Қайси талабага қўшимча балл қўйилади?
ЎзМУ Журналистика факультети 2-курс талабаларининг давомати пастлиги
ортидан ўқитувчи анча танбеҳ эшитди, мулзам қилинди… Аслида ҳаммаси тўғри қилинди! Бундан хафа бўлишга асло ҳаққимиз йўқ! Аксинча, Таълим инспекциясига, назоратчиларга ташаккур айтамиз. Шукрки, дарсимиз сифати, савияси юқори баҳоланди. Бир пара дарсимизни кузатиб ўтирган назоратчи домламиз Неъмат ака машғулот охирида ўз таассуротларини аудиторияда очиқ-ошкора айтганида талабалар ҳам қувониб кетдилар. Ҳадемай дарс якунланади. Машғулотлар давомида дарсга келмаган ёки «кечикиш касали»дан қутула олмаган талабалар табиийки жорий ва оралиқ назоратларидан жуда паст балл олдилар. Анча-мунчаси якуний назоратга кириш учун етарлича балл тўплай олмаганлари маълум қилинди. Бироқ, Устоз — отангдан улуғ, мақолининг мантиқий давомини жорий этган Дониш домла унга — Шогирд болангдан азиз, дея қўшимча қилган. Шу мақолга амал қилиб талабаларга имкон берди. Яъни, тайёр маърузалар матнини талабалар эътиборига ҳавола этиб, уларни қунт билан ўқиш ва тушунганлари, олган билимларини фикрнома орқали баён этиш вазифасини юклади. Талабалар ёзган фикрномалари орқали ўзларининг билим ва савияси, саводхонлик, фикрлаш даражасини кўрсатади. Шунга яраша тўплаган балига қўшимча қўшиш албатта адолатдан бўлади.
Марҳамат, талабаларимизнинг «Жамоатчилик билан алоқалар ва реклама» фанидан маърузаларимизга фикрномалари билан танишинг. Хўш, уларга қанча қўшимча балл қўйсак арзийди?
Яна бир огоҳлантириш. Баъзи ҳолларда «орқаси бақувват» айрим талабалар ўқитувчи қўйган баҳони ўзгартиришга ўрганиб қолганлар. Бу гал дастлабки «ведемость» нусхаси Таълим инспекциясига тақдим этилади ва «ўзгартириш» киритиш зарур бўлса, ўзлари ҳал этади. Мақсад — таълим сифатини ошириш, талабаларни тўғри тарбиялаш ва етук кадр тайёрлашдир!
Фан ўқитувчиси: доцент Тўлқин Эшбек
Radioda bugungi kunda ko’pgina reklamalar uzatilmoqda. Sizga mening bugungi ma’ruzangiz juda yoqti. Reklama to’g’risida juda kerakli ma’lumotlar keltirilgan ekan. Bu ma’ruzani o’qib men o’zim uchun radioreklama to’g’risida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Radioda bugungi kunda ko’pgina reklamalar uzatilmoqda. Sizning menga bugungi ma’ruzangiz juda yoqti. Reklama to’g’risida juda kerakli ma’lumotlar keltirilgan ekan. Bu ma’ruzani o’qib men o’zim uchun radioreklama to’g’risida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Ushbu ma’ruzada radio ham reklamaning asosiy metodlaridan foydalanishni, radioreklama tayyorlash hamda ssenarey yozish qoidalarini qanday bo’lishi o’rganib oldim.
Radioreklama ham telereklamaga o’xshab ketadi. Ammo radioda ovoz birinchi o’rinda turadi. Men bu ma’zuzangiz orqali radioreklama va ssenariy yozish qoidalari qanday yaralishini bilib oldim.
Ustoz sizning bu ma’ruzangizdagi matbaada sarlavhalarga bo’lgan e’tibor to’g’risida fikrlaringiz juda o’rinli. Matbaada albatta sarlavhaga alohida e’tibor qaratish lozim. Mana shu sarlavha o’quvchini o’ziga jalb qila oladi deb o’ylayman.
Matbuotda reklama san’ati mavzusidan reklama e’loni konstruksiyalash, badiiy bezash va matn tasdig’idan o’tgach, keyin ishlab chiqarish direktori hamda uning shtatidagi rassomlari va yordamchilariga o’tishini bilib oldim. Rahmat ustoz.
Ustoz ushbu ma’ruzangizdan gazeta reklamasining turlari haqida bilib oldim. Bu esa, bizning kelajakda matbuotda faoliyat yuritayotgan vaqtimizda as qotadi deb o’ylayman.
Mustafayeva Nilufar
Reklamaga bugungi kunda bo’lgan talab juda katta. To’g’ri telekanallarda reklamalar juda ko’p ammo hammasi ham bizning urf-odatlarga to’g’ri kelmaydi. Shu sababli ham telekanallarda uzatilayotgan reklamalarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim va reklamaning yosh avlodlarning ongiga salbiy ta’sir qilmasligi kerak deb o’ylayman. Ustoz sizning reklama to’g’risidagi fikrlaringiz menga juda yoqti. Ma’ruzalaringiz uchun katta rahmat!
