Ўқишни кўчиришни истайсизми?
Бу ҳақда http://edu.uz сайтида тўлиқ маълумот берилган!
2018/2019 O‘QUV YILIDA RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH VA QAYTA TIKLASH BO‘YICHA
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida NIZOM» ga muvofiq amalga oshiriladi.
№ | Hududlar nomi | Mas’ul OTMning nomi | Telefon raqami |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Qoraqalpoq davlat universiteti | 0361 223-60-78 |
2. | Andijon viloyati | Andijon davlat universiteti | 0374 223-88-30 |
3. | Buxoro viloyati | Buxoro muhandislik-texnologiya instituti | 0365 223-78-84 |
4. | Jizzax viloyati | Jizzax politexnika instituti | 0372 226-46-05 |
5. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi davlat universiteti | 0375 225-34-13 |
6. | Navoiy viloyati | Navoiy davlat konchilik instituti | 0436 223-23-32 |
7. | Namangan viloyati | Namangan davlat universiteti | 0369 227-01-44 |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand davlat universiteti | 0366 239-17-14 |
9. | Sirdaryo viloyati | Guliston davlat universiteti | 0367 225-40-42 |
10. | Surxondaryo viloyati | Termiz davlat universiteti | 0376 221-74-55 |
11. | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona politexnika instituti | 0373 241-12-01 |
12. | Xorazm viloyati | Urganch davlat universiteti | 0362 224-67-00 |
13. | Toshkent shahri va Toshkent viloyati | Toshkent davlat pedagogika universiteti* | 0371 276-75-93 |
Izoh: Toshkent shahar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi talabalarning arizalari Toshkent davlat pedagogika universitetining CHILONZOR TUMANI, BUNYODKOR KO‘CHASI, 27 uyda joylashgan korpusi (binosi)da qabul qilinadi. Mo‘ljal: “Chilonzor” metro bekati.
O‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlarni hududiy Ishchi guruhlariga taqdim etishlari so‘raladi:
1. Ko‘chirish (qayta tiklash) to‘g‘risidagi ariza (ariza blankalari hududiy Ishchi guruhlari tomonidan beriladi).
2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari.
3. Pasport nusxasi.
Manba: Axborot xizmati
http://edu.uz/uz/news/view/914
Сўнгги фикрлар