Eng! Eng! Eng!

Дунёдаги энг кучли, сермазмун матбуот — ўзбек газета-журналларидир, дейди Дониш домла.

му5

Dunyodagi eng baland tog` — Himolay tog`i.

Eng katta Okean – Tinch okeani.

Eng katta pasttekislik – Janubiy Amerikadagi Amazonka pasttekisligi.

Dunyo okeanining eng chuqur joyi – Mariana cho`kmasi. Tinch okeanida – 11022 m.

Yer yuzida eng past botiq – O`lik dengiz sathi, 405 m.

Eng uzun tog` tizmasi Kordilyera 16000 km.

Yer sharida eng katta orol Grenlandiya – 2 mln. 176 ming kv. km.

Yer sharida eng katta ko`l – Kaspiy, maydoni 371000 kv. km.

Eng katta okean oqimi – Golfstirim, chuqurligi 7000 metr, eni 75-120 km. Tezligi soatiga 3 km dan 10 km gacha.

Eng katta materik – Yevrosiyo.

Eng chuqur ko`l – Baykal ko`li, 1620 m.

Eng katta yarim orol – Arabiston yarim oroli.

Atmosfera tarkibida eng ko`p gaz – azot 78 %.
Dunyoda eng baland bo`ydor hayvon – Jirafa, 6 m.

Eng issiq okean – Tinch okean, +19.4 ºC.

Eng sovuq okean – Shimoliy Muz okeani, 75 ºC.

Goliaf qurbaqasi dunyoda eng katta qurbaqa. Uzunligi 35 sm., og`irligi 3.5 kg.

Gorilla – eng katta odamsimon maymun. Bo`yi 175 sm, og`irligi 200 kg.

Savannalarda eng katta daraxt Baobab, balandligi 20 m, tanasining aylanasi 30 m. 5000 yil umr ko`radi.

Dunyoda eng katta cho`l – Sahroi-Kabir. Maydoni 7800000 km.kv.

Dunyoda eng uzun daryo Nil – 6671 km.

Eng sersuv daryo Amazonka 500 irmog`i bor. O`rta oqimda kengligi 5 km. Quyi oqimda 80 km, quyilish joyida 320 km.

Eng baland sharshara – Anxel – 1054 m.

Yer sharida eng balandda joylashgan ko`l Titikaka – 3812 m balandlikda.

Eng sovuq harorat Antarktidada kuzatilgan, — 89.2 ºC.

Eng ko`p sonli xalq – xitoyliklar.

Eng katta davlat – Rossiya.

Eng yirik dengiz hayvoni Kit-uzunligi 30 metr. Og`irligi 150 t.

Eng kichik davlat – Vatikan.

Eng katta shahar – Tokio.

Eng kichik qit’a – Avstraliya.

Eng baland tog` cho`qqisi – Jamolungma – 8848 m.

Eng yirik kan’on (dara) – Shimoliy Amaerikada Kolorado uzunligi 350 km, chuqurligi 1800 m, kengligi 25 km.

Eng katta vulqon – Yapon orollaridagi Oso vulqoni. Kraterining uzunligi 23 km, eni 14 km, chuqurligi 500 m.

Eng sho`r dengiz – o`lik dengizi 270 ‰.

Eng ko`p yomg`ir yog`adigan joyt Chera punja rayoni – 12665 mm.

Eng baland suv qalqishi – Fandi qo`ltig`ida kuzatiladi, 18m.

Eng uzun g`or – Flint-Mamont g`ori, 500 km.

Eng katta ilon Anakonda – 10-12 m. Og`irligi 230 kg.

Eng baland harakatdagi vulqon – Lyulyaylyaka – 6723 m.

Eng sernam materik – Janubiy Amerika.

Eng issiq materik – Afrika.

Eng sovuq materik – Antarktida.

Chuchuk suv zahirasi eng ko`p materik Antarktida 80 %.

O`simlik va hayvonot olami eng kambag`al materik Antarktida.

Eng quruq materik — Avstraliya.

Eng issiq harorat-Tripoli shahri yaqinida kuzatiladi, +58ºC (Afrikada).

Eng yirik yer yorog`i – Sharqiy Afrika yer yorig`i hisoblanadi, 6500 km.

Eng uzun bo`g`oz – Mozambik bo`g`ozi.

Quruqlikdagi eng yirik hayvon – fil, og`irligi 12 t, balandligi 4 m.

Eng katta marjon rifi – Avstraliyadagi katta Baryer rifi, 2000 km.

Eng baland va tez o`suvchi daraxt – Evkalipt, bo`yi 150 m.

Eng mitti yirtqich baliq – Piraniya (daryo odamxo`ri).

Eng keng sharshara – Iguasi, 2700 m.

Shinshila — mo`ynasi eng qimmatbaho kemiruvchi hayvon.

Eng mayin junli hayvon – Lama.

Eng kichik qush – Kolibri, og`irligi 1,6-1,8 gr, uzunligi 5,5 sm.

Eng katta suv o`simligi – Viktoriya regiya. bargining uzunligi 2 metr.

Eng quruq cho`l – Atakama cho`li (janubiy Amerikada).

Eng og`ir zaharli ilon – chinqiroq iloni, og`irligi 15 kg.

Eng katta kaktus – Saguaro, balandligi 24 m.

Yer sharida quruqlikda dengizdan eng uzoq bo`lgan obyekt – Jung`oriya Olatovi.

Eng uzoq umr ko`ruvchi sut emizuvchi hayvon – Hindiston fili (80 yil).

Eng uzun chirmoviq – Rotang uzunligi 300 m.

Eng baland bo`yli o`tsimon o`simlik – bambuk. Bo`yi 55 m, diametri 30 sm. Bir sutkada 94 sm gacha o`sadi.

Neft va gaz eng ko`p qazib olinadigan joy – Fors ko`rfazi.

Yer shari aholisining eng katta qismi – 75 %i Yevrosiyoda yashaydi.

Milliard.uz

You may also like...

1 Response

  1. Zo’r, lekin malumotni ko’paytirish kerak

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>