Ma’ruzangizni konspekt qilayotganimda “hukumat”, “Kompaniya”, “ta’qiqlanadi” so’zlari xato yozilgani ko’zimga ko’rindi.
Inglizcha “shopping” so’ziga quyidagicha ta’rif berilgan ekan:
“shopping-do’konga guruh bo’lib yoki oilaviy borish degani”. Ushbu ta’rif noto’g’ri berilgan. “Shopping” so’zining asl ma’nosi “searching for or buying goods or services”, ya’ni qisqa qilib, o’zbek tilida “xarid qilmoq” degan ma’noni anglatadi. Shopping qilish uchun do’konga aynan guruh bo’lib yoki oilaviy borish shart emas!
Bugungi kunda reklamalarga ehtiyoj katta. Sarflanayotgan mablag’lar ham kam emas. Shunday ekan barcha reklamalarni sifatli deb aytaolmaymiz. Yoshlar ongiga yomon ta’sir qiladigani ham yo’q emas. G’aliz so’zlar ham ishlatilmoqda. Ma’ruza uchun rahmat.
Tan olishimiz kerakki, bugungi kunda OAV larinini reklamasiz tasavvur qilish qiyin. Lekin hamma narsaning ham chegarasi bor. Bizning o’zbeklarga xos va mos bo’lgan urf-odatlarimiz va ming yillik qadriyatlarimiz bor. Reklamalarga e’tiborliroq bo’lishimiz kerak. Chunki,hozirgi reklamalarning saviyasi juda past darajada, bizning o’zbekchilimizga mos kelmaydigan reklamalarni ham uchratishimiz mumkin. Bunga misol qilib Coca cola haqidagi reklamani keltirishimiz mumkin. «Senga bo’lgan muhabbatim buyuk ipak yo’lidan ham davomlidir». Bu misralar bizning o’zbekchiligimizga tog’ri kelmaydi.
Kumushxon Rahimova
Assalomu alaykum ustoz. Bo’lajak jurnalistlar bilan olib borgan ochiq darsiz menga juda ham ma’qul keldi. Men bu ochiq darsda ishtirok etmagan bo’lsam ham bu dars «Yoshlar» telekanali orqali efirga ketganida «Reklama va pablik releshnz» haqida yanada ko’p ma’lumotlarni bilib oldim. Bunday darslarni ko’proq tashkillashtirib talabalarni bilimini yanada oshirishni taklif qilgan bo’lar edim.
Men «Yoshlar» telekanali orqali efirga uzatilgan «Reklama va pablik releshnz» mavzusidagi ochiq darsda ishtirok etdim. Dars juda mazmunli bo’ldim. Qiziqtirgan savollarimizga javob oldik.
“Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko’rsatuvida qilgan ma’ruzangizdan juda ko’lab menga, qolaversa, butun jamiyatimizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oldim. Ko’rsatuvni oilaviy tomosha qildik, sizning nutqingiz oila a’zolarimiz o’rtasida kuchli bahs va muzokaralarga ham sabab bo’ldi.
Yuqorida bildirgan fikrimdagi “ko’plab” so’zi xato ketib qolibdi, uzr.
Bugungi kunda televideniyeda til va uslub aspektlariga bo’lgan e’tibor susayganday. Mana shu o’tilgan mavzuda siz shunga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish to’grisida fikrlar bildirdingiz. Bugungi ma’ruzangiz menga juda yoqti. Rostan ham tilga va uslubga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish lozim
Yaxshi ssenarey yaratish uchun mutaxassislar tomonidan berilgan telereklama prinsiplari haqida ko’plab ma’lumotlar bilib oldim. Ustoz rahmat.
Televideniyeda reklama yaratish nima ekanligi biz uchun umuman nomalum bo’lgan narsa edi. Sizning maruzalaringizni o’qib, eshitib shuni bildimki, uni yaratish qo’limizdan kelar ekan. Faqatgina bu yo’lda yaxshi o’qishimiz, izlanishimiz va ustozlarimizning etagidan mahkam tutishimiz kerak bo’lar ekan.
Sobitjonova Kamola
Reklama matnini yozish uchun avvalo murojaat strategiyasini ishlab chiqish zarur bo’lgan 3 ta operatsion tizim dasturi e’tiborimni tortdi.
Haqiqatdan ham reklamaning 75 foizini Sarlavha ta’minlashiga ishonaman. Chunki, sarlavha aniq va lo’nda bo’sa, uning ichini o’qimasdan turib ham gap nimada borayotganini bilib olish mumkin.
Reklama o’zi nima ekanligini, televideniye, radio va matbuotda qanday qo’llanishini ma’ruzani o’qib bilib oldim. Rahmat ma’ruza uchun.
Reklama nima ekanligini darsda ma’ruza qilganingizda eshitib qiziqib qolgan edim. Shu sababli, yana bir bor saytdagi ma’ruzangizni ham o’qib chiqdim va o’zimga yanada ko’proq ma’lumotlar oldim. Rahmat ustoz.