Yo’limni yoritgan dorilfununim!

Талабалар ижодидан

мат2

Ulug’bek bobomning nomini olgan,

Buyuk yuz yillikni tarixga solgan,

Senga aytar so’zlar dilimda qolgan,

Yo’limni yoritgan dorilfununim!

Milliy oliygohim, so’zlayin o’zim,

Aytayin senga men, dildagi so’zim,

Sendan o’zgasini ko’rmaydi ko’zim,

Yo’limni yoritgan dorilfununim!

Yuraklar bo’lardi bir necha pora,

Tun kabi qorong’u o’tardi kunim,

Senga yetisholmay bo’ldim bechora,

Yetishib o’tmoqda baxtli bugunim!

Sen ila qolsaydim bir umr zora,

Chunki yorug’lashdi endi har tunim!

Rahmatlar aytayin senga ming bora,

Yo’limni yoritgan dorilfununim!

Xudoga yettiku mening bu nolam,

Yetti yillik orzuim ushaldi meni,

Nomingni bilishsin butun bir olam,

Shuhrating dunyoga tanitay seni!

Sen uchun intilay, intilay har dam,

Baxshida etayin yana bugunim,

Dunyoning bilimi senda mujassam,

Yo’limni yoritgan dorilfununim!

Komil insondirmiz sen ila bizlar,

Qodirsan bilamiz har ishga o’zing,

Sendan mamnundir bu o’g’il-u, qizlar,

Muhayyo qilaylik aytgan har so’zing!

Manzur bo’lsin senga qilaylik ishlar,

Butun jahon bilsin mening sururim,

Kerak bo’lsa yana teraylik g’ishtlar,

Yo’limni yoritgan dorilfununim!

Oksford, Garvardni havas qilmayman

Chunki ularda yo’q sendagi sehr

Sendan o’zgasini sira bilmayman

Ular berolmaydi samimiy mehr

Ne qilsang chidayman, qil mayli qahr,

Mayliga dilimni, yaralab tilgin,

Haqlisan, onamsan, otamsan axir,

Bundan faqat o’rnak olaman bilgin!

Nomingni tilimdan sira qo’ymayman,

Senda ta’lim olib hech ham to’ymayman,

Hatto ta’tilda ham seni o’ylayman,

Yo’limni yoritgan dorilfununim!

“Bu yigit shoirmi?” — deb o’ylamangiz, siz,

Qofiyaga solib, dildan so’zladik,

Kelajakka qadam qo’yaturib biz,

Oliygohimizning shanin ko’zladik!

Komiljon Mirzayev,

O`zMU Matematika fakulteti talabasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *