :
    “Yerini asragan xor bo`lmas,
    Suvini asragan zor bo`lmas,” – deganlarini unutmang.
    Tojiddin aka bezovtalanib soatiga qaragandi-da, xayrlashgandi :
    — Hm… Mayli, birodar, jo`mrakni tuzataman.
    Mana, oradan bir oy o`tdi. Ishdan chiqqan jo`mrak esa o`sha-o`sha har soniyada tomchilab turibdi. Hisoblab chiqdim. Agar, bir tomchi suv 1 ml hajmga ega bo`lsa, o`tgan 30 kun mobaynida 2592 l suv isrof qilinibdi. Bir kishining toza ichimlik suviga bo`lgan kunlik ehtiyoji o`rtacha 3 l ekanini inobatga olsak, 864 kishining kunlik talabini qondiradigan ichimlik suvi qo`shnimning ishdan chiqqan jo`mragidan oqib ketibdi… Chak-chak-chak…
    So`zlarim kimlargadir erish tuyulishi mumkin. “ Suv oqqan bo`lsa, oqibdi-da. Shunga osmon uzilib, yerga tusharmidi ?” – deb o`ylayotganlar ham topilsa kerak. Ularga quyidagi savolni bermoqchiman : “ Siz nevaralaringiz yoki evaralaringizning ichimlik suvi sotib olish uchun chelak ko`tarib do`konlarda navbat kutishini xohlaysizmi ? “ Ajablanmang, aynan shunday. Mutaxassislarning fikricha, suvning isrof qilinishi to`xtatilmasa, yaqin kelajakda chuchuk suv neft singari qimmatbaho manbaga aylanadi. Sho`r suvni chuchuklashtirishga milliardlab investitsiya ajratiladi va ichimlik suvi pullanadi.
    To`g`ri, yer sharining ¾ qismi suvdan iborat, lekin uning 2,7foizigina chuchuk suv manbalari bo`lib, faqat 1 foiz suv to`g`ridan to`g`ri iste’molga yaroqlidir. Demak, xiyobonlarimizga, ko`chalarimizga, xonadonlarimizga fayz ulashib turgan obi hayot ham g`animat ekan. Demak, suvning har tomchisini qadrlashimiz va asrashimiz kerak ekan. Shunday emasmi ?
    Internetda dunyo bo`yicha har kuni 6000 nafarga yaqin odam ,asosan, bolalar chuchuk suv tanqisligidan nobud bo`layotgani haqidagi ma’lumotni o`qib qoldim. Shu on jannatmakon yurtimizdagi zilol chashmalarni, sharqiroq soylarni, rangin favvoralarni ko`z oldimga keltirdim-u, shukrona qildim. Ammo ko`chaga chiqib, qo`shnimning ishdan chiqqan jo`mragiga qarashim bilan hushyor tortdim. Agar, hozir oldimizdan oqqan suvni qadrlamasak, loqaydlik qilsak, ertaga bizning boshimizga ham yuqoridagi kulfatlar tushmasligiga kim kafolat beradi ?!
    Yo`q, hozir loqaydlik qilishning payti emas. Hamma gap jo`mrakda emas, balki e’tiborda, dunyoqarashda ekanligini qo`shnimga tushuntirishim kerak.
    Shahd bilan qo`shni darvozani taqillatdim. Tojiddin akadan jo`mrakni tuzatishimga ruxsat berishini so`radim. Xiyol ensasi qotgan qo`shnim ertagacha hammasini o`zi to`g`rilashini aytdi. Indamay uyga kirib ketdim.
    Ertasi kuni ertalabdan yomg`ir yog`a boshladi. Uyg`ondim-u, Tojiddin akaning va’dasini eslab, ko`chaga shoshildim. Hashamatli uy. Qimmat mashina. Kichkina gulzor. Gulzor chetida esa hamon tuzatilmagan jo`mrak. Chak-chak-chak…
    Azizbek Ramazonov
    UzMU talabasi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *